Asosiy mavzular
18 oktyabr 2022

600 SYeKUND: Paxtaga chiqarilgan nishonlik bolalar, rus askarlarini o‘ldirgan ikki tojik

Qashqadaryo viloyat Nishon tumani Xalq ta'limi bo‘limiga qarashli maktab o‘quvchilari shanba yakshanba kunlari paxta terimiga chiqarildi. «Ta'lim sifatining yo‘qligiga beshikdan qabrgacha majburiy mehnat qilish sabab bo‘lmoqda. Rossiyaga arzon ishchi kuchi, migrantlar tayyorlab berish amaliyotimi bu? Muttasadilar munosabat bildirsin» deya yozdi 17-oktyabr kuni paxta dalalariga bolalar mehnatga jalb etilganini tasdiqlab, Eltuzga foto va videolar jo‘natgan nishonlik vatandosh.

+++

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev Turkiyaning Bartin provintsiyasidagi ko‘mir konida yuz bergan portlash oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan hamkasbi Rejap Toyip Erdo‘g‘onga ta'ziya yo‘llagan. Bu haqda prezident matbuot xizmati ma'lumot tarqatdi.
Mazkur konda sodir bo‘lgan portlash oqibatida, Turkiya Ichki ishlar vazirligi ma'lumotiga ko‘ra, 40 kishi nobud bo‘lgan. U yerda jami 110 nafar konchi ishlayotgan edi. Portlash 300 metr chuqurlikda sodir bo‘lgan. Turkiya energetika vaziri portlashga kon ichida yoqilgan gulxan sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkinligini bildirgan
+++
DXX va Prokuratura departamenti xodimlari Toshkent shahar Sud tibbiyot ekspertizasi rahbari Nora Sultonovani 2.500$ pora olayotgan paytda qo‘lga olishdi. Eltuz mobil muxbiriga ko‘ra, Nora Davletovna bilan birga yana olti nafar tibbiyot xodimi, jumladan ayni muassasa hisobchisi, tibbiyot komissiyasi boshlig‘i va Toshkent shahri Yunusobod tumani bosh vrachi olib ketilgan. Keyinroq Eltuzga yetib kelgan ma'lumotlarga ko‘ra Sultanova Nora Davletovna va qolgan xodimlar hech narsa bo‘lmagandak ishga o‘z avto ulovlarida chiqishdi, deya xabar bermoqda Eltuz mobil muxbiri.
+++
Qashqadaryo viloyat Nishon tumani Xalq ta'limi bo‘limiga qarashli maktab o‘quvchilari shanba yakshanba kunlari paxta terimiga chiqarildi. «Ta'lim sifatining yo‘qligiga beshikdan qabrgacha majburiy mehnat qilish sabab bo‘lmoqda. Rossiyaga arzon ishchi kuchi, migrantlar tayyorlab berish amaliyotimi bu? Muttasadilar munosabat bildirsin» deya yozadi 17-oktyabr kuni paxta dalalariga bolalar mehnatga jalb etilganini tasdiqlab,  Eltuzga foto va videolar jo‘natgan nishonlik vatandosh.
+++
Hukumat Davlat fuqarolik xizmatchilari odob-axloqining namunaviy qoidalarini tasdiqladi. Unga ko‘ra, davlat xizmatchisi halol, kamtar bo‘lishi, birovning manfaatini ko‘zlab sovg‘a, foyda va mukofot olmasligi, xizmat xarajatlarini birovning hisobidan amalga oshirmasligi, tarmoqlarda so‘kinmasligi, urug‘-aymoqchilikka yo‘l qo‘ymasligi, lozim. Davlat xizmatchilari etikasini buzgan xodimlarga intizomiy jazo qo‘llanilishi, ogohlantirilishi, tanbeh berilishi mumkin.
+++
O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligining Qorovul qo‘shinlarida ishlaydigan uch zobit Chirchiqda bankomatni o‘marayotib qo‘lga tushdi. Qorovullar qamoqda. Bankomat Chirchiqda.
