Asosiy mavzular
30 oktyabr 2023

Mirziyoev tashrifiga atalgan «pripiska»

Mirziyoevning Qashqadaryoga tashrifi oldidan paxta terimi bo‘yicha Qashqadaryoda reja bajarilgani haqidagi ma'lumot aslida qo‘shib yozilgani aytilmoqda.

Qashqadaryo viloyati paxta yig‘im terimi bo‘yicha shartnomaviy rejani bajardi deya rasman xabar berildi.

2023 yil dehqonlar uchun ancha og‘ir yil bo‘ldi. Ob-havo, qurg‘oqchilik kelishi, suv tanqisligi, anomal issiq bo‘lishiga qaramasdan zahmatkash fermerlar paxta yetishtirish bo‘yicha ancha harakat qilishdi.

Asosiy terim 2023 yilning 10-sentyabridan boshlandi, desak adashmaymiz.

Prezidentning Qashqadaryoga tashrifi yaqinlashgani munosabati bilan 19-oktyabr kuni Qashqadaryo viloyati paxta rejasini bajardi degan xabar berildi.

Aslidachi, dalada 1- va 2- terimlar qiyg‘os ochilib turibdi. Qashqadaryo viloyati bo‘yicha birorta tuman rejasini bajargani yo‘q, dedi qashqadaryolik dehqonlar Eltuz bilan suhbatda. 

Shunday ekan qanday qilib Qashqadaryo viloyati rejani bajargan bo‘ladi?

Chor Rossiyasi davridan qolgan paxta siyosati, paxta pripiskasi, ya'ni qo‘shib yozishning yangi davri Qashqadaryo viloyatida boshlangan ko‘rinadi. Bundan tashqari kimga keragi bor qo‘shib yozishning agar shu bilan dehqonning kosasi oqarmasa.

Eltuz 2023 yil paxta terimi yakunlariga oid ma'lumotlarni o‘rganishda davom etadi. Kanalimizga obuna bo‘lishni, videolarimizga layk bosishni unutmang. Ayni damda Yutub kanalida Eltuz obunachilari soni 499 ming 530 nafarni tashkil etmoqda, biroq Eltuz ko‘rarmanlarining 78 foizdan ziyodi hamon ko‘rsatuvlarimizni obuna bo‘lmasdan tomosha qilmoqda. Bebilet bezbet. Holbuki safimiz yarim millionga yetishi uchun sizdan faqat qo‘ng‘iroqcha tugmasini bosishingiz talab qilinadi. 

Tag‘in o‘qing
6 oktyabr 2021
Farg‘ona politexnika instituti o‘qituvchisining «Eltuz»ga yozishicha, joriy o‘quv yilidan boshlab yengil sanoat va to‘qimachilik fakulteti boshqa binoga ko‘chirilishi va ...
16 mart 2018
Bobomurod Abdullaev ishi bo‘yicha 15 mart kuni o‘tgan sud majlisida Respublika sud tibbiy ekspertizasi xulosasiga ko‘ra, jurnalistga nisbatan qiynoqlar ...
28 avgust 2016
28 avgust kuni, O‘zbekiston tarixida ilk bor, Vazirlar Mahkamasi prezident Karimov sog‘lig‘i haqida xabar tarqatdi. O‘zbekiston Milliy Axborot agentligi ...
22 mart 2017
Yil boshida Istanbulning Reina tungi klubidagi qirg‘in va o‘tgan yilning yozida o‘zbek vatandoshidan 1 million 900 ming dollar pulning ...
Bloglar
11 may 2024
1944 yilning 11 mayida Stalin barcha qrim tatarlarini Qrimdan surgun qilish haqidagi mash'um qarorni imzoladi. ...
6 may 2024
Hayrli kun! Urganch shahrida yashayman. Bugun quyidagi voqea yuz berdi: men avtobusda telefonda gaplashib turgandim. ...
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...