Asosiy mavzular
23 sentyabr 2019

Mahmud Rajab va uning tarafdorlari Toshkentga qarab yurish boshlashdi

O‘zbekiston «Erk» demokratik partiyasi a'zosi, shoir va jurnalist Mahmud Rajab adolat istab 22 sentyabr kuni Xorazmdan Toshkentga qarab yo‘lga chiqdi.

Sumkasidan Muhammad Solih kitoblari chiqqani uchun tergovga tortilganidan norozi 56 yashar Mahmud Rajab, uning qarindoshlari va tarafdorlari Toshkentga, ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov bilan uchrashuvga yayov yurib borishni rejalaganini aytishmoqda.

Bundan avval, 20 sentyabr kuni, «Eltuz» olgan xabarlarga ko‘ra, Mahmud Rajabni olib ketish uchun militsiya kapitani Bekchanov boshchiligida Xorazm viloyati IIB xodimlari kelishgan. Biroq shoirning mahalladoshlari uni militsiya olib ketishiga qarshilik ko‘rsatishgan.

“Mening xalq oldida ham, vijdonim oldida ham, hukumat oldida ham, qonun oldida ham hech qanday aybim yo‘q.

O‘zimni o‘zim insoniylik printsiplaridan kelib chiqib himoya qilaman. Chunki bu meni 5 yil qamashga qaratilgan, meni ko‘ra olmaydigan birovlarning ishi”, dedi mahalladoshlari va videokamera oldida Mahmud Rajab.

Eslatib o‘tamiz, Mahmud Rajab shoir Muhammad Solih asarlarini O‘zbekistonga olib kirganlikda asossiz ayblanib tergovga tortilgan. “Eltuz” nashri shoir Mahmud Rajab taqdiri bilan bog‘liq voqealarni kuzatishda davom etadi.

Voqea joyidan mustaqil jurnalist Shabnam Olloshukurova to‘g‘ridan to‘g‘ri videoreportajlar jo‘natmoqda. Voqealar rivojini «Eltuz» kanalida ham kuzatishingiz mumkin.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
28 aprel 2021
Davlat soliq qo‘mitasi va uning tarkibiy bo‘linmalari xodimlari birlashgan kasaba uyushmasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherboevni sudga ...
29 yanvar 2020
O‘zbekistonlik olima Gulsara Shermatova ijtimoiy tarmoqda qoldirgan 28 yanvar kungi postida «chet ellardagi yuqori malakali PhD unvoniga ega kadrlarning» ...
21 oktyabr 2022
Aziz og‘a ini, opa singil qadrdonlarim. Mana xafta aylanib, siz bilan birgaman. Kuz kelib, to‘y-to‘ychiq ko‘paygan payt… MS: Tuz ...
9 aprel 2021
Bundan 9 kun oldin muttasil kaltaklash ortidan molxonada osilgan holda topilgan homilador kelin Muxlisa Qadamboeva mavzusi 9 aprel kuni ...
Bloglar
6 may 2024
Hayrli kun! Urganch shahrida yashayman. Bugun quyidagi voqea yuz berdi: men avtobusda telefonda gaplashib turgandim. ...
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...