Matchon Cuqilishning mushugi
Eltuzga hajviya yozib berishim kerak. Ilxom parisi kemayapti. Sovuq bo‘lgani uchun qamotlari to‘ngib qolgan bo‘lsa kerak. Issiq guppini ustidan kattta bobom Latif soridan qolgan sariq po‘stinni kiyib ko‘chaga chiqdim. Ko‘cha bilan uyning darajasi bir xil. Qarab tursam bir uyni eshigi ochilib bitta mushuk o‘qlov yeb miyovlab chiqib ketdi. Shunaqa qish o‘chog‘i tor tur uyingga bor. Mushuklarga ham qiyin. Xo‘sh mushuk nimaga kaltak yedi? Gazeta uz ni varaqlasam Rossiya xuddi qirg‘izlarni qaqshatib gaz trubasiga egaliq qilgani kabi O‘zbekistonning gaz trubasini ham olmoqchi. O‘zi 2005 da anjandagi akramiylar to‘polon qilganida Putin Karimovni podderjka qilgani uchun bu trubalarni so‘ragan Karimov paysalga solib yurgan edi. Bu voqealarni Matchon suqilishning mushugi bilan nima aloqasi bor. Yana hikoyani boshidan hikoya qilsam.
O‘zbekistonda havolar birdan sovidi. Bilag‘onlar aholi tushkunlikka tushib ketmasin deya qish chillasiga “anomal ayoz” deb romantik nom berishdi. Harorat kunduzi -25 ga, kechasi esa -35 ga tushib ketdi. Matchon suqulishning xotini nolidi:
– Matchanboy, o‘tiraverasizmi televizor go‘rib. Boring, gazchig‘o oyting, gozni barsin oxir. Bu to‘mmiqina do‘kilganlar gozni o‘z donishlarino qimmat atip sotip yotibdi. Goz kishi qo‘lli bo‘ldi.
– San katda ayri yotsongom, gapni do‘g‘risini oytasan, xotin. Ëshullidom yoshukichchidam insop qolmadi. Borib bu qon toshog‘on nimkalolar hovorino olinqoni, – dedi Matchon suqulish.
Borib Urganch shahar gaz ta'minoti boshlig‘i eshigini qoqdi.
Marimboy, nichik odamsiz o‘zi, uy do‘ngib yotibdi qishni dik o‘rtosindo. Goz yo‘q. Sizlar qimmatga sotib, pul ishlab yotibsizlar. Ustilaringdan Eltuzga arz qilaman.
Eltuz nomini eshitishi bilanoq bo‘zdek oqargan gaz ta'minoti boshlig‘i o‘zini oqlashga tushdi.
– Do‘g‘ri aytasan Matchonboy, no ya ni vinavat. Odamlarda insof qolmagan. Xorazm viloyati gaz ta'minoti boshlig‘ining ishi bu. Menga aholiga qancha gaz ber desa, shuncha beraman. Sal qo‘shipam beraman elbirimiz uchun. Bugun borib, yoqasidan olaman uning. Qisinmin borib xotinni yoninda yotavar. ”
Marimboy yillardir viloyat gaz ta'minoti boshlig‘i bo‘lishni orzu qilardi. Boshlig‘idan zimdan nafratlanardi. Matchonboyning shikoyati ayni muddao bo‘ldi. Marimboy Xorazm viloyat gaz ta'minoti boshlig‘i eshigini qoqdi.
– Ochilboy og‘a, odamam shundayin bo‘ladimi, xalq dod deb kelyapti eshigimni qoqib. Gaz yo‘q deb, dod-voy qilishyapti. Shu gazni ko‘paytirib bersangiz bo‘ladi-ku. Urganch viloyat markazi bo‘lsa.
– Do‘g‘ri aytasan Marimboy. Lekin ayb menda emas. Prosta odamlarda insof qolmadi. Vazirga necha marta aytdim, gazni ko‘proq bering, deb. Hech yo‘q-ki quloq solsa. Bugunoq unga qo‘ng‘iroq qilib, xalq dardini yetkazaman, – dedi Ochilboy.
U gaz vazirini yomon ko‘rardi. Vaqtida prezident apparatiga aytilgan pulni olib borib bera olmagani uchun uning o‘rniga O‘zar Toparovich boshlig‘ bo‘lib ketgandi. O‘ch olish fursati Ochilboyga kelgandi. Vazirga telefon qildi.
– O‘zar Toparovich, nima qilarimizni bilmay qoldik. Xalqqa gaz yetib kelmayapti. Sizga qish boshlanmasdan burun iltimos qilgandim, shu gaz bosimini oshirib bering deb.
– To‘g‘ri aytasiz Ochilboy. Lekin ayb menda emas. Odamlarda insof qolmadi o‘zi. Hozir G‘aybulla G‘aripovichga telefon qilib, bor gapni yuziga sharta-sharta aytib tashlayman.
O‘zar Toparovich vertushkadan G‘aybulla G‘aripovichga bog‘landi.
– G‘aybulla G‘aripovich, shu deng, viloyatlardan shikoyatlar tinmayapti. Gaz yo‘q , bo‘lsayam davlenie past deyishyapti. Nima deb javob berishgayam boshim qotib qoldi. Shunga sezon boshlanmasdan gaz kontraktlarini hal qilib olaylik, deb sizga yalingandim…
– To‘g‘ri aytasiz, O‘zar Toparovich, – kal boshini siladi G‘aybulla G‘aripovich. – Lekin manda ayb yo‘q. Hozir sardorimizga telefon qilaman. Viloyatdagilarga eting, odamlarni tinchlantirib turishsin.
