Catira
14 fevral 2016

«Ekspert guruhi» 26 yozuvchi ustiga chiziq tortdi

Yozuvchilar uyushmasi ekspert guruhi qarori bilan, «prezident ko‘rsatmasiga amal qilmaganlari», “mamlakatda kechayotgan ulug‘vor ishlarga daxldorligini his etmaganlari uchun” haydalganlar orasida o‘zbek xalqining eng kuchli qalam sohiblari bor.

«Quloqqa xunuk eshitilar ekan. 37-yillarda mashhur «Uchlik» bo‘lardi: kim yashaydi, kim otiladi, kim Sibirga surgun qilinadi, kim umrbod qamoq jazosiga hukm etiladi – o‘sha uch kishi hal etardi! Eng dahshatlisi – bu uch kishini birov bilmasdi!», – deya izoxlaydi «Ekspert guruhi» qarorini yozuvchi Nurilloh Muhammad. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu «hukm»ga imzo chekkanlar, ammo «Uyushma» degan majhul nomning orqasiga yashirinib, tarqatilgan hujjatga otlarini ham qo‘yishmagan. «Elimizning katta shoiri Muhammad Solihni muxolifat lideri o‘laroq a'zolikdan haydadik desa, unda qolganlar-chi? Sulaymon Rahmon, Gulchehra Nurullaeva, Mamadali Mahmud, Yodgor Obid… bular kamida 70 yoshning nari-berisidagi ijodkorlar. Xurshid Davron ulardan bir oz yoshroq, ammo u O‘zbekiston xalq shoiri… Deylik, Mamadali Mahmud 17 yil qamoqda yotdi, o‘shanda o‘chirmay, endi uch yildan beri ozodlikda yashay boshlaganida o‘chirishdi. Mantiqlarini tushunib bo‘lmaydi. Sulaymon Rahmon o‘tgan yili shu paytlari insult bo‘lib yaqin olti oy bir joyda yotib qoldi. Orada unga qarab o‘tirgan ayoli olamdan o‘tdi. Endi tetapoya yura boshlaganida… buning ustiga keksa yoshida… Uyushma uyushma bo‘lib a'zosidan bir marta xabar olish o‘rniga, qilgan ishini qarang! Yaqindagina «Odamlarda qoldir vijdonni» degan saylanma kitobi nashrdan chiqqan, unda Sulaymon aka xalqimizning ulug‘ shoiri ekanini isbotlagan edi! Mana sizga uyushmaning «tashakkurnoma»si! Lekin odamga taskin beradigan nuqta – «o‘chirilgan» bu ijodkorlarning obro‘yi ham, iste'dodi ham «O‘chiruvchilar uyushmasi»ga a'zolik bilan o‘lchanmaydi», deya hasrat bilan izoh qoldiradi Nurilloh Muhammad.

Taniqli fotojurnalist Umida Ahmedova esa O‘zbekistondagi ziyolilarning bugungi ahvolini Shimoliy Koreya bilan tenglashtiradi. «Mening ijodiy ishlarimni «tuhmat» deb sudlashganda, butun dunyo bong urgan edi… faqat O‘zbekistonda emas… Chunki biz Shimoliy Koreyadan hech farqimiz yo‘q!!! «Afsus, lekin bu fakt!», deydi u ijtimoiy tarmoqda qoldirgan izohida.

Rassom Tuz,
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
4 mart 2021
Andijon shahrining yillar davomida e'tiborsiz qolgan ko‘chalari obod qilina boshlandi. Chuqurlar yamalib, loy ko‘chalarga asfalt yotqizilmoqda. Eski kanalizatsiya quvurlari ...
25 aprel 2020
So‘nggi yillarda O‘zbekiston matbuotda keng aks sado berayotgan, mamlakatga milliardlab dollar xorijiy investitsiyani jalb etayotgan islohotlar o‘tkazish yo‘liga kirdi. ...
29 noyabr 2017
Ijtimoiy tarmoqda «boshqa dinga kirdi» deya xotinini pichoqlagan o‘zbek zaharxanda qilingan memlar paydo bo‘ldi. Qozog‘istonning Sayram tumanida yashovchi 34 ...
14 dekabr 2015
Malohat Eshonqulova Eltuz.com Ular “Do‘stlik” tuman sog‘liqni saqlash tizimi tibbiyot xodimlari edi. Dam olish kuni bo‘lishiga qaramay ular, erta ...
Bloglar
11 may 2024
1944 yilning 11 mayida Stalin barcha qrim tatarlarini Qrimdan surgun qilish haqidagi mash'um qarorni imzoladi. ...
6 may 2024
Hayrli kun! Urganch shahrida yashayman. Bugun quyidagi voqea yuz berdi: men avtobusda telefonda gaplashib turgandim. ...
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...