Asosiy mavzular
28 yanvar 2022

RTdan va'z: Rizqingni sot, ravshan ol!

Salom, azizlarim. O‘tgan galgidan ko‘ra davramiz yana kengayganini ko‘rib sevindim. Yaqindagina 200 ming edik. Mana, obunachilarimiz coni 289 mingga yetibdi. Yutub analitika tahliliga ishonadigan bo‘lsak, Eltuz kanaliga obuna bo‘lmasdan kiradiganlar soni obunachilar sonidan ikki hissa ko‘p ekan. To‘yda shunaqa bo‘ladi. Joy yetmay qoladi.  Yaxshi odamning to‘yiga aytilganidan ikki baravar ko‘p odam keladi. Lekin qishning chillasida O‘zbekistondan kelayotgan xabarlarni o‘qib hursandchiligim bir zumda tarqab ketdi.

Bu rasmni marifatchi do‘stimiz Feruzbek olgan. 25 yanvar kungi Toshkent. Zulmatga cho‘mgan boshkent. Serialda palonchi erkak pistiyonchi ayaldi qo‘lini ushadi deb dodlaganlar endi tinch uxlasa bo‘ladi. Ana o‘chdi tag-tugi bilan.

Umuman jamiyat uchun uzluksiz elektr, lovullab yonadigan gaz, tez ishlaydigan internet va ravon yo‘llar kerak. Bundan tashqari tez yordam tizimi, o‘t o‘chirish va pora olmaydigan politsiya ham muxim. Bu narsalar hammaga kerak. Milliard dollarga qurilgan muz saroyi yoki Shovvozsoydagi qasrlar o‘rniga o‘sha sanalgan narsalarni rivojlantirish zarur.

Svet bu real narsa. Ë bor – yo yo‘q. Renesans tushunchasi kabi mavhum emas. Siz mana renesans deya olasiz. Ammo, masalan svet deya olmaysiz. Tsivilizatsiya bu o‘tmishdagi boboylar bilan maqtanish yoki TV dagi o‘pishishni zapret qilish ham emas. Tsivilizatsiya bu uzluksiz elektr degani.

Davlat nima?

Svet yo‘qligi haqida yozsam, tarmoqdagi aqllilar «buni har kim o‘zi hal qilsin,» deya e'tiroz bildirdi. Ya'ni davlatning ishi emasmish bu. Tasavvur qilaylik, maktab yo‘q. Bolani o‘qitish uchun o‘zingiz maktab qurasiz. Maktabga boradigan yo‘l yo‘q – buldozer yollab kelib, yo‘l qilasiz. Chiroq yo‘q – dvijok olib kelib, chiroq yoqasiz. Ko‘mir sotib olib, uy isitasiz. Kasalsiz, ammo kasalxona yo‘q – kasalxona qurib, doktorni pulga yollab o‘tqazib qo‘yaasiz.

Yo‘lda yurishga banditlardan qo‘rqsangiz, to‘rtta barzangini yollab, telex qilasiz. Xavfsizlik ham sizga kerak. Chunki maktabda bola o‘qitmoqchi, yo‘lda yurmoqchi, yorug‘ va issiqda o‘tirishni istamoqchi bo‘lgan siz. Davolanmoqchi bo‘lgan ham siz. Demak, o‘zingni muammongni – o‘zing yech.

Davlat Qirg‘iziston va Tojikisitonga yordam jo‘natsin. Muz saroy qursin¸ SSSRni maqtaydigan kino uchun million dollar ajratsin. O‘ris xokkeychilariga kvartira podarka qilsin. Shundaymi?

Davlat nima? Davlat  – bu 35 million kishi soliq to‘lab, ushlab turadigan tuzilma. Uning vazifasi yo‘l qurish¸ maktab va sog‘liqni saqlash tizimini ushlab turish va xalqni gaz, suv, kanalizatsiya va elektr bilan ta'minlash.

Kak raz muz saroy qurish, kuyov boqish, xalq mulkini o‘zini nomidan qo‘shnilarga padarka qivorish – bu davlat vakolatida emas.  Gaz – O‘zbekiston hududidagi boylik. U gazni Xitoyga sotgan palonchi mulozimning hovlisidan otilib chiqqani yo‘q. Oltin ham shunaqa va boshqa davlatga oid boyliklar. Bular xalqqa farovonlik keltirishi kerak. To‘rtta qorinboy amaldorga emas.

