Asosiy mavzular
22 may 2023

Klaster yo‘lini to‘sgan fermerlar, talanayotgan o‘qituvchilar va TMGdagi firibgarlar – EP76

Salom qadrli muhlislar. Eltuz portaliga kelgan navbatdagi 5 ta shikoyatni o‘qib eshittiramiz. Maktublar O‘zbekistonning Andijon, Surxondaryo, Farg‘ona, viloyatlari dan kelgan. Dastlabki maktub Andijon viloyatining Paxtaobod tumanidan kelgan. U yerda fermerlar klaster shirkatining yo‘lini to‘sib norozilik bildirishgan. Xatni o‘qiymiz.

«Assalomu alaykum Eltuz jamoasi. Andijon viloyati Paxtaobod tumanidagi Oltin mato paxta klasterining yo‘lini bugun ertalab fermerlar to‘sib qo‘ydi. Sababi  o‘tgan yilgi topshirilgan paxtaning pulini klaster hozirgacha bergani yo‘q. Bu klaster tashkil bo‘lganiga 4 yil bo‘layapti. Biror marta pulni vaqtida bermagan,  Prezident qarorlari, Qonunlarga tupurib qo‘ygan. Asl maqsadi faqat soqqa qilish. Bitta kichkina misol, bu yil 26 yanvar kuni Prezidentning №23 sonli qarori chiqdi. Qarorda klasterlar fermerlarga paxta yetishtirish uchun kerakli bo‘lgan mineral o‘g‘itlar,  yoqilg‘i va boshqa maxsulotlar yetkazib berganida, bergan maxsuloti ustiga ustama narx qo‘ymaydi deyilgan. Lekin bizning klaster janoblari har doimgidek vagon vagon maxsulotlarni olib kelib,  ustiga xohlagan narxini qo‘yib, tuman bo‘yicha fermerlarni qaqshatmoqda, ham enidan, ham bo‘yidan deganidek, katta pul ishlamoqda. Ularning fikricha orqalarida muhtaram Prezident turibdi, xohlaganini qilishadi. Bu narsalar fermerlarni qiynab yubordiku. O‘tgan yillari tumandagi bir yaxshi ishlab turgan ko‘plab  fermerlarni yerlarini shu klasterga tortib olib berishdi. Natija esa achinarli. Klaster gektariga 8 sentner atrofida zo‘rg‘a paxta yetishtirishdi. Ya'ni fermerdan o‘rtacha besh barobar kam josil degani, bu qancha oziq ovqat mahsulotlari degani. Paxta yetishtirish har kimning ishi emas aslida».

Keyingi maktub Surxondaryoning Termiz tumanidan kelgan. Odatiy xol o‘quvchilarga bilim berish, buning uchun esa ularning o‘z bilimlarini oshirishlari suv bilan havoday zarur bo‘lgan  o‘qituvchilardan qorovul sifatida foydalanishmoqda.

«Surxondaryo viloyati Termiz tumanidagi 16-IDUM ma'muriyati o‘qituvchilarni issiq yoki sovuqqa qaramay, qorovul kabi navbatchilikka qo‘ymoqda. Holbuki, XTVning 2021 yil 1 iyuldagi 206-sonli qarorida o‘qituvchining kasbiy vazifalarida navbatchilik ko‘rsatilmagan. Maktabda psixolog ishi ham nazorat qilinmaydi. Sababi bu vazifada direktorning qizi ishlaydi. Maktabda ta'lim-tarbiya izdan chiqqani sabab o‘quvchilarning 5 nafariga jinoiy ish ochilgan. Jamoada muhitni yaxshilab, tanish-bilishchilik, guruhbozlikka chek qo‘yishlarini so‘raymiz».

Navbatdagi maktub ham majburiy mehnatga jalb qilinayotgan o‘qituvchilardan. Bu safar Farg‘onaning Furqat tumani hokimi  o‘qituvchilardan yashirincha va majburiy pul undirmoqda ekan.

