Catira
18 iyul 2017

Namanganda telefonni qutqaraman deb, uch kishi xojatxonada o‘ldi

Mobil telefonini hojatxona chuquriga tushirib yuborgan namanganlik ayol yollagan ikki ishchi va ularni qutqarmoqchi bo‘lgan vrach halok bo‘ldi.

Samsung-Galaxi rusumidagi bu telefonni ayolga olib berish uchun, narvon bilan hojatxona chuquriga tushgan odamlar axlat gazi hididan hushidan ketishgan.

Keyin ayol doktor chaqirgan, biroq ularni qutqarmoqchi bo‘lgan shifokor ham chuqurga tushgach xushidan ketgan.

Ikki ishchi voqea joyida, vrach esa shifoxonada vafot etdi.

13 iyul kuni Namangan viloyatida yuz bergan bu voqea haqida Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi (FVV) matbuot xizmatidan iqtibos keltirib ko‘plab saytlar xabar berdi.

Namangandagi FVV vakili, jumladan, axlat gazining juda zaharli ekani, oliy ma'lumotli vrach chuqurga tushish o‘rniga shu zahoti tegishli idoralarga xabar berishi kerakligini aytgan.

Bu haqda ilk xabarni «Sputnik» nashriga bergan Dilshoda Rahmatova: «Uch kishining bir matoh tufayli nobud bo‘lganini eng ahmoqona o‘limlar ro‘yxatiga kiritish mumkin» deydi.

«Bu odamlarning sichqonchalik fahmi yo‘q!» deydi manzarani achchiq sarkazm bilan aks ettirgan rassom Tuz.

Rassom Tuz
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
7 sentyabr 2020
Bizda bugundan sovuqroq kuzak shamoli boshlandi. Men kabi sovuqqa yupqa odamlar yengi uzun ko‘ylak kiyib oldik. Bir boshdan hosillarni ...
13 may 2023
Turkiyaning Yalova (Yalova) shahar savdo-tijorat va sanoat palatasi o‘zbek shoiri va siyosatchisi Muhammad Solihni «turk dunyosini birlashtirish uchun qo‘shgan ...
10 dekabr 2020
Toshkentdagi Alisher Navoiy nomidagi kinosaroyning kichik zalida 18 yil davomida taqiqda bo‘lgan “Mahmudxo‘ja Behbudiy” filmining taqdimoti kamtarona va odmi ...
22 fevral 2018
Jizzaxlik olti nafar faol 21 fevral kuni itlarga qarshi terrorni to‘xtatishni talab qilib, jamoatchilikka va hukumatga murojaat qildi. Jonivorlar ...
Bloglar
6 may 2024
Hayrli kun! Urganch shahrida yashayman. Bugun quyidagi voqea yuz berdi: men avtobusda telefonda gaplashib turgandim. ...
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...