Gapning qisqasi: Ey hukumat, davlatning ustidan tushib tezda svetni yoq. Buni ikki yil oldin yozganimda hamma meni talab tashagandi. Bizaga qadimgi boboylar maqbarasi kerak, transformator kerak emas deb. Bugun yana bir o‘qing. Matn 2020 yil noyabrga oid:

It yashash

Tasavvur qiling siz oila boshlig‘isiz. 7 oydan beri ishlamaysiz. Uyda gaz, svet yo‘q. Tomdan chakka o‘tadi. Un, mosh, yog‘ qand olishga oxirgi tanga chaqa qolgan. O‘sha tanga chaqani yoniga qarz olib o‘lib ketgan katta bobongizning qabriga yangi marmar sag‘ana qurdirsangiz xotiningiz sizni taloq qiladi. Och qolgan bola chaqangiz sizdan yuz o‘giradi va hokazo. Nega aytdim  bu gapni? Rassom Tuz bekarga Olloh bergan nafasni sarflab gapirmaydi. Xullas bir paytlar Imom Buxoriy degan teolog yashagan ekan. O‘z vaqtida qamag‘dayam o‘tirgan.  Xullas bu allomaning qabrini marmaru granitdan tiklab yoniga majmua ham qurib qo‘yishgan bangillatib. Atigi 25 yil oldin uni Karimopni o‘zi qurib bitkazib, din tujjorlariga padarka qiluvdi. Endi mana kecha irrigator mayls qilib shu majmuani qoytadan olti yulduzli qilib qurib, oltin bilan suvaymiz deb bir arava pul ojrotipdi. Ahmoqlar esa xursanligidan siyvorgan ishtoniga. Davlat pulini qurilishga ishlatib raspil qilishni o‘ylagan aqllilar sekin chetga chiqib qoncha oqchani uxlatib Kiprdagi bonkamga qo‘yarkanman deb xomcho‘t qilmoqda. Bu yoqda ami chiqqan transformatorlar kuyib xalq elektrsiz o‘tiribdi. GRPlar chirib ketgan¸ quvurlar ilma teshik. Gaz yo‘q.  Irrigator og‘zi qulog‘ida majmuani oltin bilan suvayman deb.  Menga fioletoviy. Xalq shuni ma'qullab xazm qilib okey deb turg‘on bo‘lsa xalq ham shu it yashashga loyiq. Siz bundan battariga ham loyiqsiz.

Optik yolg‘on

Chiroq yondi. Shag‘am  yorig‘ida ro‘montik ko‘ringan uy aslida xaroba va ivirsigan ekani aniq ko‘rindi. Gaz kuchayib uy sal isishi bilan suvarak va burgalar tirilib hamma yoqda o‘rmalab boshladi. Dori kor qimadi bu yangi O‘zbekiston burgalariga.

Uy minus 2 sovuq bo‘lib yotganida bulardan asar ham yo‘q edi. Yutubda boylarning uyi videosini ko‘rib, o‘z uyim bilan solishtirib kaypiyatim tuship ketdi.  Lekin bu uzoqqa bormadi. Mana yana chiroq o‘chdi. Telefonim chirog‘ini yoqdim. Uyim ko‘zimga yana ro‘montik va shinam bo‘lib ko‘rindi. Optik yolg‘on deydi buni. Uyida bola chaqasi och o‘tirgan to‘rtta bekorchi erkak serial ko‘rib bo‘lgach, mardikor xotini ishlab topgan puldan o‘g‘irlab choyxonada osh qilishdi.

Oshni suzib endi dasturxonga qo‘yganda svet o‘chib qoldi.

Qorong‘uda kimning qancha go‘sht bilan osh yeganini kontrol qilib bo‘lmagani uchun ulpatlar svet yonguncha sabr qiladigan bo‘lishdi.

Hamma chapak chalib tursin dedi Eshmat. Hamma chapak chalib turdi. Svet yondi. Ammo tovoq bo‘m-bo‘sh edi. Toshmat shimini yechib, chap  qo‘li bilan soniga shappatlab o‘ng qo‘li bilan oshni yeb tashagan ekan. (Shu yerda kulinadi. Xa xa xa) Ammo mening bularga rahmim keldi. Qolgan ulpat tovoqni ichiga choy quyib ichvorishdi. Tak u nix prinyato.

Matchon Suqulish nima deydi?

Turkiyaning qishlog‘ida elektr o‘chganida qishloqdagilar «Ollohim elektr ber» deb duo qilishdi. Bizam shunaqa qilsakmi-kan. Masalan Chiroqchidagilar chiqib, «Ey, tangrim chiroq ber!» deb duo qilishsa. Zora yaratgan mulozimlarning tosh qalbini yumshatib, ol qulim deya elektr bervorishsa.

