Asosiy mavzular
28 fevral 2024

Eltuz xabari ortidan «Farengoforte» spreyini sotish taqiqlandi

«Farengoforte» savdo brendi ostida sprey dorivor vositasini qadoqlash jarayoni aks etgan videoning Eltuz telegram kanalida  chop etilishi ortidan Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi 27 fevral kuni holatga rasmiy munosabat bildirdi.

Vazirlik dorivor vosita ekani aytilayotgan «Farengoforte» savdo nomidagi mahsulotning aslida dori vositasi sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagani va tibbiyot amaliyotida qo‘llash uchun ruxsat berilmagani haqida ogohlantirdi.

Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi «Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati» to‘g‘risidagi qonunning 20-moddasiga muvofiq, sifatsiz, qalbakilashtirilgan, O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tkazilmagan dori vositalarini va tibbiy buyumlarni, shuningdek, O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tkazilgan dori vositalarining g‘ayriqonuniy nusxalarini xarid qilish, chakana realizatsiya qilish hamda ulardan foydalanish taqiqlanishini eslatib o‘tdi.

«Shu munosabat bilan, Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi O‘zbekiston hududida dori vositalari va tibbiyot buyumlarining chakana savdosi bilan shug‘ullanuvchi (idoraviy mansubligidan, mulkchilik va boshqaruv shaklidan qatiy nazar) barcha tashkilotlar va yurtdoshlarimizni ogohlikka chaqirib, ‘Farengoforte’ mahsulotini realizatsiya qilmasligini so‘raydi», — deyiladi markaz xabarida.

Eltuz bundan bir necha kun avval, 23 fevral kuni O‘zbekistonda chiqarilayotgan Farengeforte dorisining hech qanday gigiena va laboratoriya qonun qoidalariga javob bermaydigan tarzda qadoqlanayotgani aks etgan videoni o‘zining telegram kanalida e'lon qilgan edi.

Oradan ko‘p o‘tmay, Eltuzga Farengo Forte maxsuloti haqidagi ayni material yuzasidan tahdidli e'tiroz bildirildi.

“Farengo Forte davlatimiz nazoratidan o‘tgan. Davlatimiz  Farengo Forte maxsulotini tekshirib, effektini ko‘rib Litsenziya bergan. Faringo Forte maxsulotining hamma hujjatlari bor. Har xil Feyk tarqatayotgan odam ertaga qonun oldida javob beradi”, deya dahanaki tahdid qilindi.

Qadoqlanish jarayoni aks etgan videoni feyk deya atagan shikoyat egasi Eltuzga aftidan qalbaki bo‘lgan litsenziya nusxasini ham jo‘natdi.

Lekin Eltuz materialni olib tashlamadi. Bugunga kelib esa, ko‘p yillar davomida O‘zbekiston aholisiga 3 xil ko‘rinishdagi bu sprey chaqaloqlar, bolalar va kattalar uchun noqonuniy tarzda tayyorlanib sotilib kelinayotgani ayon bo‘ldi.

Eltuz uydagi gapni ko‘chaga olib chiqadi. Kanalimizga obuna bo‘ling.

Tag‘in o‘qing
27 avgust 2021
Bir kunda mustaqil bo‘lgan mamlakat bir sekundda oldingi holatiga qaytishi mumkin. Buni pushtun millatchilaridan iborat terrorchi to‘da – «Tolibon» ...
22 may 2023
Salom qadrli muhlislar. Eltuz portaliga kelgan navbatdagi 5 ta shikoyatni o‘qib eshittiramiz. Maktublar O‘zbekistonning Andijon, Surxondaryo, Farg‘ona, viloyatlari dan ...
7 noyabr 2016
Ayrim siyosiy partiyalarning nashrlari siyosiy hushyorlikning yorqin namunasini namoyon etdi. «Adolat» partiyasining shu nomdagi gazetasi (4.11) ilk sahifasini saylovchilarni ...
1 dekabr 2021
Taniqli huquq faoli Umida Niyozova rahbarligidagi Cotton Campaign koalitsiyasi delegatsiyasi 1 dekabr kuni O‘zbekistonga keldi. Ular bir hafta mobaynida O‘zbekiston ...
Bloglar
11 may 2024
1944 yilning 11 mayida Stalin barcha qrim tatarlarini Qrimdan surgun qilish haqidagi mash'um qarorni imzoladi. ...
6 may 2024
Hayrli kun! Urganch shahrida yashayman. Bugun quyidagi voqea yuz berdi: men avtobusda telefonda gaplashib turgandim. ...
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...