Asosiy mavzular
7 noyabr 2022

600 SYeKUND: Chiroqchida sel, qamalgan poraxo‘rlar, yo‘q qilingan Rossiya jangchilari…

Bugun 7 noyabr, bu kun SSSRning eng asosiy bayrami sifatida nishonlangan. Bugun O‘zbekistonda bu tantana mutlaqo unutilgan, ba'zi qari-qartanglargina arang eslaydigan sho‘ro bayrami. Kalendarning qizilga bo‘yalgan kuni sifatida Sovet Ittifoqining boshqa bo‘lgalari 7 noyabr kuni dam olsa, O‘zbekistondagilar paraddan chiqib paxta terishga yo‘l oladigan kun edi.
+++
Shu kunlarda prezident Shavkat Mirziyoevning Navoiy viloyatiga safari kutilmoqda. Tashrifi chog‘ida prezident viloyat rahbariyati va faollari bilan joylardagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni muhokama qiladi. Hozirdan viloyatdagi barcha rahbarlar faoliyati zimdan tekshirilmoqda. Kimlardir ishdan haydalishi va yana kimlardir qamoqqa tashlanishi mumkin.
+++
Navoiyning Karmanasida nafaqa pulini oshirib berish va'dasi bilan bir otaxondan 2,5 million so‘m olgan pensiya jamg‘armasi xodimasi N. qo‘lga olindi Opaxon hozircha qamoqda.
+++
1-noyabr kuni Pskent tumani prokuror yordamchisi sudlanuvchiga yengil jazo tayinlanishi evaziga 1500 dollarni olgan vaqtida ushlandi. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi ochildi. Prokuror yordamchisi qamoqda.
+++
Nurotada 6 noyabr kuni yuzaga kelgan sel qabriston yo‘lidagi ko‘prikning bir qismiga zarar yetkazdi. Shuningdek, bu yerda uchta uyning tomorqasiga suv yig‘ilib qolgani aytilmoqda. FVV vakillari tabiiy ofat natijasida halok bo‘lganlar yo‘qligini bildirishgan. Bu orada O‘zgidromet 7-8 noyabr kunlari poytaxt Toshkentda kuchli shamol va yog‘ingarchilik bo‘lishi kutilayotganini ma'lum qilgan.
+++
Chiroqchida yuz bergan kuchli sel, aholi turar joylariga jiddiy zarar yetkazdi.
+++
Farg‘ona viloyatining Dang‘ara tumanida surunkali yomg‘ir natijasidagi suv toshqini Pishqaron MFYd ajoylashgan 3-o‘rta ta'lim maktabiga boradigan yo‘lni to‘sib qo‘ydi.
+++
2020 yilda qayta ta'mirlanishi va'da qilingan va 2021 yilda qayta ishga tushirilishi rejalangan Respublika bolalar kutubxonasi binosi bugun xaroba holatga kelib qolgan.
Ta'mirlash ishlari birinchi bosqichidayoq to‘xtab qolgan ushbu binoni ta'mirlash loyihasi Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida joylashgan «Ludi Aechitects» arxitektorlik byurosi tomonidan ishlab chiqilganligi, ta'mirlash ishlari to‘liq metsenatlar mablag‘lari hisobiga amalga oshirilishi haqida oliy martabali xonimlar og‘iz ko‘pirtirishgan edi.
1893 yilda mashhur arxitektor I.A. Markevich loyihasi asosida yahudiy aka-uka Vadyaevlar mablag‘iga qurilgan ushbu bino davlat muhofazasiga olingan hamda madaniy meros ob'ekti hisoblanadi.
+++
Qarshi shahridagi 27-maktabning besh nafar o‘quvchisi maktab stadionida 8-sinf o‘quvchisini kaltakladi. Hozirda bola og‘ir ahvolda jonlantirish bo‘limida yotibdi.
+++
Davlat Havfsizlik xizmati tomonidan Terroristik tashkilot a'zosi bo‘lgan shaxs O‘zbekistonga olib kelindi.
1995 yilda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan X.M. xorijda mavsumiy ishlagan davrida Internet tarmog‘i orqali xalqaro terroristik tashkilotlar a'zolari bilan doimiy aloqada bo‘lgan.
Ularning ta'sirida 2019 yilda Suriyaga borib, «Tavhid va jihod katibasi» terroristik tashkiloti safiga qo‘shilgan hamda jangovar harakatlarda qatnashgan.
Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan chet el maxsus xizmatlari bilan hamkorlikda olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida X.M. xorijda ushlanib, O‘zbekistonga olib kelindi.
Hozirda unga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida tergov harakatlari olib borilmoqda.
+++
O‘zbekistonda ham nihoyat Rossiya telekanallariga muqobil kanallar paydo bo‘ldi. Bi-bi-si, CNN, Bloomberg, Frace 24, Xitoyning SGTN, Turkiyaning TRT Avaz va boshqa kanallari IP-televidenie operatorlari paketlariga kiritildi.
+++
Dunyodagi eng baland bino bo‘lgan Burj Xalifa yonida joylashgan Birlashgan Arab Amirligining Dubaydagi 35 qavatli Emaar binosiga 7 noyabrga o‘tar kechasi o‘t ketdi. Ayni paytga kelib yong‘in o‘chirilgani aytilmoqda. Hodisa chog‘ida halok bo‘lgan va jarohatlangan to‘g‘risida hozirga qadar ma'lumot berilgani yo‘q.
+++