Bu masalada Matchon Suqilish fikrini Eshitsak:

“Kecha hamma vohmaga tushdi. Men esa o‘ta xotirjam edim. Chunki Bosh vazir hammasini hal qilishiga o‘ta ishonardim. Ho‘ko‘matimga e'timodim tom edi. Huddi toqqa suyangan echki kabi himoyada edim. Shu bois svet o‘chsayam¸ suv kemay qolsayam qilt etmay, nim tabassum qilib joyimda o‘tiraverdim. Hukumat o‘zi biladi. O‘zi hal qiladi. Biz norozi bo‘sak, hukumat imidjiga putr yetadi. Imidj yomon bo‘sa turist kemaydi. Turist kemasa iqtisod o‘tiradi. Iqtisod o‘tirsa, odamlar hatto Rossiya va Turkiya kabi bizdan anchayin qoloq va ma'naviyati past do‘latlarga borib ishlashga majbur bo‘ladi. Men pursatdan poydalanib svetni o‘chirib, bizni o‘ylagan g‘amxo‘r hukumatimizga minnatdorlik izhor qilaman. Svet muhim emas, sodaqat muxim. Ishdan ketgan imomberdi soli birbaloxo‘jaev aytganidek «ustimizdan siyvorsangiz» ham mingdan ming rozimiz. Yaxshiyam ho‘ko‘mat bor. Agar svet yoki ho‘ko‘matni tanlash zarurati tug‘ilsa. Men hech ikkilanmay ho‘ko‘matni tanlayman. Bizga renesans ato qilgani uchun hannarasaga tayyorman. Darvoqe renesansning dodasi yettinchi asr, ya'ni saodat asridayam svet bo‘magan. Kelinglar ho‘ko‘matga madxiya aytib maqtaylik.” (Kulgı)

Osma ko‘pir

Milliard pashsha «go‘ng eng mazali ovqat» degani bilan mening fikrimni o‘zgartira olmaydi. Jurnalist saviyasiz olomon ehtiyojini qondiradigan buyurtma bajaruvchi emas¸ balki u oydin fikr bilan qorong‘ilikni yoritguvchi arbobdir.

Sovetlar davrida zexni o‘tmaslashgan yozg‘uchilar bugun ham omma  nima der ekan deya biomassa extiyojini qondirishga tayyor turishadi.

Osma ko‘pr bitdimi

Ustinnan Mrat  o‘tdimi

Ustinnan Mrat o‘tganda

Og‘dorilip getdimi?

Bu qadimgi Xorazmda aytilgan qo‘shiq. Balki 100 yil oldin aytilgan. Mrat bu Murodning iskajeniya qilingani. Qandaydir Murod (Murod Bilding balki) yangi bitgan osma ko‘prikdan o‘tadi. Shunda osma ko‘prik simi uzulib  texnogen avariya sodir bo‘ladi. Murod o‘ladi. Qo‘shiq shu haqda. Bika nos aytgan bu qo‘shiqni. Burni katta bo‘lgani uchun Bika nos deyishardi u artsni. 

Xo‘sh bugungi yangi O‘zbekiston elitasi jit qiladigan amirsoyga qaytsak. Amirsoyda osma yo‘l to‘xtab qoldi. Onlayn yurib turasizlar-da endi.

Gunoh echkisi

Hamma ketmon olib, hasharga chiqqanday¸ kino rahbari Firdavsni ur-kaltak sazoyisiga chiqyapti. Kinoshunoslar virusologlardanam ko‘p ekan. Oldin ro‘yxat qilinadi. Odam otadan boshlab Ibn Sinogacha. Beruniydan Chag‘moniygacha. Shu ro‘yxat tugagandan keyin muallif Firdavsga mushtini ko‘rsatib, «Nega shular haqida kino qimaysan ipplaaas?» deb baqiradi. Bechora Firdavs «Chag‘moniy» haqida kino qiluvdimu, demoqchi bo‘lib endi og‘iz juftlaganda, gavron bilan boshiga tushiriladi. Hali qonunda yozilmagan «manfaatlar to‘qnashuvi» ham darrov qo‘llaniladi. Genprokni Amirsoyda g‘ar sevib yurgan sledaklari darrov qaytib kelib, kavlab boshlaydi. Chunki dunyodagi kinoshunoslarning kinoshunosi¸ kino ilmini suv qilib ichib yuborg‘on poshshoqiz «qatl qilinsin», deb amr berdi.

