Asosiy mavzular
14 aprel 2017

Karimov qamattirgan millioner qo‘shiq kuyladi (video)

Ko‘lankadagi o‘zbek millioneri 2010 yilda bir muddat qamalganidan keyin g‘oyib bo‘lgan «Paxtakor» futbol jamoasi va “Kapital-bank”ning sobiq egasi 51 yoshli Botir Rahimov kuylagan qo‘shiq Eltuz tasarrufiga kelib tushdi.

4 daqiqa davom etadigan va professsional ovoz yozish studiyasida suratga olingan rolikda Gavana sigarasi chekayotgan, “balzak” yoshidagi, soqoli qirilmagan ko‘zoynakli erkak (Botir Rahimov ekani ishoniladi) qog‘ozga qarab she'r o‘qiydi.

«Jonim, senga oshiqligimdan men yettinchi osmonda uchdim

Sen ham menga sodiqligingdan kerak bo‘lsa borimdan kechdim…,

Ana shundan keyin qo‘shiq boshlanadi.

Romantik sovg‘a?

Rolikni tomosha qilgan toshkentlik futbol sharxlovchisi va Rahimovni shaxsan taniydigan blogger xulosasiga ko‘ra, “Bu oddiy xoum video, ya'ni katta sahna muddaosidan xoli oddiy ko‘ngil hushidir”.

Bloggerning tag‘in aytishicha, bu video Rahimovning sevgilisi (balki turmush o‘rtog‘i) Diyora Usmonovaning tug‘ilgan kuniga atab ijro etilgan.

Klip oxirida 6 yoshlar atrofidagi qizaloqning “Onajon men va otam sizni sevamiz. Tug‘ilgan kun bilan” degan jumlasi ilova o‘laroq keladi.

Bu qizaloq 28 yoshli Diyora Usmanova (yoki Diyora Hoshimova)ning qizi ekanligi iddao qilinadi.

Yana iddao qilinishicha Diyora Usmonova O‘zbekiston prezidentining jiyanidir.

Uning xolasi Ziroatxon Maxmudovna Xoshimova O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoevning rafiqasi ekanligi aytiladi.

Ayni paytda, Eltuz Diora Botirning xotini ekani haqidagi iddaolarning rasman tasdig‘iga ega emas.

Diyora Usmonova rossiyalik milliarder Alisher Usmonovning jiyani 2013 yili avto avariyada halok bo‘lgan Bobur Usmonovning bevasidir.

Oddiy militsionerning sakkizta bolasidan biri bo‘lgan Botir Rahimov «Kapital bank», sug‘urta kompaniyasi, rangli metal qazib chiqaradigan konni ham o‘z ichiga olgan qator shirkatlardan iborat xoldingning sobiq egasidir.

“O‘zbekiston” mehmonxonasi, “Moya mechta” o‘simlik yog‘i va saryog‘, vino-aroq ishlab chiqaradigan zavodlar va Toshkentdagi qator restoranlarning ham Botir Rahimovga tegishliligi aytib kelinadi.

O‘tgan yili o‘lgan prezident Karimovning “O‘zbekistonda katta boylar bo‘lmaydi” degan bayonoti ortidan, Rahimovning biznes imperiyasi ustidan chiziq tortilgan edi.

Botir Rahimov 2010 yil mart oyida “bir qator moliyaviy jinoyatlarni, daromadlarni yashirganlik va davlat byudjetiga soliqlarni to‘lamaganlik” aybi bilan O‘zbekiston MXX tergov hibsxonasiga qamab qo‘yilgandi.

Oradan ikki oy o‘tib u yetkazilgan zararni qoplash sharti bilan qamoqdan chiqarilgan.

2010 yil martida qamoqqa olingan Rahimovning keyinroq mamlakatni tark etgani aytiladi.

Bundan oldin uning ukasi Baxtiyor Raximov Kuala Lumppurga qochgani aytilgan edi.

video: https://youtu.be/oowhC5Tl9es

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
22 yanvar 2018
Rasmda ko‘rayotganingiz «Setra» avtobusi oldida selfiga tushgan Maqsad O‘zbekistonning 52 vatandoshini so‘nggi manzilga eltgan avtobusning tirik qolgan haydovchisi. Bu ...
30 mart 2016
Prezident Karimov hokimiyatdan hali ketish niyati yo‘qligini aytgan, hokimiyatga yaqin shaxslar esa allaqachon hokimiyat boshqa bir kattakonning, uning kuyovi ...
12 iyun 2022
Avangard san'atning minglab qimmatli namunalari saqlanayotgan o‘zbek muzeylari va mamlakatda faol ijod qilayotgan 500 dan ortiq rassom ijodi O‘zbekiston ...
6 mart 2018
«Bosh vazirdan tortib, hokimlargacha to‘y marosimlariga borishi man etiladi», dedi Shavkat Mirziyoev 2 mart kuni ijtimoiy tarmoqda paydo bo‘lgan ...
Bloglar
6 may 2024
Hayrli kun! Urganch shahrida yashayman. Bugun quyidagi voqea yuz berdi: men avtobusda telefonda gaplashib turgandim. ...
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...