Shimoliy Koreya bir necha kundan buyon qo‘shnilari tarafga raketa otishda davom etmoqda. 3 noyabr kuni Yaponiya tarafga otilgan uchta raketa otilgan. Tokio ulardan biri qit'alararo ballistik raketa bo‘lganini iddao qildi. Otilgan raketalarning uchovi ham Yapon dengiziga borib tushgan
+++
AQSh mudofaa vaziri Lloyd Ostin, agar Pxenyan yadro qurolini ishga solsa, Qo‘shma Shtatlar Shimoliy Koreya rejimiga barham berishini bildirdi.
+++
Joriy haftada Yevropa Ittifoqi Ukrainaga 2023 yil uchun 18 mlrd yevro miqdorida moliyaviy yordam taqdim etadi. Bu haqda Yevropa komissiyasi raisi Ursula fon der Lyayen bildirdi.
+++
Amerika Qo‘shma Shtatlari esa qiymati 400 million dollar bo‘lgan yangi harbiy yordam paketi doirasida Ukrainaga 1100 ta Phoenix Ghost kamikadze droni, M1117 rusumli 250 dona bronetransportyor, 40 ta bronekater va Chexiyada saqlanayotgan kamida 45 dona T-72 tankini yetkazib beradi. Bu haqda Pentagon matbuot kotibi o‘rinbosari Sabrina Singh ma'lum qildi.
Ajratilgan mablag‘ning bir qismi Kievga harbiy yordam ajratishni muvofiqlashtirish bo‘yicha Germaniyada shtab tashkil etishga sarflanadi. Pentagon vakilasiga ko‘ra, mazkur shtab harbiy personalni mashq qildirish bilan ham shug‘ullanadi.
Bundan tashqari, AQSh Hawk zenit-raketa majmualarini yangilab, ularni Kievga yo‘llanajak galdagi yordam paketlariga kiritadi.
+++
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy, agar Balidagi G20 sammitida Rossiya prezidenti Vladimir Putin ishtirok etadigan bo‘lsa, u yoqqa bormasligini bildirdi.
+++
Lugansk viloyatidagi Makeevka qishlog‘i yaqinida Rossiyaning Voronej viloyatidan safarbarlikka jalb qilingan harbiylar bataloni yo‘q qilindi.
Rossiya nashrlaridagi xabarlarga ko‘ra, u yerda 500 ga yaqin rus askari halok bo‘lgan, faqat 41 nafar harbiy tirik qolgan.
Mazkur ma'lumot harbiylarning xotinlari tomonidan tasdiqlangan. Ular erlarining hech bir tayyorgarliksiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri frontga yo‘llanganidan norozilik bildirishgan.
+++
«Ukraina Afg‘onistondagi 10 yillik urushi davomida SSSR yo‘qotganidan ikki baravar ko‘p rus samolyotlarini yo‘q qildi. 9 oy davomida Ukrainada 278 rus samolyoti yo‘q qilindi, Afg‘onistondagi urushda esa 118 sovet uchog‘i yo‘qotilgan edi», – deya muqoyasa qildi Ukraina Qurolli Kuchlari Bosh qo‘mondoni Zalujniy.
+++
Hindistonlik yetakchi rohib kambag‘allarni sabrli bo‘lishga chaqirdi. Hindi mullalarining tillaga o‘chligi London birjasidagi oltin narxining munatazam o‘sishi kafolatidir.
+++
“Narsalar ehtiyojga ko‘ra qadrlanadi”. Xabarlarga ko‘ra, Moskvada dafn ashyolari ko‘rgazmasi o‘tdi. Ayniqsa, g‘assollar va go‘rkovlar o‘rtasida o‘liklarni tez kiyintirish bo‘yicha o‘tkazilgan konkurs ishtirokchilarda alohida qiziqish uyg‘otdi. O‘liklarga kiydiriladigan liboslarga ham, allambalo tobutlarga ham ko‘zlari yonib qaraganlar ko‘p bo‘ldi. Urushda yuz ming askaridan ajragan Rossiyada dafn biznesi, jumladan aka Sharif O‘zbekistonga olib sotgan kiygan orqasi kesik kastim va hashamatli tobutlar savdosi bugun ayniqsa dolzarb…
+++
Bu Eltuz kanalidan so‘nggi 600 cekund ichida sizga yetkazmoqchi bo‘lgan xabarlarimiz edi. Kun davomida biz bilan qoling, kanallarimizga obuna bo‘lishni unutmang.

@eltuz

Tag‘in o‘qing
15 iyun 2017
Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilovning dipmissiya xodimlari va raxbarlari bilan birgalikda rejalagan xalq bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqoti kutilmoqda. Vazirlik saytida ...
20 iyun 2024
Keyingi kunlarda Eltuz tomonidan qo‘yilgan har bir materialga, o‘zini din himoyachisi deya hisoblovchilar nomidan haqoratli komentlar qo‘yilishi avj olgan. ...
4 mart 2022
Bahor kelsa, o‘rtoqlar, uyg‘onadi o‘tloqlar. Mana o‘lmagan qul bahorga ham yetdik. Og‘zimiz ko‘kka tegadigan bo‘ldi. Ko‘k barak, ko‘k somsa. ...
14 dekabr 2015
Malohat Eshonqulova Eltuz.com Ular “Do‘stlik” tuman sog‘liqni saqlash tizimi tibbiyot xodimlari edi. Dam olish kuni bo‘lishiga qaramay ular, erta ...
Bloglar
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...
10 oktyabr 2024
Yuksalish maktabining gender ayirmachilikka asoslangan boshqaruvi haqidagi maqolaga o‘quvchilar ikki xil munosabat bildirdi. Bir suruv ...