Asosiy mavzular
23 aprel 2021

Sattoriyning advokatiga shantaj qilishga urinish bo‘ldi

Termizlik bloger Otabek Sattoriyning advokati Umid Davlatovning aytishicha, 2021 yil 19 martda jurnalistlarga intervyu berayotgan vaqtida unga nisbatan shantaj qilishga urinish bo‘lgan. 

Voqea Surxondaryo viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Muzrabot tumani sudi binosi oldida, tovlamachilik, tuhmat va haqorat qilish moddalari bilan ayblangan Otabek Sattoriy ishi bo‘yicha navbatdagi sud majlisidan keyin sodir bo‘lgan.  

Advokatning “Eltuz”ga ma'lum qilishicha, Sattoriyga oid jinoyat ishi yuzasidan asosiy jabrlanuvchi deb topilgan “bozorkom” Lochin To‘raev va u bilan kelgan 5-6 nafar erkak shantaj uyushtirishga uringan. 

– Sud jarayonlaridan chiqib intervyu berayotgan vaqtimda menga shantaj qilmoqchi bo‘lishdi,– deydi Umid Davlatov. – Bo‘lib o‘tgan voqea haqida Advokatlar palatasi Toshkent shahri hududiy boshqarmasiga ariza bilan murojaat qildim. 

Mazkur voqea videosi “Eltuz”da mavjud. Unda Milliy gvardiyaning ikki xodimi Lochin To‘raevni advokatdan uzoqda tutishga urinayotgani, chetga olinayotgan “bozorkom” advokatga haqoratli so‘zlar aytayotgani aks etgan. 

Advokat Umid Davlatov ushbu holatni jabrlanuvchi tomonning Otabek Sattoriyni himoya huquqidan mahrum etishga urinishi, deya baholadi. 

U Advokatlar palatasiga taqdim etilgan arizasida o‘zining xavfsizligi ta'minlanishini, sud jarayonlarida huquqlari cheklanmasligini so‘ragan.

Shuningdek, arizada “31 yoshli Lochin To‘raev va u bilan birga kelgan 5-6 nafar shaxs tomonidan professional faoliyatiga qarshilik ko‘rsatilgani, qasddan haqorat qilingani, unga kuch ishlatishga suiqasd qilishga urinish harakatlari bo‘lgani” bayon etilgan. 

Advokatning bildirishicha, u Lochin To‘raev bilan kelganlarning shaxsi to‘liq aniqlanib, ular sodir etgan noqonuniy xatti-harakatlarga qonuniy baho berilishini ham so‘ragan. 

Tag‘in o‘qing
25 sentyabr 2023
AQShda yashaydigan yashaydigan 37 yashar o‘zbek Jonibek Rahimov (Doordash driver) ya'ni ovqatni buyurtmachiga eltib berayotgan paytda ovqat buyurgan xotinga ...
15 mart 2024
RT: Aziz og‘a ini, opa singil qadrdonlarim. Mana hafta aylanib siz bilan birgaman. MS:  Nichiksizla xo‘jik brri, mo‘chchi oynikala. Buxoroda ...
9 may 2016
Eltuz.com manbasining aytishicha, bosh vazir o‘rinbosari, ayni paytda «O‘zavtosanoat» AK boshqaruv raisi, Mashinasozlik, elektrotexnika va aviatsiya sanoatini rivojlantirish, mahsulotlarni ...
17 dekabr 2023
Rassom Tuz
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...