Asosiy mavzular
10 mart 2024

2024 yilgi O‘zbekistonda tiktirish narxi qancha?

O‘zbekistonda bokiralikni tiklash amaliyoti o‘n yil oldin 150 dollar edi. Hozir qancha? Bugungi ko‘rsatuvimiz ko‘pchilikni qiziqtirgan ayni mavzuga bag‘ishlanadi.

2014 yil nashr qilingan bu maqola avtori bilan o‘sha yilning dekabrida suhbatda bo‘lgan ginekolog shifokorlar O‘zbekistonda ayollar orasida to‘ydan oldin bokiralik pardasini tiklashni so‘rab murojaat qiluvchilar ko‘payganini aytishgan edi.

2014 yili  O‘zbekistonda bokiralikni qayta tiklaydigan yashirin «klinika»lar soni ham ko‘paygani aytilgandi.

Toshkentlik shifokorlarning 10 yil oldin aytishicha, to‘yi buzilishidan qo‘rqqan ayollarning bokiraligini tiklashi uchun 100-150 dollar sarflash kifoya.

Bokiralikni qayta tiklaydigan yashirin «klinika»lardan birida ishlovchi ismi sir qolishini istagan toshkentlik shifokorning aytishicha, bokiraligini yo‘qotgan ko‘plab ayollar to‘y kuni isnodga qolishdan qo‘rqib, og‘riqli plastik amaliyotlarga rozi bo‘lmoqda:

– Bu og‘riqli, o‘ta nozik amaliyot. Hamma shifokorlar ham qilolmaydi buni. So‘nggi paytda bokiraligini tiklashni so‘rab murojaat qilayotganlar, to‘g‘ri, ko‘paydi. Yosh-yosh qizlar kelishadi.

Hozir, o‘zingiz bilasiz, yoshlar oldingiday emas, hayot o‘zgaryapti, hamma yoqda internet. Lekin, an'analar o‘zgarmay qolyapti. Hamma bokira qizni olgisi keladi. Shuning uchun bokiraligini yo‘qotib qo‘ygan qizning hayoti barbod bo‘lmasligi uchun dugonalari yoki tanishlari chiqadi bizga.

To‘y kunini aytishadi. Chunki, bu ko‘pincha to‘y kuni qilinadi, tikilgan iplar ochilib ketmasligi uchun ayollar operatsiyani shu kuni ertalabga belgilashadi, – deydi toshkentlik shifokor.

Toshkentlik boshqa bir shifokorning aytishicha, bokiralikni tiklash amaliyoti O‘zbekistonda 100-150 dollarga tushadi.

– Hozir ko‘p kelishadi. Bilmay shu ishni qilib qo‘ygani bor. Hayotida erkak kishini ko‘rmay bokiraligini yo‘qotganlari bo‘ladi, ular ham keladi. Kimdir, men senga uylanaman, deb aldab tashlab ketganlari bor. Shunaqalar ko‘p hozir, – deydi toshkentlik shifokor.

Boshqa musulmon mamlakatlari qatori O‘zbekistonda ham bokiralik nikoh qurishning muhim shartlaridan sanaladi.

Qizning bokira emasligi ko‘p hollarda to‘y kunining ertasi ajrashishlarga sabab bo‘ladi.

To‘y-ma'rakalarda o‘rtani oboradigan buxorolik jurnalistning  aytishicha, O‘zbekistonda bokiralik pardasini tiklab, erga tegib ketayotganlarning ko‘payishi ayni paytda ko‘pchilik erkaklarni ham xushyor torttirgan.

– Ko‘pincha kuyovlar to‘ydan, uch to‘rt kundan keyin qo‘shiladi kelinchak bilan. Uch-to‘rt kun ichida ip titilib ketadi, ochilib ketadi, u juda xrupkiy narsa, uch-to‘rt kunda plastik qildirgani bilinib qoladi, – deydi buxorolik opa.

Ayni paytda qizlar orasida bokiralikni saqlab qolish uchun jinsiy aloqaning bokiralikka shikast yetkazmaydigan boshqa usullaridan foydalanish ko‘paygani haqida ham aytiladi.

Sharq davlatlarida nikohgacha seks bilan shug‘ullanmaslik qizlar qatori erkaklarga ham taalluqlidir. Lekin, bu shartlar erkaklarga ko‘p ham majburiy, deb qaralmaydi.

Tojikistonda esa  2014 yili bokiralikni tiklash narxi – 350 dollar bo‘lgan.

Tojikistonda bokiralik pardasini tiklashni so‘rab murojaat etuvchi ayollar ko‘paygani haqida kuni kecha Bi-Bi-Si O‘zbek hizmati xabar bergan edi .

Savol: 2024 yilgi O‘zbekistonda tiktirish narxi qancha?

Tag‘in o‘qing
29 may 2023
Ruslan Davletov Adliya vaziri ekan qo‘li ostidagi xodimning pora olganini bilaturib, uning ishishini prokuraturaga oshirmagani haqidagi post Eltuzda nashr ...
29 aprel 2020
Hikoyani Absattorning o‘z tilidan eshitamiz. – Ko‘zimni ochsam, kimdir boshini parashaga egib o‘qchib -o‘qchib qusyapti. Qusiqlari ustimga sachradi. (So‘kinadi) ...
14 iyun 2023
“Xorazm yo‘l qurilish” MChJda bo‘lim boshlig‘i lavozimida ishlovchi shaxs Xiva tumanidagi oilaviy korxonaga tegishli 8500 kvadrat metr yer maydoniga ...
22 iyun 2018
Avvallari Turkiya bizning Markaziy Osiyo davlatlari va turk olami uchun siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy model bo‘lishini orzu qilardik. Biz ...
Bloglar
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...