Asosiy mavzular
9 noyabr 2021

O‘zbekiston hukumati xorijlik jurnalistlarni taqiqlab, o‘z obro‘sini yo‘qotmoqda

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev ikkinchi muddatga qasamyod qilganidan bir kun o‘tib, matbuot erkinligini himoya qilishga va'dalari ortidan hukumat xorijlik jurnalist faoliyatini taqiqladi.

7 noyabr kuni chegarachilar polshalik jurnalist Agneshka Pikulitskayaning O‘zbekistonga kirishini taqiqlashdi. Shu kuni tunda O‘zbekistonga kirishga huquqi yo‘qligini aytib uni Qozog‘iston chegarasida qoldirishgan.

“Jurnalistikada men har doim adolatli va xolis bo‘lishga harakat qilaman. Inson huquqlari va adolatsizlik haqidagi xabarlarim meni shunday ko‘rgiliklarga yetaklaydi, deb hech o‘ylamagandim”, dedi u Eurasianet nashriga bergan intervyusida.

Pikulitskaya O‘zbekistonda 30 kun vizasiz qolish talabi tufayli «kirdi-chiqdi» amalini bajarish uchun chegarani kesib o‘tgan. U avvalroq mamlakatni tark etgan va keyin darhol yangi vizasiz rejimni boshlash uchun qayta kirishga harakat qilgan, ammo bu safar unga kirishga ruxsat berilmagan.

Aftidan o‘zbek rasmiylari «yomon matbuot»ni mamlakatga kiritmaslik uchun prezident saylovi tugashini kutishgan, deya yozadi Eurasianet nashri.

«So‘nggi uch yil davomida men O‘zbekistonda yashadim va bu yurt mening o‘z uyimga aylandi. Hech bo‘lmaganda narsalarim, kiyim-kechaklarimni yig‘ishtirib olishimga ruxsat berishmagani juda alamli va adolatsizdir», dedi jurnalist o‘z intervyusida.

U tvitterda Toshkentdan uchishga 9-noyabrda ruxsat etishlari haqida yozgan edi.

Pikulitskaya uchun amaldorlar bilan bunday to‘qnashuv ilk bor yuz berayotgani yo‘q. «Eltuz» joriy yilning fevralida yozganidek, o‘zbek rasmiylari uning jurnalistik akkreditatsiyasini uzaytirishni rad etishgan. Keyinchalik esa uni mamlakatning ichki ishlariga aralashish, “fuqarolar sha'ni va qadr-qimmatini kamsitish”, “milliy va diniy adovatni targ‘ib qilish”da ayblashgan edi.

Pikulitskayaning o‘zi buni O‘zbekistondagi nozik masala bo‘lgan LGBTga mansub shaxslar haqidagi reportaji uchun qasd olish, deya hisoblashini aytadi.

Mustaqil siyosiy tahlilchi Alisher Ilhomov feysbukdagi sahifasida voqea yuzasidan munosabat bildirdi:

«Bu voqea O‘zbekiston rasmiylarining jurnalistlar, blogerlar va faollarga, shuningdek, panada qolishga majbur bo‘layotganlarga munosabati haqida o‘zimizni aldamaslik kerakligining yana bir tasdig‘idir.

O‘zbekiston rasmiylari zararsizlantirishga muvaffaq bo‘lgan, mamlakatdagi korruptsiya va inson huquqlari buzilishi tanqidchilarini yoki rejim bilan hamkorlik qilishga, u bilan parda ortidagi kelishuvlarga rozi bo‘lganlarnigina tan oladi», deya yozdi Ilhomov.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
29 oktyabr 2018
«Amerika ovozi» radiosining Istanbul shahrida hibsga olinib sudlangan, Malik Mansur taxallusi ostida ishlaydigan 49 yoshli muxbiri Abdumalik Boboev 29 ...
30 dekabr 2016
Kun.uz sayti 27 dekabr kuni elektr energiyasidagi uzilishlar tufayli bir necha bor ishlamay qolganini ma'lum qildi. Sayt bunga ba'zi ...
26 aprel 2018
Andijon shahridagi 18-umumta'lim maktabining 9-sinf o‘quvchisi 22 aprel kuni o‘smirlar o‘rtasidagi o‘zaro janjalda pichoqbozlik qurboni bo‘ldi. Maktab joylashgan mahalla ...
5 noyabr 2016
O‘zbekiston Xalq shoiri, O‘zbekiston qahramoni Abdulla Oripov 5 noyabr kuni ertalab AQShning Xyuston shahrida 75 yoshida vafot etdi. Eltuz.com ...
Bloglar
6 may 2024
Hayrli kun! Urganch shahrida yashayman. Bugun quyidagi voqea yuz berdi: men avtobusda telefonda gaplashib turgandim. ...
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...