Asosiy mavzular
28 mart 2022

Navoiylik faol Dildora Boymurodova uy qamog‘iga olindi

Navoiy viloyatining Karmana tumanida yashovchi jamoatchilik faoli Dildora Boymurodovaga nisbatan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 165-moddasi (tovlamachilik) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. 

2-guruh nogironi bo‘lgan 45 yoshli Boymurodova bir fuqarodan 2022 yilning 9 mart kuni Navoiy shahrida joylashgan kafeda 1500 AQSh dollari miqdoridagi pulni olgan vaqtida qo‘lga olingani aytilmoqda. 

“N.N. Navoiy viloyati IIB boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat qilib, Dildora Boymurodova unga xizmatga oid ma'lumotlarini internet tarmoqlari orqali tarqatish bilan tahdid qilib, ilgari 2022 yil 4 mart kuni undan tovlamachilik yo‘li bilan 3 million so‘m pul olganiga qaramay, yana 1500 AQSh dollari miqdorida pul talab qilib kelayotganini aytib, Dildora Boymurodovaga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan”, deyiladiNavoiy viloyati IIB axborot xizmati 15 mart kuni tarqatgan xabarda.

“Eltuz” 23 mart kuni Boymurodovaning yaqinlari bilan bog‘landi. Uning qizi Kamola Sunnatova hokimlik rasmiylarining bunday harakatiga onasining viloyatdagi nohaqliklar haqida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan ko‘plab chiqishlari sabab bo‘lganini bildirdi. 

“Ichki ishlarga ariza bilan murojaat qilgan N.N. viloyat madaniyat boshqarmasi rahbari Nodir Niyozovdir”, dedi u. 

Kamola Sunnatovaning aytishicha, viloyat hokimi Normat Tursunov, IIB va Nodir Niyozov til biriktirib, Boymurodovaga qarshi fitna uyushtirgan.

“Nodir Niyozov uyimizga ko‘p kelgan. Chunki ukam ikkimiz madaniyat tizimida ishlaymiz”, dedi Boymurodovaning qizi Eltuzga. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, onasiga pulni o‘sha kuni Nodir Niyozov “qizingizning o‘qish kontraktiga ishlatasiz”, deya olib kelgan. 

“Keyingi paytlarda onam bilan Nodir Niyozov kelishmay qolgan edi. O‘tgan yili ukam bilan meni yiliga 8 million to‘lovi bor shartnoma asosidagi 3 yillik sirtqi o‘qishga kiritib qo‘yaman, vazirlikdagi tanishlarga haq berishim kerak, deb 7 million so‘m olib, yiliga 18 million so‘m to‘lanadigan 5 yillik o‘qishga kiritdi. 

Biz buncha pulni to‘lay olmaymiz, deb bormadik o‘qishga. Shu bois kelishmay qolib, onam qonunsizliklarni ochib yuruvdi. Shundan so‘ng u o‘rtaga odam qo‘yib, bu spektaklni uyushtirdi”, dedi Sunnatova “Eltuz” bilan suhbatda.

Kamola Sunnatova onasiga uning uy qamog‘iga olingani haqidagi sud qarorini berishmaganini ham ma'lum qildi.

eltuz.com

Tag‘in o‘qing
13 sentyabr 2022
Bugungi shikoyatlar Andijonning qo‘rqinchli ko‘chasi, mablag‘ga muhtoj tadbirkor, ko‘prik ta'miri bois sarson bo‘layotgan marg‘ilonliklar. Dastlabki videomurojaatda serqatnov ko‘cha aks ...
21 may 2021
“Abdulla G‘arib prodakshn”, rassom Elsevar, rassom Tuz va “Eltuz” yangi siyosiy satirik animatsion filmlar turkumining olinchi qismini taqdim etadi. ...
1 yanvar 2018
Joriy prezident Mirziyoev 22 dekabrdagi nutqida, o‘tgan 25 yil qaytib kelmasin, deya fe'lan Karimov merosini axlatga uloqtirdi. Ijtimoiy tarmoqning ...
6 noyabr 2023
Joriy yilning 22 noyabr kuni Toshkentda o‘tishi rejalangan “Mashina vremeni” rok gruppasi kontserti qoldirildi. O‘zbekistonlik galerist Bella Sobirova, Toshkentda ...
Bloglar
11 may 2024
1944 yilning 11 mayida Stalin barcha qrim tatarlarini Qrimdan surgun qilish haqidagi mash'um qarorni imzoladi. ...
6 may 2024
Hayrli kun! Urganch shahrida yashayman. Bugun quyidagi voqea yuz berdi: men avtobusda telefonda gaplashib turgandim. ...
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...