Prokuraturadagi «ko‘cha» rahnamolari haqida iddaoli maktub
Rassom Tuzga yuborilgan bu iddaoli maktubni qanday bo‘lsa shundayligicha nashr qilishga qaror qildim. Maktub anonim emas. Uni kimdan kelgani menga ayon. Ayni paytda bu maktubda keltirilgan iddaolar rasman tasdiqlanmagan va tekshirilmagan. Bu iddaolar faqat bir taraf nuqtaiy nazaridir. Bu iddaolarni mutlaq haqiqat deya ayta olmayman. Ayni paytda bu iddaolarga qarshi bo‘lganlar fikrini berishga tayyorman.
Toshkent shahar IIBB xodimi – mahfiy muxojiridan ochiq murojaat
Toshkent shahrida “KO‘ChA bollari” qilgan ishlarni va ularning orqasida turgan HUQUQNI MUHOFAZA QILUVChI ORGAN xodimlarini ochiqlash vaqti keldi …
2023 yilning fevral oyida Toshkent shahar, Chilonzor tumani “PIONER” kafesida “KO‘ChA bollari” tomonidan katta “RAZBOR” (Sxodka) uyushtirishgan, ya'ni “KO‘ChA bollari” territoriya hukmronligini talashishgan, kelishmovchilik oqibatida katta urish-to‘polon bo‘lgan, o‘zaro to‘polon vaqtida “KO‘ChA” zakoni bo‘yicha ko‘chaning bollari bir birining ko‘tiga pichoq tiqishgan.
“KO‘ChA” temasida ko‘tiga pichoq tiqish – pichoq urgan bolaning “KO‘ChA polojeniyasi”ni kuchaytiradi va avtoritetini oshiradi, ko‘tga pichok yegan bola esa ko‘chada boshini ko‘tara olmaydi, “ko‘chaning bolasi”man deb ayta olmaydi va “KO‘ChA”da yura olmaydi.
“Ko‘cha bollari” o‘zining jinoiy qilmishlarini bemalol amalga oshirishi uchun Toshkent shahar Prokuraturasidan o‘zlariga mustahkam “KRЫShA” topib olishgan, ya'ni ular Toshkent shahar prokuraturasi Ichki ishlar organlarida qonunlarning ijrosi ustidan nazorat qiluvchi 16-bo‘lim boshlig‘i Sheranov Baxodir va uning muovini Ataev Xuseynlar bo‘ladi.
“KO‘ChA bollari” Baxodir Sheranov va Xusayn Ataevlarning uylariga bozor-o‘char, “tyolka-bazm” (fohishalar bilan), xatto bir marotaba “gey-shou” (besoqolbozlik)ni ham uyushtirishgan, xullas Baxodir Sheranov bilan Xusayn Ataevlarning xizmatida bo‘lishgan.
Har qanday yokmagan odamini “LIKVIDATsIYa” qilishga “ko‘chani bollari” bilan prokuratura xodimlari kelishuv qilib, sulx tuzishgan.
“Ko‘cha bollari” ORGAN xodimlarini (prokuratura xodimlari Bahodir Sheranov va Xusayn Ataevlarni) kursga qo‘ymasdan hech qanday ish qilishmagan, bo‘lmasa hammasi qamalib ketishardi.
Bu “RAZBOR”ni, uning asoschilari aka-uka Musaevlar uyushtirgan.
Aka-uka Musaevlar “SIMMA” nomli mehmonxonaning sport zalida ro‘yxatdan o‘tmay, shug‘ullanib, basseyn-saunalarida dam olib yurishgan.
Prokuratura xodimlari Bahodir Sheranov va Xusayn Ataevlar bilan “Ko‘chaning bollari” o‘rtasidagi barcha peregovorlar, kelishuvlar va oldi-berdilar mazkur “SIMMA” mehmonxonasida amalga oshirilgan.
Ushbu “SIMMA” mehmonxonasi aslida Ataev Xusaynning yaqinlariga, “Samarqandlik krutoy biznesmen”larga tegishli bo‘lib, Xusayn Ataevga ushbu mehmonxona biznesiga va boshqa bizneslariga “qarab turish”, ya'ni rahnamolik qilish topshirilgan.
Sheranov Boxodir ham “SIMMA” mehmonxonasining “VIP” mehmoni hisoblanadi.