G‘aybulla G‘aripovich xonasining u burchagidan bu burchagiga borib kela boshladi. “Telefon qilsammi, qilmasammi? Kecha kelgan yosh bola bo‘lsa…. Qo‘limda ishlab yuruvdi. Apparatga boshliq bo‘ldiyu bir kunda o‘zgardi qoldi”.
Oxiri ayfoning ko‘k tugmasini bosdi.
– Eshitaman G‘aybulla G‘aripovich. – go‘shakning narigi tarafidan yaqinda ish boshlagan Sardor Rahimjonning ovozi keldi.
– Sardorjon, bilasiz, sizni hurmat qilaman. Rahmatli adangizniyam hurmat qilardim. Lekin, shu deng, gaz masalasi osilib qovotti. Hozir vazir telefon qilib ko‘z yosh qildi. Xalq sovuqotvotdi, dedi. Bu yog‘i anomal ayoz bo‘lsa. Endi ma qildu?
– To‘g‘ri aytasiz, G‘aybulla G‘aripovich, – dedi planshentidagi Game of War o‘yini pauzasini bosgan Sardorjon Rahimjon. – Lekin ayb manda emas. Anovi turkman adashim va'dani quyuq qilgandi. 20 million kubometr o‘rniga 2 million kubometr berishni boshladi. Xalqqa anomal sovuq, sabr qillaring, deb bir e'lon yozib tursak yaxshi bo‘ladi. Hozircha… Piar harna.
– Sardor Rahimjon turkman adashi Serdar Orqatog‘ovichga telefon qildi.
– Salom alaykum adash, qandaysiz? – deya gap boshladi Sardor mulozamat bilan.
Serdar Orqatog‘ovich xuddi Sardorning qo‘ng‘irog‘ini kutib turgandek edi.
– O, nehiyli odash? Gaz mesalangiz bardig‘ini bilyarim. Amma men gunahkar dayl. Her zat hakinda biliyarim. Hemme zadiy cho‘o‘zariz.
Ikki sardor uzoq gaplashishdi. Orqatog‘ovich gaz berishni to‘xtatish qarorini anomal sovuqdan boshlab, muzlagan trubalaru dunyodagi energetik inqirozgacha bog‘ladi. Tez orada mushkilni oson qilishga va'de berdi.
So‘ngra, Oltoydagi bunkerga qo‘ng‘iroq qildi.
– Vladimir Vladimirovich, zdravstvuyte, kak vы govorili ranee, Sardar zvonil i prosil otkrыt gazovыe trubы. I kak teper bыt?
– Vladimir Vladimirovich bunkerida Nevzorovning podkastingini tomosha qilib o‘tirgandi. Sardorga javobi qisqa bo‘ldi:
– Molodets Serdar. Spasibo za soobщenie. No ya ne vinovat. Eto Zelenskiy vinovat vmeste s NATO. Pust nashi uzbeki poterpyat. Kak govoril nash Ramzanchik, nado “sabr” delat. Nravitsya ne nravitsya, terpi moya krasavitsa.
Suhbat qisqa bo‘ldi. Vladimir Vladimirovich hammasini mavridi bilan hal qilishga va'da berdi. Serdar bilan xayr xushlashgach, Vladimir Vladimirovich vertushka trubkasin ko‘tardi va ohista gap ochdi:
– Alo, assalyamu alyaykum! Ka tebya velichali G‘ag‘at Mag‘amanovich¸ nu x*y s toboy. Koroche, vse tvoi trubы doljnы stat moimi. Nu ladno, dopustim, oni doljnы prinadlejat Gazpromu ili Baxtishke. Nu zachem tebya truba? Kogda u tebe i bez etogo vse truba. Podumay. Zavtra narod izmuchennыy ot xoloda v tvoem churkistane vzbuntuet. Pomnish, Ashraf Gani kakim obrazom “gildiryakni gizillyatti”. Podumay. Kak skazal Ramzanchik, sem raz dumay i odin raz Xob, skaji. Tam Burxanich tebya obyasnit vse. Tushundingmi, kak tebya velichali G‘ag‘at Mag‘amanovich¸ nu xuy s toboy. Ya poproshu Peskova. On obyasnit tebya po tatarski. Tushundingmi, matur malay.
– Ertasiga Matchon suqulishni uyida gaz butunlay o‘chdi. Svet ham, suv ham kelmay qoldi.
Bir kun shikoyat qilgan xotindan ming kun barakat qochadi, deydi xonqalilar.
– Ibi boxtim tiyrdin qoro! Goz yo‘q damiyn xonomdo oqib o‘tirsom bo‘lmasmadai. Navlin bi gaplarni ulli yoshullidan o‘tib o‘ris yurt yoshullisinnan oylonib galajakini.
Shu paytda uyda yurgan mosh mushuk belini tarang qilib Matchon suqilishning xotiniga erkalandi.
Bir san kaming ading mosh. Pisht xorop!
Xotin bu mushukni qars etib o‘qlov bilan urib ko‘chaga haydaydi.
Hayot bu bumerang. Men Xonqada o‘t yoqsam kremlda tutuni.
Bu dunyoda bormikanay biror bag‘ri butuni.
Rassom Tuz
@eltuz