+++
Yevropada noqonuniy odam tashish bilan shug‘ullangan o‘nlab o‘zbekistonlik ushlandi. O‘zbekiston va MDH davlatlari fuqarolarini Shengen davlatlari hududiga noqonuniy kiritish bilan shug‘ullangan o‘zbekistonliklar qamoqqa olingan. Eltuz manbalariga ko‘ra, Chexiya va Germaniya politsiyalari qo‘shma amaliyot o‘tkazib o‘tgan bir necha oy ichida vizasi bo‘lmagan odamlarni Yevropa Ittifoqi hududlariga tashish bilan shug‘ullangan 30 ga yaqin o‘zbek taksichisi ushlangan. Ulardan kamida sakkiz nafariga qamoq jazolari tayinlangan, dedi Eltuz manbasi.
Yevropada ishlash va yashash huquqiga ega bo‘lgan o‘zbek taksichilari Shengen vizasi bo‘lmagan o‘zbek va MDH davlatlari fuqarolarini mo‘may pul evaziga Albaniya, Serbiya, Chernogoriya, Moldova va boshqa davlatlardan asosan Chexiya va Germaniyaga keltirganlar.
+++
Yana bitta zombi mulla bloger qamag‘da. Milisani tutib, orqasiga jinsiy aloqa qilaman, deb istak bildirgan «bloger» yalinib, kechirim so‘rab, «tuhmat qildim» degan bo‘lsa ham, opkirib qo‘yildi. Zombi mulla qamoqda
+++
Namangan shahridagi 58 maktabda geografiya o‘qituvchisi o‘quvchini kaltakladi. Bu holat aks etgan video o‘tgan hafta oxirida telegram tarmog‘ida tarqaldi. Xalq Ta'limi Vazirligi matbuot kotibi Rustamova xonim maktab o‘quvchisini urib, qovurg‘asini sindirgan o‘qituvchini «vahshiy» deb yozmanglar dedi. Tarmoq foydalanuvchilari endilikda bu o‘qituvchiga nisbatan qanday ibora ishlatish lozimligini muhokama qilishmoqda.
+++
Qirg‘izistonda bahsli suv omborining O‘zbekistonga berilishi yuzasidan norozilik namoyishi o‘tkazilmoqda. Sputnik Qirg‘iziston nashri xabariga ko‘ra aktsiyada deputatlar va siyosatchilar ishtirok etmoqda.
Avvalroq tomonlar bahsli uchastkalarni Qirg‘iziston,  Kampirobod suv ombori joylashgan yerlarni esa O‘zbekiston olishi haqida kelishib olgan edi.
Kelishuv kuchga kirishi uchun prezidentlarning imzolari va ratifikatsiya qilish tartib-taomillarining tugallanishi talab qilinadi.
+++
Rossiya armiyasi 17 oktyabr kuni ertalab Kiev, Dnepropetrovsk va Sumi viloyatlarini o‘qqa tutdi. Rossiyaliklar otgan raketalar dushanba tongida Ukraina poytaxtiga ham kelib tushgan, bundan tashqari, dron hujumlari ham amalga oshirilgani aytilmoqda. Kiev hokimi Vitaliy Klichko shaharliklarni pana joylarda jon saqlashga chaqirdi.
+++
Rossiyaning urushga jangari yig‘ayotgan federal havfsizlik xizmati va Vagner hususiy shirkatining ikki nafar xodimi Frantsiyadan siyosiy boshpana so‘radi. Bu haqda The Insider nashriga Gulagu.net loyihasi rahbari Vladimir Osechkin xabar berdi.
Osechkinning so‘zlariga ko‘ra, hozir ular Rossiyaning harbiy jinoyatlarini fosh qilishga yordam beradigan dalillar bo‘yicha guvohlik bermoqda.
 Osechkinning aytishicha, oxirgi oylarda bir nechta razvedka xodimi Rossiyani tark etib, boshpana so‘rashga muvaffaq bo‘lgan.
+++
Moskvadagi Rossiya Xalqlar do‘stligi universiteti (RUDN) talabalaridan urushga safarbar qilingan askarlarga gumanitar yordam yig‘ish so‘ralgan. Bu haqda “Sota” nashri talabalardan olingan ma'lumotga tayangan holda xabar qildi.
