Asosiy mavzular
8 may 2024

MTRKning yangi raisi ham tuzoqqa tushirildimi?

Eltuz nashri MTRKning «Sport» kanali direktori Zohid Karimovni fosh etuvchi maqoladan keyin milliy televidenie xodimlaridan kelgan murojaatlarni muntazam ravishda e'lon qilib bormoqda. Navbat yana bir bor «Yoshlar» kanalidagi korruptsion sxemaga yetdi.

Mart oyi uchun «Yoshlar» kanalining aksariyat xodimlari 700-800 ming so‘m maosh olishdi, faqat ayrim xodimlar oyligi 1,5-2 millionga yetdi. MTRK raisi o‘zgargach, xodimlar yengillik bo‘lishiga ishonib, teleradiokompaniya iqtisod bo‘limi boshlig‘i Olim Rahmatov va avtopark boshlig‘i Olim Tashanovlar kirdikorlarini fosh qilishdi.

«Olim Rahmatov telekanallar daromadini MTRK miqyosida jamlab qayta taqsimlaydi. Mablag‘ning yirik ulushi, ya'ni daromadning 70 foizi Olim Tashanovning avtoparkiga o‘tkaziladi. Masalan, bir mashina ijarasi uchun «Yoshlar» kanali oyiga 30 million so‘m o‘tkazadi. Bu pullar mashinaga ehtiyot qism sotib olish bahonasi bilan naqdlashtirilib 4-5 amaldor orasida bo‘lib olinadi» deydi MTRK hisobchisi.

Avtoparkdan ortgan kichik mablag‘ ham telekanal xodimlarga berilmaydi. «Yoshlar» kanali direktorining birinchi o‘rinbosari Farhod Dilmurodov va bosh buxgalter Holida Rahimova qoldiq mablag‘ni MTRK rahbariyati orasida taqsimlagach, keyin urvoq summa ishchilarga tegadi. Tekshiruv arafasida ishchilar oyligi yanada kamaytirilib, «Yoshlar» kanalini iqtisodiy yaroqsiz ko‘rsatib yangi raisni chalg‘itishmoqda.

Yoshlar kanaliga mablag‘ taqsimlaydigan Bosh hisobchi Holida Rahimova  va teleradiokompaniya iqtisod bo‘limi boshlig‘i Olim Rahmatov orasida iliq, yaqin munosabatlar borligidan butun jamoa xabardor deya iddao qiladi murojaatchilar.  Shuningdek, Holida Rahimova va MTRK raisining o‘rinbosari Madamin hoji Safarov orasida ham shunday yaqin munosabatlar mavjud. Shu sababdan Holida Rahimova oylikni istasa 800 ming belgilaydi, istasa 10 million so‘m yozadi.

Sizningcha, yangi rais avtopark korruptsion sxemasi va «Yoshlar» kanalidagi sariq chaqa oyliklardan bexabarmi? deya ritorik savol qo‘yadi maktub muallifi.

Eltuz O‘zMTRK atrofida kechayotgan voqealar rivojini kuzatishda davom etadi. Kanalimizga obuna bo‘ling. Layk bosing. 

Tag‘in o‘qing
27 iyun 2023
Qabristonda yashayotgan oila, svet, gaz muammosi va oyligi to‘liq berilmagan ishchilar. Eltuz portaliga kelgan navbatdagi beshta maktubni o‘qiymiz ular ...
9 fevral 2021
Bir odam oxirgi daraxtning ustiga chiqib, o‘zi o‘tirgan daraxtni arralayapti. Yo‘lda ketayotgan sayyoh unga qarab savol beradi: – Ilgari ...
1 fevral 2018
Toshkentda 14 fevraldan sovuq suv uchun tariflar oshishi bildirildi. «Suvsoz» idorasi xabariga ko‘ra, yangi narxlar poytaxt hokimligi tomonidan 29 ...
23 fevral 2016
Rassom Elsevar o‘zbekistonlik qariyalarning pensiyalarini plastikka o‘tkazish bilan bog‘liq ijtimoiy muammolarini hajv mo‘yqalamiga tortishda davom etadi. Do‘konlarda, yozilmagan qoidalarga ...
Bloglar
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...
10 oktyabr 2024
Yuksalish maktabining gender ayirmachilikka asoslangan boshqaruvi haqidagi maqolaga o‘quvchilar ikki xil munosabat bildirdi. Bir suruv ...