Video
20 sentyabr 2023

25 bolani «Spark»da olib yurgan ayol muhokama qilindi

G‘ijduvonda 25 nafar yosh bolalarni avtomobiliga mindirib harakatlangan haydovchining qoidabuzarligi mahallasida keng jamoatchilik ishtirokida muhokama qilindi. 

Qadrli muhlislar bugun 19 sentyabr, Eltuz o‘zining kundalik ko‘rsatuvlarini davom ettiradi.

Buxoro viloyat ichki ishlar boshqarmasi jamoat havfsizligi xizmati yo‘l harakati havfsizligi boshqarmasi inspektorlari e'tiborini G‘ijduvon tumanidagi magistral yo‘ldan harakatlanib borayotgan Spark avtomashinasi tortdi.  

Yo‘l harakati hafsizligi xizmatining telegram kanalida 16 sentyabr kuni qo‘yilgan videoda bildirilishicha, avtomashina to‘xtatilib tekshirilganida rul boshqaruvida bo‘lgan haydovchi ayol avtomashinaga 25 nafar bolani mindirib olgani ma'lum bo‘lgan.

Profilaktik suhbat chog‘ida ma'lum bo‘lishicha, hususiy bog‘chada ishlovchi ushbu ayol o‘z bog‘chasidagi tarbiyalanuvchilarni shu tarzda uylarigacha olib borib berarkan.

Farzandining nafaqat tarbiyasi, balki, hayotini shu opaga ishonib topshirgan ota onalar bu vaziyatdan xabardormi, deya ritorik savol bilan yuzlanadi buxorolik inspektor. U bu holat ilk marotaba sodir etilayotganiga shubha bildiradi.

25 nafar go‘daklar hayotini havfga qo‘yib, katta magistral yo‘lda harakatlanib yurgan haydovchining bu qilmishi uning mahallasida, viloyat ichki ishlar boshqarmasi yo‘l harakati boshqarmasi inspektorlari, va keng jamoatchilik ishtirokida muhokama qilindi. 

Eltuz O‘zbekistondagi yo‘l harakati hodisalari bilan bog‘liq muammolarni yoritishda davom etadi. Ko‘rsatuvlarimizni kuzatib boring, videolarimizga layk qo‘ying.

Tag‘in o‘qing
8 may 2024
Eltuz nashri MTRKning «Sport» kanali direktori Zohid Karimovni fosh etuvchi maqoladan keyin milliy televidenie xodimlaridan kelgan murojaatlarni muntazam ravishda e'lon qilib ...
23 may 2023
Calom qadrli muxlislar Eltuz portaliga kelgan navbatdagi beshta xatni o‘qiymiz. Ular Tashkent, Qashqadaryo va Camarqand viloyatlaridan kelgan. Dastlabki shikoyat ...
21 sentyabr 2018
“Integral Invest” shirkati rahbari, 18 oy hibsda qolgan yirik tadbirkor 51 yoshli Jahongir Umarov kassatsiya shikoyatidan so‘ng 15 sentyabrda ...
25 iyun 2021
Texnik sabablarga ko‘ra, bugun juma va'zi efirga uzatilmaydi. Ammo aziz mushtariylar uchun bir paytlar Urganchdagi men ishlagan TV ALS ...
Bloglar
11 may 2024
1944 yilning 11 mayida Stalin barcha qrim tatarlarini Qrimdan surgun qilish haqidagi mash'um qarorni imzoladi. ...
6 may 2024
Hayrli kun! Urganch shahrida yashayman. Bugun quyidagi voqea yuz berdi: men avtobusda telefonda gaplashib turgandim. ...
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...