«Assalom alakum hurmatli Eltuz portali!  Men sizga Farg‘ona viloyati Furqat tumanidan murojaat qilyapman, o‘zim pedagogman murojaatim shundan iboratki Furqat tuman hokimi Jahongir Jumanov bugun soat 8.00 larda furqat tumanidagi cho‘l zonasiga nasos oldiga hamma maktab va maktabgacha talim rahbarlarini yig‘ib 2 soat o‘sha issiqda yig‘ilish qilib o‘sha yerda tokzor yaratish uchun pul yig‘ishni buyurgan va bu boshlanishi, yana hali qolgan summa haqida keyin gaplashishini aytgan. Agar bu holat tepadagilarga yetib borsa yoki bosh tortadigan xodimlar bo‘lsa ularning faoliyati qattiq tekshirilib ishdan olaman deb dag‘dag‘a qilgan. Bu yig‘di yig‘dilar qachongacha boladi, bu birinchisimas tumanda kam ta'minlanganlar yoki nogironlarga, yetimlarga nimaki saxovat ishlari bo‘lsa hammasi shu pedagoglarning cho‘ntagidan, lekin hokim nomidan bo‘lyapti.  Bu hokim o‘zini yuqoridagilarga sahovatpesha ko‘rsatishi uchun biz pul yig‘ishimiz kerakmi? Bunga chora ko‘radigan birorta tashkilot bormi yoki hokim degani xohlagan ishini qilaveradimi? Muhtaram prizdentimiz Sh. Mirziyoev rayonimizga tashrif buyurganida ham o‘zini haydovchimi yoki usta qiyofasiga kirgizib hammamizni sharmanda qilgani hali hamon esimizda. Bunga qattiqroq chora ko‘riladimi yoki biz yana saxovatpesha hokimimizga pul yig‘averamizmi?»

Keyingi shikoyat Tashqi mehnat Migrasiya agentligidagi firibgarliklarga oid. Shikoyatgo‘y o‘z xatiga Kun.Uz tayyorlagan videoni ilova qilgan.

«Bu – ko‘pmilliardli “biznes”. Bu “biznes”ning boquvchisi – ishsizlik. Aynan yaxshi ish haqi ilinjida odamlarimiz Janubiy Koreyaga ishlashga borishga intiladi. Ammo bu yerda bir to‘siq bor – til imtihonidan o‘tish kerak bo‘ladi. Aynan shu yerda nomard “biznes” sodir bo‘ladi – imtihon jarayonini kuzatib turishga mas’ul qilinganlar, talab yuqori bo‘lgani bois, “biznes” qilishadi…»

Va nihoyat so‘nggi maktub Sirdaryodan. Axoli zovurni tozalagan klaster shirkati balchiqni katta yo‘l yoqasiga tashlaganidan shikoyat qilmoqda. 

«Sirdaryo tumani Taraqqiyot maxallasidan murojaat qilyapmiz. Sholi klasteri kanalni tozalab, balchiq va chiqindilarni qishloq yonidan o‘tgan M26 AY yo‘li yoqasiga tashlabdi. Eshitishimizcha, sholi klasteri kattakonlardan birining yaqinlariga tegishli ekan. Yo‘l balchiq-loydan tozalanib, kapital ta'mirdan chiqarilsa, juda minnatdor bo‘lar edik. Deya yozadi yozadi Sirdaryoning taraqqi yotdan ortda qolgan mahallasi turg‘unlari.»

Bu sizga bugun o‘qib eshittirganimiz beshta shikoyatning so‘nggisi edi. Ko‘rsatuvimizga kelayotgan izoxlarda ko‘pincha biz bilan qanday bog‘lanish. Qanday qilib bizga murojaat qilish mumkinligi to‘g‘risida so‘rashadi. Bilmaganlar uchun yana bir bor eslatamiz. eltuz portali interaktiv tarzda telegram kanalida alohida sahifa shaklida ochilgan. Murojaatlar uchun u yerga maxsus bot ham o‘rnatilgan. Eltuz kelayotgan shikoyatlar, videomurojaatlar, takliflar va ularga yozilgan javoblarni ham e'tiboringizga taqdim etishga intiladi. Videolarimizga layk bosing. Kanallarimizga obuna bo‘lishni unutmang.  

Tag‘in o‘qing
2 may 2023
Namangan viloyati  Pop tumani Chodak qishlog‘ida yashovchi Doniyor To‘raxo‘jaev bosqinchilikda gumonlangan 40 yashar ukasi Dilshodjonning 12-15 aprel kunlari Toshkent shahar ...
10 may 2018
Ochiq manbalar bo‘yicha surishtiruv o‘tkazuvchi Open Source Investigations (OSI) jurnalistlar guruhi Inoyatovlar oilasining navbatdagi yirik sarmoyasini topdi. Sankt-Peterburgdan 30 ...
17 yanvar 2017
O‘zbekistonda Vatan himoyachilari kuni bayrami xalq orasida tantana qilinmagan bo‘lsa-da, rasmiy doiralar tomonidan ancha dabdabali kutib olindi. Mamlakat nashrlarda ...
3 iyul 2019
Xalqaro kompaniyalar Buyuk Britaniyadagi korporativ shaffoflik va hisobdorlikning zaif rejimidan foydalanib, vatanidagi manfaatlari va mulkini niqoblashi mumkin. Kristian Lasslett ...
Bloglar
6 may 2024
Hayrli kun! Urganch shahrida yashayman. Bugun quyidagi voqea yuz berdi: men avtobusda telefonda gaplashib turgandim. ...
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...