Xullas, rus masalchisi yozganidek holat –

«O‘z qasdini qonunga ham biroz to‘g‘irlamoq bo‘lib.

Qichqiradi qo‘zichoqqa ikki ko‘zi qonga to‘lib.

Sen ipplaasni bilaman men tumshug‘ingni suvga tiqib

toza suvni bulg‘atasan…

Bu ishingga chidolmayman. Tutib olib bir yamlayman. Irrrrr.

Qo‘zi dedi: «Ey mo‘htaram, meni ozroq tinglasalar.

Mening hech biiir gunohim yo‘q. Menga g‘azab qilmasalar…

Manfaatlar to‘qnashuvi

«Manfaatlar to‘qnashuvi nima? Bu conflict of interest degan tushuncha bo‘lib  – bu shaxsning shaxsiy manfaatlari qaror qabul qilish jarayoniga ta'sir qilishi va shu bilan jamiyat yoki xodimning ish beruvchisi bo‘lgan kompaniya manfaatlariga zarar etkazishi mumkin bo‘lgan vaziyat.

Korruptsiyaga qarshi kurashish agentligining ma'lum qilishicha, Kinematografiya agentligi direktori Firdavs Abduxoliqov va Sevimli telekanali o‘rtasida manfaatlar to‘qnashuvi holati aniqlangan.

Ya'ni Firdavs Abduxoliqov va Sevimli ni boshqarayotgan uning qarindoshlari o‘rtasida noqonuniy oldi-berdilar bo‘lgan.

Ish prokuraturaga oshirilibdi.

Endi ikki og‘iz gap: Birinchidan, Korruptsiyaga qarshi kurashish agentligi Kino agentligiga bordimi, deb so‘raydigan odamning o‘zi yo‘q. Yoki zakaz somsa pishirildimi? Korruptsiyaga qarshi kurashish agentligi shessekundda tekshiruv o‘tkazib, xulosalar chiqaribdi. Sherlok Xolms bo‘lib ketinglarey… Ishandik…

Ikkinchidan, voy bo‘y, ana Firdavs ko‘plab kontraktlarni o‘z qarindoshlariga beribdi, deb hayratlanmang. Bu O‘zbekistonda har kuni har sohada bo‘lyapti. Firdavsniki esa (agar bo‘lsa, ajablanmayman) dengizdan bir tomchidek gap. Bizda qanchadan qancha ajdarholar o‘tiribdi yamlamay iqtisodiyotni yutib yuborayotgan. Qanchadan qancha Sitilar, zavod fabrikalar, Shovvozsoyu Sardobalarda ota bosh pudratchi va o‘g‘il subpudratchi bo‘lganini hamma ko‘rib turibdi.

Ishonmasangiz, Jahongir Ortiqxo‘jaev, Abdug‘ani Sanginov va Ochil Ramatovlardan so‘rang. Ko‘rga hassaday bo‘lib ko‘rinib turgan narsani – Saida Mirziyoeva tanqid qilib chiqmasa, hech narsa bo‘lmasdi.

Manfaatlar to‘qnashuvi muammosi xususiy biznes uchun ham, davlat amaldorlari uchun ham dolzarbdir.

Misol. Madaniyat vaziri o‘rinbosari Kamola Aqilova turmush o‘rtog‘i ministrlik maqomidagi badiiy akademiya raisi Akmal Nuritdinov asarlarini sotib olish uchun davlat mablag‘ini muntazam sarflab kelgan. Ayni paytda ulug‘ rassomlar asarlarini sotib olishga vazirlikda pul bo‘lmagan.

Sardoba suv ombori qurilishida ham «ota sanginov» o‘g‘il sanginovga» ish bergan. Xullas misollar ko‘p. Sho‘pr qo‘shnim aytganidek hamma qizilda o‘tadi, lekin Gai faqat bittasini ushaydi. O‘sha bitta bugun Firdavs Abduxoliqov. Lekin qizilda o‘tganni ushlaydigan GAI ham qizilda o‘tsa buning davosi qanday bo‘ladi?

