Catira
13 aprel 2018

Toshkent militsiyasi soqol qo‘yish qonunga zid emasligini aytdi

Toshkentning Uchtepa tumani aholisi bilan 10 aprel kuni o‘tkazgan muloqotida IIV o‘rinbosari, Toshkent shahri IIBB boshlig‘i Rustam Jo‘raev soqol qo‘yish yo qo‘ymaslik masalasiga to‘xtaldi.

«Bu yerda o‘tirgan barcha bu qonunchilik bilan taqiqlanmaganini tushunamiz. Xohlagan odam soqol bilan yurishi mumkin», — degan Rustam Jo‘raev.

Mulozimning soqol haqida gapirishiga, gazeta.o‘z nashriga ko‘ra, majlis qatnashchilaridan birining fikri sabab bo‘lgan.

So‘zga chiqqan uchtepalik soqol qo‘yish 18−35 yoshli erkaklar orasida keng urf bo‘layotgani haqida gapirgan.

«Agar bu bartaraf etilmasa, 2019−2020 yillarga kelib Toshkentdagi barcha yoshlar soqol bilan yuradigan bo‘ladi»

Uning bu fikri majlis qatnashchilarining bu gulduros qarsagiga sabab bo‘lgan. Bu iddao nega bunchalik olqishga sazovor bo‘lganini vazir o‘rinbosari tushunmagan.

Mulozimning fikricha, bu masala «bolalarga qanday tarbiya berilgani va madaniy jihatdan ular nimaga o‘rgatilgani»ga bog‘liq.

Soqol qo‘yishdan ham ko‘ra uning targ‘iboti bugungi kunda o‘zbek rasmiylarini ko‘proq tashvishlantirayotgan ko‘rinadi.

Chunki Uchtepada ayni yig‘ilish o‘tgan kuni, «Eltuz» nashrining o‘rganishicha, Musulmonlar idorasi kotibiyati mudiri Ulug‘bek Sultonov va uning yordamchisi Mubashshir Ahmad ishdan olingandi.

Mubashshir Ahmad aksariyat soqol qo‘yish, hijobda yurish kabi holatlar targ‘ib qilingan Azon.o‘z nashrining muassisi ham edi.

Bundan ilgari, 29 mart kuni Senat yig‘ilishida, «Eltuz» nashri yozganidek, DXX raisi Ixtiyor Abdullaev O‘zbekistonga xavf solayotgan islomiy tahdid haqida gapirgan edi.

«Dinga berilgan erkinliklarni ayrimlar noto‘g‘ri tushunishi oqibatida diniy aqidaparastlikning kuchayib borayotgani namoyon bo‘lmoqda”, degan edi o‘shanda DXX raisi.

Rassom Kirpi
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
23 dekabr 2019
2015-2017 yillarda O‘zbekiston fuqarolarining “buzuqlar maskani” deb e'lon qilingan kvartiralari va uylarini ommaviy ravishda musodara qilish holatlarini o‘rganish muhim ...
4 fevral 2020
3 yil oldin besh-olti karchalon-u, va katta ehtimol bilan, tashqi siyosiy kuchlar ishtirokida o‘zini o‘zi prezident qilib saylab olgan ...
11 dekabr 2016
9 dekabr kuni Xyuman Rayts Votch huquq himoyasi tashkiloti Shavkat Mirziyoev nomiga O‘zbekistonda abgor holatda qolayotgan inson huquqlari ahvolini ...
29 mart 2018
Rossiyaning Kemerovosidagi “Qish olchasi” (Zimnyaya Vishnya) savdo-istirohat markazida yuz bergan fojea Qozog‘istonning Oqto‘basida avtobusda 52 nafar o‘zbek tiklayin yonib ...
Bloglar
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...