Asosiy mavzular
30 oktyabr 2024

Abgor yo‘l, ichimlik suvi va sifatsiz maktab qurilishi

Bugungi beshta murojaat odatdagidek xalqning doimiy, ammo ko‘pincha eshitilmayotgan dardlaridan iborat. Kimdir bozorda dehqonlarga tinchlik bermayotganlardan noliydi, yana kimdir yomg‘irda loyga kechib, botib qolayotganidan shikoyat qiladi. Ba'zilar maktabda sifatsiz qurilishdan ranjigan bo‘lsa, boshqalar esa elektr tarmog‘idagi nosozlikdan gapirmoqchi.

Keling, xalqning ushbu muammolarini birma-bir ko‘rib chiqaylik.

Birinchi murojaatda Jizzax shahridagi dehqonlar bozor ma'muriyati tomonidan qo‘yilayotgan talablardan shikoyat qilishmoqda. “Bozor ma'muriyatining dehqonlarga qo‘yayotgan talablari qonuniymi?”

Keyingi murojaat Andijon viloyati to‘qqizariq  mahallasidan. To‘qqiziriqliklar yo‘lning abgor holati va davlat dasturidan yordam ololmayotganidan shikoyat qilishmoqda.

Uchinchi maktubni o‘qiymiz. Murojaatda Farg‘ona viloyati so‘x tumanidagi 2-sonli maktab qurilishining sifatsiz bajarilgani va nazorat etilmayotgani haqida xabar qilinmoqda.

Navbatdagi murojaat tok o‘ynashi oqibatida elektrsiz qolgan jizzaxliklardan kelib tushgan.

Va nihoyat bugungi so‘nggi murojaat. Andijon viloyati Jalaquduq tumani aholisi suv ta'minoti muammolari va mas'ullar e'tiborsizligidan shikoyat qilishmoqda.

Va bu sizga yetkazganimiz bugungi so‘nggi murojaat edi. Ularni sizga O‘zbekistondan Oymomaxon o‘qib berdi. Yana bir bor eslatamiz, Eltuz portali telegramdagi alohida sahifa shaklida ochilgan. U yerga xatlar uchun maxsus bot ham o‘rnatilgan. Eltuz kelayotgan shikoyatlar, videomurojaatlar, takliflar va ularga yozilgan javoblarni ham chop qilishga intiladi. Eslatib o‘tamiz, ayni soniyalarda yutubdagi kanalimiz obunachilari soni 686 mingdan oshdi. Kanalimizga obuna bo‘ling. Agar ko‘rsatuvimizni qo‘llab quvvatlamoqchi, yoki ayrim yopiq videolarni ko‘rmoqchi bo‘lsangiz sponsorlik tugmalarini, Superchat, super stiker va super raxmat tugmachasini bosing.  Sog‘ bo‘ling.

Tag‘in o‘qing
12 yanvar 2025
Turli mavzularga o‘z qarashi bilan farqlanadigan bloger Kirpi Prezidentning 380-sonli qarori asosida 1000ta kitobning o‘zbek tilida tarjima qilib chop ...
17 fevral 2016
Kuni kecha bir qator OAV tomonidan, Aramais Avakyan ishi bo‘yicha yashirincha xukm chiqarilgani, va ushbu jinoiy ish ayblanuvchilari 14 ...
2 mart 2016
Shvetsiyaning Sundsvall shahrida o‘tgan appelyatsiya mahkamasiga ko‘ra Obid Qori Nazarov joniga qasd qilgan toshkentlik yollanma qotil Yuriy Jukovskiyga berilgan ...
23 fevral 2017
Gazetalarimizda yillar davomida Kadrlar tayyorlash milliy dasturining o‘ziga xosligi, taraqqiyotimiz uchun muhim o‘rin tutishi, dunyoda o‘xshashi kamligi tinimsiz ta'kidlab ...
Bloglar
23 yanvar 2025
O‘zbekiston mudofaa vaziri Xolmuxammedov bosqinchi gazanda Rossiya bilan 2026-2030 yillarda harbiy sohada strategik hamkorlik dasturi ...
20 yanvar 2025
O‘zbekiston prezidenti uyida yirtqich hayvon¸ ilon va xasharotlarni boqadiganlar jazolanishi haqidagi qarorni 16 yanvar kuni ...
12 yanvar 2025
Turli mavzularga o‘z qarashi bilan farqlanadigan bloger Kirpi Prezidentning 380-sonli qarori asosida 1000ta kitobning o‘zbek ...