Vaqt mashinasi
21 fevral 2024

O‘zbekistonni boshqargan rahbar Rossiyada o‘ldi

Rossiyaning Voronej shahrida siyosiy arbob Vladimir Anishchev 2018 yilning 21 fevral kuni 82 yoshida o‘ldi.

Anishchev 1991 yilgacha O‘zbekistonning asosiy rahbarlaridan biri bo‘lgan edi.

O‘zbekiston Kompartiyasi ikkinchi kotibi bo‘lgan Vladimir Anishchev “o‘zbeklar ishi” deb atalgan ma'raka paytida Kremldan yuborilgan “desant” rahbari o‘laroq, mamlakatda total nazorat o‘rnatgan edi.

Anishchev 1985 yildan 1991 yilgacha O‘zbekiston SSR Kompartiyasi ikkinchi kotibi bo‘lib ishlagan davr mahalliy kadrlarga ishonchsizlik, “qama-qama” davri sifatida tarixga kirdi.

Aynan Anishchev rahbarlik qilgan davrda milliy o‘zlik nishonalari “yot unsur” deya chekkalangan edi, deb eslaydi kinotasvirchi Abdulaziz Mahmudov.

«U pora berishga majburlaganlarni tasvirga olganman. Moskva “desanti” tarkibida kelgan amaldorlar va ularning sardori Anishchev bizning mahalliy poraxo‘rlardan hech yeri kam emasdi. Bizniki singari yirtqich edi u. Anishchevning roli Moskva «desanti»ning g‘oyaviy rahbarligi edi. O‘zbekistonni «Churkestan» degan ham shu kishi bo‘ladi. Anishchev 1990 yilda O‘zbekiston mustaqilligi deklaratsiyasiga tish-tirnog‘i bilan qarshi bo‘lgan rus shovinisti edi», deydi Mahmudov.

Mahmudovning aytishicha, “O‘zbekistonni aynan Moskvaning qo‘li bo‘lgan ikkinchi kotiblar boshqargan. Anishchev Moskvaning “Kreml ishonchini yo‘qotgan” O‘zbekistonga qo‘yilgan odami edi va uning iznisiz O‘zbekistonning birinchi rahbari, masalan, Islom Karimov hech narsa qila olmagan”.

«Desant» mansabdor shaxslar qatag‘on qilinganidan keyin bo‘shliqni to‘ldirish uchun kelgan edi.

«Gdlyan va Ivanov aybdor degan fikr O‘zbekistonning oliy elitasi manfaatlariga tegilganidan keyin yaraldi… Karimov iqtidoridagi yigirma yetti yilning bari o‘zbeklar ishining davomi bo‘ldi. Qatag‘onlar va pripiska qilingan dalalarda qullarsa mehnat…

Xotiramdan adashmasam, bu aynan Anishchev va Usmonxo‘jaev davrida boshlangan edi.

Ommaviy repressiyalar Anishchevning ishtirokisiz yuz bermagan bo‘lardi… Nazarimda Usmonxo‘jaev qo‘rqoq va munofiq odam edi. Shu bois, repressiyalar bilan aynan Anishchev shug‘ullangan, Usmonxo‘jaev esa faqat qog‘ozlarni imzolagan bo‘lsa kerak», deydi Mahmudov.

O‘zbekiston mustaqil bo‘lganidan keyin Anishchev Rossiyaga qaytib kelib, Voronej viloyati ma'muriyatida faoliyat ko‘rsatdi. O‘zbekistonda ishlagan davrini eslab, «Vostochnыy ornament» degan kitobni chop qilib, Rossiya yozuvchilar uyushmasiga a'zo ham bo‘ldi.

Sovet O‘zbekistoni rahbarlaridan biri bo‘lgan bu odam umrining oxirida Voronejdagi qo‘g‘irchoq teatrining vasiylar kengashi rahbari sifatida ishladi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
4 mart 2021
Inson huquqlari xalqaro federatsiyasi (FIDH)ning yangi hisobotida O‘zbekistondagi siyosiy mahbuslarning tovon puli olish huquqi odil sudlov o‘rnatilishiga o‘tish davri ...
17 iyun 2020
Menga berilgan qamoq jazosining tugashiga sanoqli kunlar qolganida, ya'ni yanvar oyi o‘rtalarida yonimga Antonenkoning chopari keldi va SPP Antonenko ...
26 noyabr 2018
«Eltuz» nashri o‘z surishtiruv guruhi tomonidan yig‘ilgan ma'lumotlar asosida tayyorlangan filmning ikkinchi qismini e'tiboringizga taqdim qiladi. Filmning dastlabki qismida ...
Bloglar
6 may 2024
Hayrli kun! Urganch shahrida yashayman. Bugun quyidagi voqea yuz berdi: men avtobusda telefonda gaplashib turgandim. ...
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...