Catira
19 dekabr 2018

Urganchlik sudya Zokirjon Ibragimov pora bilan hibsga olindi

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Urganch tumanlararo sudi sudyasi Zokirjon Ibragimov 14 dekabr kuni 12 ming AQSh dollarini pora sifatida olayotganida ushlandi.

Urganchlik sudya porani turar joyga egalik huquqini belgilash masalasini hal qilish evaziga M.E.dan talab qilgani haqida yozadi, jumladan, prokuraturaning rasmiy sayti.

Ushbu xabarga ko‘ra, 11 dekabr kuni M.E. Urganch tumani sudyasi Zokirjon Ibragimovga qonuniy chora ko‘rilishini so‘rab, Xorazm viloyati huquqni muhofaza qilish organlarga ariza bilan murojaat etgan.

Hozirda urganchlik poraxo‘r sud'yaga nisbatan O‘zbekiston Respublikasining «Sudlar to‘g‘risida»gi ыonuni va Jinoyat kodeksining tegishli moddalariga ko‘ra jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Urganch tumani mulozimlarining uy-joyga egalik qilishga aloqador pora bilan qo‘lga tushirilgani haqida «Eltuz» ilgari ham o‘z o‘quvchilariga ma'lum qilgan edi.

Xususan, Urganch tumani hokimi Otabek Bekchonov 15 oktyabr kuni ishdan olingan, tuman prokurori D.Madirimovga hayfsan berilgan.

Shu yilning avgust oyida Urganch tumani hokimining qurilish bo‘yicha o‘rinbosari 29 yashar Bekzod Abdrimov yerga egalik huquqini olib berish uchun pora olganlikda ayblanib qamalgan edi.

Bundan sal avval – 5 dekabr kuni «Eltuz» nashri jurnalist Bobojonovlarning uylarini musodara qilish qarorini Urganch tumani sudi o‘z kuchida qoldirishi ortidan ishni nazorat tartibida qayta ko‘rib chiqish yuzasidan O‘zbekiston Oliy sudiga murojaat qilgani haqida yozgan edi.

Urganch tumanlararo fuqarolik sudining 27 noyabr kungi majlisida sudya O‘tkir Masharipov aka-uka jurnalist Bobojonovlarning uylarini musodara qilish borasidagi o‘zi chiqargan qarorni o‘zi o‘z kuchida qoldirgan edi.

Eltzu.com

Tag‘in o‘qing
15 dekabr 2017
14 dekabr kuni HRW tadqiqotchisi Stiv Sverdlov O‘zbekistondagi rasmiy matbuotning ikkiyuzlamachiligi haqida maqola chop qildi. Podrobno.uz saytida 5 dekabrda ...
19 fevral 2024
Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi «Suv xo‘jaligida kapital qurilish loyihalarini amalga oshirish agentligi»ning «Toshkent suv qurilish invest» davlat muassasasi hech ...
24 oktyabr 2023
Eltuz 21 oktyabrda Dadaxon Tohirov ismli shaxs Farg‘ona viloyati Dang‘ara tumani Paxlavon baliqxonasida O‘zbekiston tumani IIB boshlig‘ining akasi va ...
5 aprel 2019
Sizga omad tilayman, azizim. Oddiygina omad. Ko‘chada ketyapsiz, sizni mashina bosib ketmadi. Tasodifan o‘rmonda murdani ko‘rib qolib, politsiyaga xabar ...
Bloglar
11 may 2024
1944 yilning 11 mayida Stalin barcha qrim tatarlarini Qrimdan surgun qilish haqidagi mash'um qarorni imzoladi. ...
6 may 2024
Hayrli kun! Urganch shahrida yashayman. Bugun quyidagi voqea yuz berdi: men avtobusda telefonda gaplashib turgandim. ...
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...