Asosiy mavzular
2 mart 2024

Termizda uyi buzilganlarga uch yildan buyon uy berilmayapti

Termiz shahrida uylari buzilib, o‘rniga yangi ko‘p qavatli uylardan yangi uy va'da qilingan 200 nafarga yaqin fuqaro uch yildan buyon uysiz qolmoqda. Ularga uy va'da qilgan qurilish shirkati ustidan esa jinoiy ish ochilgan.
Eltuzga yetib kelgan ularning maktubidan ma'lum bo‘lishicha, ular uylari buzilgan 2021 yilning may iyun oyiga qadar Termiz shahrining “Shodlik” mahallasidagi 45 ta kvartirada yashashgan.
Ular yashagan uylar buzilib, o‘rnida 9-12 qavatli uylar qurilishi rejalangan. Bu uylar qurib bitguniga qadar quruvchi shirkat tomonidan uysiz qolgan fuqarolarga uy ijara qilish uchun tovon puli to‘lashga kelishib shartnomalar tuzilgan.
“Boshlanishida bir yillik, ikkinchi yili olti oylik, keyin uch oylik ijara puli berib kelindi. Mana oxirgi uch oydan buyon bir tiyin ham ijara puli berilmasdan kelinayapti” deya yozadi uysiz qolgan termizliklar.
Ularning prezident nomiga yozgan ochiq xatidan ma'lum bo‘lishicha, uyni bir yilda qurib berish va'da qilingan, biroq turli baxonalar ro‘kach qilinib bu ortga surib kelingan. 
“Bizga noma'lum bo‘lgan vaj va muammolar bilan quruvchi qamoqqa olinganidan buyon ijara pullari to‘lanmay biz ko‘chada qoldik. Hozir sarson-sargardonlikda ko‘chama-ko‘cha uysiz xor bo‘lib yuribmiz” deya bildiriladi maktubda.
Maktubdan ma'lum bo‘lishicha, bugungi kunda ularga na uy, na tovon puli berilmayapti. Ular orasida peniya yoshidagi qariyalar, nogironlar, bolali ayollar bor.
Eltuz uydagi gapni ko‘chaga olib chiqadi. Kanallarimizga obuna bo‘ling. Videolarimizga layk bosing.

Tag‘in o‘qing
29 oktyabr 2018
O‘zbekistonda majburiy mehnatni tashkil etishning asosiy ijrochilari kuchishlatar tuzilmalar, ya'ni asosiy faoliyati qonunni himoya qilish bo‘lgan idoralardir. Bu idoralarni ...
10 mart 2020
O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov ishtirokidagi yig‘ilishda respublika bo‘yicha 300 dan ziyod qishloq va mahallaning, 400 ga yaqin ko‘chaning ...
24 dekabr 2018
Bosh vazir Abdulla Aripov 23 dekabr kuni Xotin-qizlar qo‘mitasi yig‘ilishida Toshkentdagi barcha eski uylar buzilib, o‘rniga yangilari qurilishi haqida ...
7 avgust 2020
Uzoq ko‘rmagan va siz uchun aziz bo‘lgan yaqiningiz eshikni qoqmasdan ochib kirib, qarshingizdagi stulga kelib o‘tirdi. Siz unga qaraysiz, ...
Bloglar
11 may 2024
1944 yilning 11 mayida Stalin barcha qrim tatarlarini Qrimdan surgun qilish haqidagi mash'um qarorni imzoladi. ...
6 may 2024
Hayrli kun! Urganch shahrida yashayman. Bugun quyidagi voqea yuz berdi: men avtobusda telefonda gaplashib turgandim. ...
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...