UzPoster
18 iyun 2020

«O‘n daqiqa o‘ttiz sakkiz soniya…»

Turkiya poytaxti Anqarada 2019 yili halok bo‘lgan o‘zbekistonlik 23 yashar Nodira Qodirovaning ishi Konstitutsiyaviy sudda ko‘rib chiqilmoqda. Bu haqda turkiyalik advokat Ilyos Do‘g‘on matbuotga ma'lum qildi. Advokat mazkur ishni ko‘rib chiqish iltimosi bilan sudga ariza kiritgan edi.

Advokat arizasida Nodira Qodirovaning ishi yetarli tergov qilinmaganini, tergov tamoyillari buzilganini bildirgan. Ilyos Do‘g‘on mahalliy prokuratura Nodira Qodirova o‘z joniga qasd qilgan, degan xulosaga kelganini, ammo qiz yashagan xonadagi qator buyumlar bu xulosani shubha ostiga qo‘yishini ham ta'kidlagan.

Nodira Qodirova 2019 yilning 24 sentyabr kuni tonggi 8:48 da general O‘nalga tegishli to‘pponchadan otilgan o‘qdan yaralangan. Soat 9:50 da Bilkent kasalxonasida joni uzilgan.

U parlament deputati bo‘lgan general Shirin O‘nalning uyida 2017 yildan beri ishlab kelgan va generalning kasalmand onasiga oqsochlik qilgan. Nodira Qodirovaning sirli o‘limi Turkiya ommaviy axborot vositalarida katta shov-shuvga sabab bo‘lgan edi.

«Eltuz» nashri ham bu voqea bo‘yicha qator maqolalar e'lon qilgan edi. Shunday maqolalardan birini AQShda yashovchi faol Bahodir Fayz yozgandi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
1 sentyabr 2020
Islom Karimovning qarshiligiga qaramasdan, 1990 yil 20 iyun kuni O‘zbekiston parlamenti tomonidan Mustaqillik deklaratsiyasi qabul qilingan edi. Lekin bu ...
22 sentyabr 2018
Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi sobiq direktori Jur'at Meliqulovga jiddiy tan jarohatlari yetkazganlar ustidan tergov yakunlanib jinoyat ishi sudga ...
9 mart 2018
O‘tgan o‘n besh kun ichida O‘zbekistonda Rashid Qodirovning hibsga olinishi ortidan prokuratura tizimidagi korruptsioner amaldorlarning birin-ketin ushlanishi kuzatildi. Jumladan, ...
1 may 2019
Toshkent shahri hokimining tadbirkor bilan yovvoyi «samosud»ini ko‘rib, bir-ikki fikr aytishni joiz deb bildik. Kimga qanaqa bilmadig-u, lekin juda ...
Bloglar
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...