Asosiy mavzular
20 sentyabr 2023

Kompromatchilarga uzoq yillik qamoq jazolari so‘raldi

Kecha 19 centyabr kuni Shayxontohur tumani sudida prokuror Human.uz sayti asoschisi va rahbari Xurshid Daliev va “O‘zbekneftgaz” shirkati matbuot kotibi Siyovush Hoshimovlarni 15 yilga ozodlikdan mahrum etish va 3 yilga jurnalistik faoliyat bilan shug‘ullanishni ta'qiqlashni so‘radi.

Ikkovlon O‘zbekiston Respublikasi JKning tuhmat, haqorat va tovlamachilik moddalari bilan sudlanmoqda. 

Davlat ayblovchisi yana Human.uz, Sof.uz va Terrabayt.uz tahririyati balansidagi 5 ta transport vositasi, 10 dan ortiq kamera va kompyuter vositalarini musodara qilishni so‘radi.

Davlat ayblovchisiga ko‘ra, Human.uz sayti asoschisi va rahbari Xurshid Daliev hamda “O‘zbekneftgaz” shirkati matbuot kotibi Siyovush Hoshimovlarga bazaviy hisoblash miqdorining 600 baravari (198 million so‘m) miqdorida jarima solinishi lozim.

Sudlanuvchi Ahmadillo Ahmadjonovni davlat ayblovchisi 5 yilga uy qamog‘iga hukm qilishni so‘radi.

O‘tgan hafta prokuror Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining sobiq matbuot kotibi, jurnalist Mavjuda Mirzaevaga 3 yil davomida professional kasbiy faoliyat bilan shug‘ullanishni taqiqlab, uni 6 yilga ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolashni so‘ragan edi.

Sudlanuvchilar shu yilning 24 yanvarida qamoqqa olingan va DXXning «Gvardeyskiy» nomi bilan tanilgan tergov izolyatorida saqlab kelinmoqda.

Eltuz O‘zbekistonda bloger va jurnalistlarning qamalishi bilan bog‘liq voqealar tafsilotini o‘rganishda davom etadi, kanalimizga obuna bo‘lishni, videolarimizga izoh yozishni unutmang. 

Tag‘in o‘qing
22 mart 2021
O‘zbekistonda strategik ahamiyatdagi yirik korxonalarni oligarxlarning shubhali kompaniyalariga ishonchli boshqaruvga berish amaliyotining misi chiqdi. Hukumat yaqinda ularning biri bilan ...
8 iyul 2019
Dilorom Ichoqova 1955 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Toshkent davlat universiteti jurnalistika fakultetiga o‘qishga kirgan. She'rlari matbuotda chop qilingan. «Erk» ...
22 fevral 2016
O‘zbek gazetalarining bugungi mavzulari “chig‘atoy adabiyoti va tili” atamasini muomaladan chiqarishga bel bog‘lagan O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi, Buxoroda tadbirkorlar qurgan ...
18 aprel 2023
Salom qadrli muhlislar. Eltuz portaliga kelgan navbatdagi 5 ta shikoyatni o‘qib eshittiramiz. Maktublar O‘zbekistonning Buxoro, Surxondaryo, Farg‘ona, Toshkent viloyatlaridan ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...