Xayriya yordami uyushtiruvchilar talabalardan pul so‘ralmayotganini, gigienik vositalar va dori-darmon olib kelinsa, kifoya ekanini aytishgan.
+++
Rossiyaning Ukraina chegarasiga yaqin joylashgan Belgorod shahrida podstantsiyaga bomba tushib, shahar janubida chiroq o‘chib qoldi.
+++
Eron Rossiyaga yaqin masofaga uchadigan «Fotih-110» va «Zulfiqor» ballistik raketalarini berishni rejalamoqda. Bu haqda Washington Post nashri o‘z manbalaridan olingan ma'lumot asosida xabar qildi. Fateh-110 raketasi 300 kilometrgacha, Zolfaghar esa 700 kilometrgacha masofaga uchishi mumkinligi aytilmoqda. Avvalroq Tehron Moskvaga “Shahid” dronlarini taqdim etgani xabar qilingan. Eron rasmiylari bu ma'lumotlarni rad etib kelishadi.
+++
Belgoroddagi poligonda yuz bergan mojaroda rus jangchilarini otib tashlagan shaxslar Tojikistonning ikki fuqarosi ekani aytilmoqda.
Baza telegram kanali xabariga ko‘ra, Belgorod viloyatidagi poligonda ommaviy otishma sodir etgan kishilarning shaxsi aniqlangan. Ular Tojikistonning ikki fuqarosi — 23 yoshli Rahmonov Mehrob va 24 yoshli Esxon Aminzodlar bo‘lgan. Baza Exson Aminzodning suratini e'lon qildi.
ASTRA  jurnalistlari Belgorod viloyatidagi Soloti poligonida yarador bo‘lgan xarbiy askardan intervyu oldi. Havfsizligi uchun sir saqlanayotgan harbiy askarga ko‘ra janjal. Ayrim dog‘istonlik, azarbayjon va adigey askarlarining «bu bizning urush emas» degan iddiolaridan boshlangan. Ular raport yozib xizmatdan bo‘shashlari haqida talab qo‘yishgan. Podpolkovnik Andrey Lapin, rota komondonidan bu xabarni olgandan keyin, hammani yig‘ib: «bu muqaddas g‘azot» urushi qabilidagi gaplarni aytganidan so‘ng to‘polon boshlangan. Shu paytda, boyagi uchta tojik yigiti, qurollarini burib hujumga o‘ta boshlashgan. Birinchi navbatda podpolkovnik Lapinni yer tishlatishgan. U voqea joyida til tortmay o‘lgan. Keyin boshqa askarlarga qarata tartibsiz o‘q yog‘dira boshlashgan.
«Men o‘zim shaxsan 29 ta o‘likni sanadim. Podpolkovnik Lapinni qo‘shib sanaganda 30 ta. Tojik yigitlarni o‘ligini hisobga olmaganda, ular bilan 32ta» deydi yarador rus askari.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
25 iyun 2019
Qashqadaryoning Chiroqchi tumanidan Shvetsiyaga kelib ishlayotgan 35 yashar O‘zbekiston vatandoshi Akmaljon Cho‘liev 21 iyun kuni Stokgolmda vafot etdi. «Eltuz» ...
13 noyabr 2022
Asarlari millionlab dollarga sotiladigan zamonamizning eng taniqli tirik rassomi Benksi Ukrainaning Rossiya varvar bosqinchilari vayron qilgan Borodyanka qishlog‘iga atay ...
4 dekabr 2023
Nihoyat O‘zbekistondagi qo‘shiq shinavandalari qalbini larzaga solayotgan shou tomoshalariga navbat yetib keldi – Eltuzning qattiq Iks faktori yoki X-Faktor pagonlarga ...
23 oktyabr 2015
Akmal Nabiev Eltuz.com Bir yil avval yozgan ekanman… U paytlar do‘stlarimiz yozgan maqolalarga munosabat bildirib turardim, albatta samimiy, chin ...
Bloglar
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...
10 oktyabr 2024
Yuksalish maktabining gender ayirmachilikka asoslangan boshqaruvi haqidagi maqolaga o‘quvchilar ikki xil munosabat bildirdi. Bir suruv ...