Doktor Gashe

Ko‘rayotganingiz bu asar «Doktor Gashe» deb ataladi va 1990 yilda rekord summa 82 million besh yuz ming dollarga sotilgan. Buni  eslab qoling. Endi men yana va yana bitta gapni takrorlamoqchiman. Afsus Baxodir aka Yo‘ldoshev o‘lib ketdi. Tirik bo‘lsa tasdiqlardi. «Kelinlar qo‘zg‘oloni» asarini o‘zbek xudsoveti o‘tkazmagan. «Asar emas bu. Bu asarda ayollar xor qilingan» degan tamg‘a bostirilgan. Yaxshiyam o‘shanda SSSR degan jamiyat bo‘lib¸ do‘ppi kiygan o‘zbek mulozimidan tepada shlyapa kiygan Moskva mulozimi o‘tirardi. Baxodir aka spektakl matnini ruschaga tarjima qildirib Moskvadan tasdiqlatib kelganidan keyin «Eshmatlar» jim bo‘lishgan. So‘z va ifoda erkinligi bu yoqimli xo‘rozqand emas. U har doim ham chiroyli  zarqog‘ozga o‘ralgan va barcha uchun yoqimtoy qiziqarli mazmunga ega bo‘lmasligi mumkin. Buni qabul qiling.

Masalan hamma bugun hayratlanadigan Eyfel minorasi o‘z vaqtida ko‘pchilikka yoqmagan. Hatto mashxur bir rassom «Eyfel  bu arxitekturadagi sifilis» deyishgacha bordi. Ammo o‘shanda bu gaplardan keyin yugurib borib Eyfelni ontarib tashashmadi. So‘z erkinligi ijodkorlikdir. G‘oyalar, yondashuvlar va formatlarning xilma-xilligi bo‘lib, ba'zan kutilmagan rakursda hayratlanarli va ko‘p xolda  axloqiy norma hamda axloqiy tabular doirasida bo‘lmasligi mumkin.

«Telekanalda zo‘ravonlik sahnasi bo‘lgan serial namoyish etildi» deya jamiyatga foyda keltirmay ertadan kechgacha divanda serial ko‘radigan tanballar dodlab chiqishdi.

Ammo… Har qanday ijod axloq, axloq va axloq me'yorlaridan betaraf holda yashash huquqiga ega, chunki har qanday shaxs ma'lumotni tanlash, shu jumladan ma'lum bir adabiy yoki badiiy asarni ko‘rish to‘g‘risida qaror qabul qilish konstitutsiyaviy huquqiga ega. Bu konstitutsiyada belgilangan huquq annaqisa. Bo‘masa obtashang shu so‘zni qomusdan.

Mualliflik huquqi asarning maqsadi va qadr-qimmatidan, shuningdek, ifodalanish usulidan qat'i nazar, ijodiy faoliyat natijasi bo‘lgan fan, adabiyot va san'at asarlariga nisbatan qo‘llaniladi.

Shubhasiz, har bir kishi hatto prezidentning qizi ham muayyan asarning badiiy qiymati haqida o‘z fikrini bildirish huquqiga ega, ammo bu uning tarqalishini cheklash uchun hukm emas. Hatto prezident qizining «fikri» asarni taqiqlash¸ TV setkasidan obtashash uchun asos bo‘la olmaydi.

Agar sizga serial ko‘rsatilayotgani yoqmasa, boshqa qadriyatlarni va dunyoning boshqa rasmini ko‘rsatadigan muqobilni olib tomosha qivuring opoo‘vsi.

Agar sizga teleko‘rsatuvlar va filmlarda ayollarga bo‘lgan munosabat aks etgani yoki rollarining ijrosi yoqmasa, gender ekspertizasi to‘g‘risidagi qonunni qabul qiling, lekin ijod erkinligi va badiiy adabiyotning xilma-xilligi haqidagi qonuniy haq  borligini  unutmang va bilingki ta'qiq mevasi shirindir.

Agar siz cheklov yo‘liga o‘tsangiz, unda yalang‘och qadimiy haykallarni namoyish etishdan tortib, jangovar filmlar va urush, jinoyat va umuman san'at janri sifatida drama haqidagi filmlargacha hamma narsani taqiqlash kerak. Hech qachon Emil Zolyani o‘qiganmisiz? Buyuk bosqinchilar haqidagi romanlar haqida nima deyish mumkin? Uzoq vaqt davomida urush haqidagi filmlarni tomosha qildingizmi? Masalan Fasbender, Xodorovskiy  filmlariga qiyo boqqanmisiz. «Tepaga qarama» degan kino premerasini ko‘rish uchun kinoteatrga borganmisiz? Muallif jamiyat yoki odamlar guruhi yana ham aniqroq muxfofazakor diniy qavmning badiiy adabiyotga munosabati uchun javobgar bo‘lishi mumkin emas, hammani xursand qilish mumkin emas. Hamma har doim norozi bo‘ladi – va bu norma!

