Asosiy mavzular
31 oktyabr 2022

EP40: Adirdagi portlashlar, joniga qasd qilgan talaba va yana paxta…


«Eltuz portali»ga kelgan navbatdagi beshta shikoyat maktubini o‘qib eshittiramiz dastlabki shikoyat Namangandan.

Adirdagi portlash aholi tinchini buzmoqda

“Namangan viloyati Chust tumani Qoraqo‘rg‘on qishlog‘idan murojaat qilyapmiz. Tadbirkorlar adirda portlash uyushtirib, aholi tinchini buzmoqda. Ko‘p idoralarga murojaat qildik, natija bo‘lmayapti. Aholi talabiga quloq solishlarini kutyapmiz”

Buxorolik talaba o‘z joniga qasd qildi

«Institut paxta va yengil sanoat fakulteti 1-kurs talabasi 26-oktyabr kuni tunda 40 dona qon bosimi tushuruvchi tabletkasini ichib o‘z joniga qasd qilgan. Talabaning ahvoli og‘ir, hozir Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam markazi Buxoro viloyat bo‘limida koma holatida. Institutga birinchi qadamini qo‘yib ta'lim olishiga endigina ikki oy bo‘lgan talabani o‘z joniga qasd qilishiga olib borgan sabab, Rektor profesor Nusrat Barakaev boshchiligida, prorektor Y. Shukrullaev, DXXdan yoshlar ishlari bo‘yicha maslaxatchi B.Ortiqov fakultet dekani I.Raxmonov va zam dekan X.Quvvatovlarning Buxoro muxandislik texnologiya institutida talabalar bilan ishlash jarayonlari achinarli holatda bo‘lganimi yoki rektor Barakaevni institutda yoshlar bilan ishlash tizimi borasidagi muhitni xarob holatga olib kelganimi?
Yoshlar masalalariga mas'ul bo‘lgan Respublika bosh prokuraturasi va Respublika Davlat xavfsizlik xizmatidan javobni kutib qolamiz.» deya yozadi buxorolik vatandosh. Keyingi maktub Xorazmdan.

Majlisbozlik

«Assalomu alaykum tuz og‘a, Xorazmdan murojaat qilyapmiz.
Xorazm viloyati hokimi F. Ermanov har kuni 21:00 dan 3-4 soatlab selektor o‘tkazib kelmoqda, Prezidentimiz majlisbozlikni kamaytir degani sari Xorazmda majlisbozlik avjida.»
Navbatdagi maktub Samarqandning suv toshgan ko‘chalari haqida.

Shalabbo ko‘chalar

“Yomg‘ir yog‘sa, ko‘cha va uyimizda ko‘lmaklar hosil bo‘ladi”
“Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumani Namozpolvon MFY T.Ochilov ko‘chasi 16-uydan murojaat qilyapmiz. Yomg‘ir yog‘sa ko‘chamiz va uyimizda ko‘lmaklar hosil bo‘ladi. Yo‘l chetidagi ariqlar ham yo‘q bo‘lib ketgan. Tuman idoralariga murojaat qildik, ammo foydasi bo‘lmadi. Iltimos, amaliy yordam beringlar!”

«Peshku tumanida hokim yordamchilari bo‘lar-bo‘lmas ishlarga ko‘mildi…»

«Assalom alaykum tuz og‘a!
Sizga Buxoro viloyati Peshku tumanidan bir qator hokim yordamchilari nomidan yozyapman, iltimos muammomizni yoriting.
Ohirgi paytlarda tuman hokimi hokim yordamchilarini bo‘lar bo‘lmas ishlarga ko‘mib tashlamoqda, odamlarni paxtaga chiqarishdan tortib aholidan mol mulk va yer soliqlarini undurish, vaqtida to‘lanmagan kreditlargacha undurish hokim yordamchilariga yuklanmoqda. Ustiga ustak har kuni tuman paxta tozalash zavodida kechki 9 da yigilish o‘tkazib necha kishi paxtaga chiqarding qancha soliq yig‘ding deb jonga tegvordi. Iltimos mutasaddi raxbarlar nazoratga olinglar.»

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
16 yanvar 2017
Har narsadan hikmat izlaydigan xalqmiz. Avvalgi prezidentning har bir gapidan hikmat izlayverib charchamagan ekanmiz shekilli, Toshkent davlat o‘zbek tili ...
7 aprel 2015
Qudrat Bobojon Biz har kuni xabarlar olamiz, mamlakatda kun sayin demokratiya zaiflashayotgani, diktatura kuchayib borayotgani haqida.  Ehtimol, oddiy avom ...
23 sentyabr 2020
Iqtisod fanlari doktori, professor Xidirnazar Allaqulov uch oy oldin yangi partiya tuzish payiga tushgandan buyon unga ko‘rinmas kuchlar tomonidan ...
11 mart 2023
1990 yilning 11 martida Litva parlamenti davlat mustaqilligi tiklangani haqidagi aktni tasdiqladi. 80-yillarda Boltiqbo‘yi mamlakatlarida boshlangan milliy ozodlik harakatlari ...
Bloglar
6 may 2024
Hayrli kun! Urganch shahrida yashayman. Bugun quyidagi voqea yuz berdi: men avtobusda telefonda gaplashib turgandim. ...
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...