Asosiy mavzular
5 fevral 2024

Departament noziri jazodan qochmoqchimi?

Bu avtoavariya o‘tgan hafta, 31 yanvar oshqomida Qarshi shahridagi “Shabada” restorani o‘ngida yuz bergan. Yengil avtomobil qattiq tezlikda borib yuk mashinasi orqasiga uradi. 

Bizning sizga aytib bermoqchi bo‘lganimiz hikoya aynan shu yerdan boshlanadi. Avtoavariya oqibatida ikki kishining qovurg‘asi sinadi va yuzlari yirtiladi.

Ruldagi shaxsga esa hech narsa qilmaydi. 

Jarohat olganlardan biri Departamentning Qashqadaryo viloyat boshqarmasi shaxsiy xavfsizlik bo‘yicha inspektori Elyor Isabekov edi. 

O‘zbekistondagi barcha huquqni muhofaza qilish organlarida shaxsiy xavfsizlik bo‘yicha inpektsiya tashkil qilingan.

Ularning asosiy vazifasi shaxsiy tarkib tomonidan nojo‘ya xatti-harakatlar sodir etilishini oldini olish hisoblanadi.

Departamentning Qashqadaryo viloyat boshqarmasida bu lavozimda yuqorida ko‘rganingiz avtoavariyada jarohat olgan Elyor Isabekov 2021 yildan buyon ishlaydi. 

Eltuz manbalarining aytishicha, uning davrida xodimlar tomonidan bir necha marta spirtli ichimlik ichib, yul transport xodisasi sodir etganlar bo‘ldi.

Ushbu xodimlarga chora ko‘rilsada, uning o‘ziga chora ko‘rilmadi. 

Biroq,  Elyor Isabekovning ishdan keyin kechki payt o‘zining ishdagi sheriklari bilan doimiy ravishda spirtli ichimlik ichib, aysh-ishrat qilib kelishini Departamentdagilar yaxshi bilishadi. 

O‘tgan chorshanba oqshomida  ham Elyor Esabekov eski ulfatlari bilan Qarshi shahridagi «Ozod go‘sht» choyxonasiga borib, mayishat qilishadi va mast holda mashinaga o‘tirishadi. 

Va ko‘p o‘tmay avtohalokatga uchrashadi… 

Elyor Isabekov va u ishlaydigan boshqarma bu hodisani yashirishga urinishmoqda. 

Xususan,  avtoavariya sodir qilgan xodim emas, balki  uning yaqinlari nomiga hujjat rasmiylashtirilgan.  

Shuningdek, Elyor Isabekov prokuratura tergovchisining qonidan namuna topirishi xaqida ko‘rsatmasini bajarmasdan, voqea joyidan qochib ketgan. 

Shoshilinch tez tibbiy yordami xizmatida jarohat olganlarga birinchi yordam ko‘rsatilgan. 

Biroq qayd varaqasida boshqalar ismi va familiyasi qayd etilgan. 

Oradan bir kun o‘tib, jarohat olganlar shoshilinch tez tibbiy yordam  binosidan qochib chiqib, boshqa xususiy klinikaga yotib olishgan. 

Hozirda ularning joyi faqat sheriklariga ma'lum

Hozir Elyor Isabekov rahbariyat yordamida orqa sana bilan ta'til rasmiylashtirib, viloyatdan chiqib ketgan va yashirinib davolanmoqda. 

Prokuratura tomonidan ham tekshirish o‘z holiga tashlab qo‘yilganligi sababli dalillar yo‘q qilinmoqda. 

Dalillarni yo‘qotishda departament xodimi Sarvar Turaev va kadr xodimi Otabek Shomurotovlar jonbozlik ko‘rsatishmoqda, deydi Eltuzning hodisadan ogoh manbasi. 

Ular respublika rahbariyatiga ham avtoavariya haqida umuman boshqacha axborot berganlar.  

Xullas, boshqalarga qo‘llanilgan qonun Departamentning shaxsiy xavfsizlik inspektori Elyor Isabekovga kelganda ishlamay qoladi.

Chunki qonun uni tatbiq etuvchilarga emas, unga rioya etishi shart bo‘lganlarga ishlaydi.

Tag‘in o‘qing
10 iyun 2020
2010 yilning 10-14 iyun kunlari Qirg‘iziston janubida etnik to‘polonlar avj oldi. 400 dan ortiq odam o‘ldirildi, deyarli ikki ming ...
28 yanvar 2018
Mashhur xonanda 49 yashar Doniyor Toshmuhammedov 26 yanvardan Toshkentning Uchtepa tumanidagi «Istiroxat» ko‘chasida joylashgan, Abdulhamid Hoji masjidida imomlik qila ...
6 iyun 2017
Andijonlik Bahromning mutaxassisligi injener-texnolog edi. Ammo u O‘zbekistonda mutaxassisligi bo‘yicha ish topa olmadi va boshqa qishloqdoshlari qatori Rossiyaga ishlagani ...
26 iyun 2017
39 inchi Xalqaro Moskva kinofestivali tanlovida Rossiyani tamsil qilgan uch asosiy kinodan birini Toshkentda tug‘ilgan rassom va rejisser Rustam ...
Bloglar
11 may 2024
1944 yilning 11 mayida Stalin barcha qrim tatarlarini Qrimdan surgun qilish haqidagi mash'um qarorni imzoladi. ...
6 may 2024
Hayrli kun! Urganch shahrida yashayman. Bugun quyidagi voqea yuz berdi: men avtobusda telefonda gaplashib turgandim. ...
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...