Men bilgan yozuvchi va san'atkorlarning aksariyati zamondoshlari tomonidan masxara qilinib, qadrsizlandi. Van Gog o‘zini davolagan Doktor Gashe rasmini chizganda doktorning qaynonasi rassom asarini qanchalik pastga urganini bilasizmi? Bu qaynona 1990 yilga kelib 83 million dollarga sotilgan   bu asarni tovuq katagining teshigiga yamoq qilgan edi.  Bu misol sizga hech narsa demaydimi? Albatta ko‘rilayotgan sovun opera uslubidagi seriallar yuksak san'atga da'vo qilmaydi. Shu bois  ham, badiiy qadriyat – did masalasidir.

Ikkiyuzlamachilik

Serialdagi saviya tarkibini ko‘pincha ushbu kontentning iste'molchisi belgilaydi.  Bir vaqtlar ikki tiyinga qimmat «Otalar so‘zini» yig‘lab ko‘radiganlarning bola chaqasi ehtiyojiga yarasha seriallar. Pirovardida hamma tomosha qilayotgan bo‘lsa va reytinglar yuqori bo‘lsa, biz nima haqida gapiryapmiz?  Mana ikki tiyinga qimmat «Ër yor» ko‘rsatuvini to‘xtating deb prezidentga arz qilishdi. Amma o‘sha arz qiganlar bola chaqasi bilan yotvolib «yor yor» ko‘radi. Huddi tinimsiz amerikani yomonlab grin karta o‘ynagan kabi. Ikkiyuzlamachisiz! Nega basharangiz qiyshiq bo‘lsa ko‘zgudan o‘pkalaysiz? Kimsiz o‘zi TV oldida ag‘anashdan boshqa nimaga ham yaraysiz? Bu qanaqa jamiyat va pult tugmasini bosishdan boshqa ishingiz yo‘qmi sizning?

Ochig‘ini aytganim uchun  uzr. «Poshsho qiz adolatni qaror toptirib serialni taqiqlatdi. Serial qo‘yganlar ishdan olindi» deb irg‘ishlab yerlarga dumalab sevinganingizni ko‘rib qusgim kelyapti. Bilingki alohida guruhlar va jamoalarning ahloqiy va did nuqtai nazaridan har qanday cheklovi bu sof tsenzuradir. Va bu alal oqibat yaxshi narsaga olib kelmaydi!!! Bugun kinoda bunday sahnalarni taqiqlaysiz. Ertaga har qanday turlilik, kimgadir yoqmagan san'at taqiqlanadi.

Oxir oqibat ekranlardan faqat jannatdan habarlar, pushti samoviy bahtiyorlar surati va baxtli hayot parodiyasi efirga uzatilsa, siz xursand bo‘lasizmi? Stalin zamonida «baxtlar vodiysi» deya atalgan adabiyotni reabilitatsiya qilinishini xoxlaysiz. Bugun g‘alaba deya sevinganingiz aslida sizning tobutingizga qoqilgan  mix. Auvf Vi der zeyn. Chao Bambino.

Assalom O‘zbekiston, Juma muborak!

Rassom Tuz

Tag‘in o‘qing
23 yanvar 2022
(Taniqli shoir va siyosatchi Muhammad Solihning “Imperativ” kitobidan 37-qism. Audiokitob matnini muallifning o‘zi o‘qigan. Davomi bor.) Mana, alhamdulilloh, she'rlarimning ...
6 iyul 2016
Ichki ishlar xodimlariga kirakashlik qilgan avtomobil haydovchisi militsiya va sapyorlar guruhi har bir masjidni sinchiklab tekshirganini, kuni bo‘yi uch ...
8 oktyabr 2023
Yevropaning bir qancha davlatlari tomonidan Rossiya avtomobillari kirishiga qo‘yilgan taqiq yuzasidan Rossiya Tashqi ishlar vazirligi matbuot vakili Mariya Zaxarova ...
18 noyabr 2021
Joriy yil 18 noyabr kuni soat 16.00 da Xalq deputatlari O‘rtachirchiq tumani kengashi doimiy komissiyasi Xalq demokratik partiyasidan deputat ...
Bloglar
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...
10 oktyabr 2024
Yuksalish maktabining gender ayirmachilikka asoslangan boshqaruvi haqidagi maqolaga o‘quvchilar ikki xil munosabat bildirdi. Bir suruv ...