«Baron» filmi qora bozorga chiqib ketdi
Davlatning bir yarim milliard so‘m puliga olingan «Baron» filmi qora bozorga chiqib ketdi. Oldingi «Sotqin» filmi bilan ham huddi shunday bo‘lgan edi. Rassom Tuz ayni holatni hajv qiladi.
Unga ko‘ra, o‘zbek kinosining bugungi tarixida faqat bitta film qaroqchilarga ro‘para kelmagan, u ham bo‘lsa Karimovning arzandasi Gulnora Karimova «g‘oya»si va raxbarligi bilan yaratilgan «Xo‘ja Nasriddin – Uyin davom etadi» filmi. Uni o‘g‘irlashga hech bir «qaroqchi» jur'at topa olmagan. Filmni yaratishda ishtirok etganlarga ham bir tiyin berilmagan.
O‘z haqqini talab qilgan bosh rol ijrochisi va film spetseffektlarini yaratgan Iskandar Multi, film taqdimotiga bir xafta kolganida o‘z uyida o‘ldirib ketilgan, uning uyidan, uning kompyuterida saqlanayotgan filmning tayyor va yagona nusxasi olib chikib ketilgandi…
«Baron» filmini esa o‘zbek qaroqchilari chiqishi bilan «issig‘i»da o‘g‘irlashgan.
Rassom Tuz
Eltuz.com