Asosiy mavzular
24 fevral 2021

Ish bormi?

Bu O‘zbekiston. Mana bu esa uning musaffo osmoni. Bu oldingi o‘zbek ayollari,ular uchtadan tug‘ardi. Hozir bu bolalar Rossiyada.

“Mening otim Islom”.

“Mening otim “Karim”.

«Mening otim Abdug‘ani, biz ko‘cha supuramiz”.

 Bu esa bugungi o‘zbek ayollari. Ular ham faqat uchtadan tug‘adi.

Birinchi ayol: «Bu bachalarning otini Shavkat, Mirziyo, Miromon qo‘ydim».

Ikkinchi ayol: «Bu qizlarning oti Saida, Shahnoza va Ziroat».

Musaffo osmon ostidagi bu odamlardan hol so‘raymiz.

Chol: “Xudoga shukur, yashash zo‘r”.

Kampir: “Poshshomiz omon bo‘lsin”.

Xudoga shukur qilayotgan odamlar qator bo‘lib turishibdi. Bular qaerga ketyapti?

Chol: “Pensiya oz. Ish izlab ketyapman”.

Kampir: “Men ham bir ishning boshini tutay”.

Juvon: “Bolalarni boqish uchun ishlamasam bo‘lmaydi”.

Zavod binosi. Uning oldiga navbat bilan odamlar kelyapti. Zavod eshigi oldida turgan mulozim oldiga bir odam keladi.

– Ish bormi?

– Ish yo‘q.

Kampir keladi

– Ish bormi, bolam?

– Ish yo‘q.

Bir yoshroq yigit kelib so‘raydi:

– Ish bormi, amaki? Mulozim unga qarab, “ish bor”, deydi.

Bolaning ko‘zlari kattalashib, xursand bo‘ladi. Kadrda ajablangan mayus qiyofalar. Mulozim: “Uka, ertadan men pensiyaga chiqaman, sen shu yerda ish yo‘q, deb turasan».

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
8 iyul 2022
Zebra degan hayvon bor. Eshshakning bir turi. Go‘shti halol bo‘lgani uchun so‘yib yesa bo‘ladi. Zebraning usti oq qora yo‘l ...
20 yanvar 2016
Peterburgda istiqomat qiladigan o‘zbek muhojiriga ko‘ra, bu ikki fohishaxonada asosan o‘zbek qizlari ishlagan. Agar Piterdagi o‘zbeklardan Prosveщeniya ko‘chasi 33 ...
9 avgust 2016
8 avgust kuni Eltuz.com cahifasiga o‘z filmi haqidagi maqola yuzasidan izoh qoldirgan rejisser Zulfiqor Musoqov, efirga qaychilab uzatilgan filmi ...
16 aprel 2024
Xorazm viloyati Bog‘ot tumani Tibbiyot bo‘limi xodimlari nomidan yozilgan va Eltuzning telegram kanalida chop etilgan shikoyat maktubi yuzasidan navbatdagi ...
Bloglar
6 may 2024
Hayrli kun! Urganch shahrida yashayman. Bugun quyidagi voqea yuz berdi: men avtobusda telefonda gaplashib turgandim. ...
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...