Gostinitsadagi barcha xodimlar Ataev Xuseyn, Sheranov Baxodirni “VIP mehmon”ni deb bilishadi, “VIP mexmon”lar kelganligi to‘g‘risida ma'lumotlar chetga chiqsa yoki ovoza bo‘lsa gostinitsa xodimlari ishdan haydalishlari haqida “QATTIQ” ogohlantirilganlar.
“PIONER” kafesida bo‘lib o‘tgan “KO‘ChA bollari” “razborkasi” Toshkent shahri bo‘yicha katta ovoza bo‘lishiga sabab bo‘lgan.
Toshkent shahar prokuraturasi xodimlari IIB ustidan nazorat, 16-bo‘lim boshlig‘i Sheranov Baxodir va uning o‘rinbosari Ataev Xuseynlar aka-uka Musaevlardan ushbu jinoyat ishini “TAXTA” qilish maqsadida kelishuv bo‘yicha 50.000 AQSh dollarida pul olishgan.
Bu haqda aka-uka Musaevlarning “IShINI TAXTA” qilish uchun pul yig‘ib bergan “yugurdagi” bilmay “nasha” chekib mastlikda gapirib qo‘ygan.
Jinoyat ishi bo‘yicha 27 nafar “ko‘chaning bollari” ro‘yhatda bo‘lib, ushbu “to‘polon-RAZBOR”da ishtirok etgan.
Toshkent shahar prokuraturasi 16-bo‘lim boshlig‘i Sheranov Baxodir va uning sherigi Ataev Xuseyn “jinoyat alomatlari yuk” deb aka-uka Musaevlarga ishni prekraщeniya qildirishgan.
Toshkent shahar prokuraturasi 16-bo‘lim boshlig‘i Sheranov Baxodir va uning sherigi Ataev Xuseyn “KO‘ChA”ga “bor-yo‘g‘i 1 kishini berasanlar, sudga chikadi” degan kelishuv asosida, “ko‘chani bollari” 1 “sholg‘om”ni berishgan va u ham javobgar bo‘lmasdan 84-moddasi, ya'ni yarashuv asosida asosida sudga chiqqan, qolganlariga esa hech qanday choralar ko‘rilmasdan qolgan.
Toshkent shahar IIB boshqarmasi xodimlari o‘sha vaqtlarda hamma ishtirokchilarni ushlab olib kelishgan, “KO‘ChA bollari”ni qonuniy javobgar qilamiz deb harakat qilishgan, lekin Toshkent shahar prokuraturasi xodimlari 16-bo‘lim boshlig‘i Sheranov Baxodir va uning o‘rinbosari -sherigi Ataev Xuseynlar “KO‘ChA bollari”ni javobgar qilishga qo‘yishmagan.
Hozirgi kunda, Toshkent shahar IIB boshqarmasi xodimlari tomonidan “KO‘ChA bollari”dan tozalash va uyushgan jinoyatchilikka qarshi 40-kunlik TADBIR boshlangan, ushbu “PIONER” kafesida “RAZBOR”da qatnashgan “KO‘ChA BOLLARi”ning masalasi va ularga nisbatan to‘plangan ma'lumotlar ko‘tarilib, tegishli tadbirlar amalga oshirilgan va hozirda “PIONER” kafesida qatnashgan “KO‘ChA bollari”ning aksariyati Toshkent shahar IIBBda tergov izolyatorida saqlanmoqda, ayrimlari esa qochib ketgan va ularga QIDIRUV e'lon kilingan.
Aka-uka Musaevlar IIB xodimlari tomonidan so‘roq qilinganda, aka-uka Musaevlar “PIONYeRDAGI Razbor-To‘polonni tinchitish uchun Sheranov bilan Ataevga 50.000 AQSh dollar berganmiz o‘sha vaqtda, jinoyat ishini bosti-bosti qilishga” deb IIBBda gapirishgan.
Shaxar prokuraturasi 16-bo‘limga bu ma'lumot yetib kelganda, Sheranov Bahodir va Ataev Xusaynlar harakat qilib, shahar IIBB tergov boshqarmasi boshlig‘iga topshiriq berib, aka-uka Musaevlarga “o‘rtamizdagi bo‘lgan munosabatlar va 50 ming AQSh dollar berganlaringni gapirsalaring, umuman qamoqdan chiqmaydigan qilib tashlaymiz” deb qo‘rqitib qo‘yishgan.
Uchtepa tuman prokurori Sheranov Baxodir va shaxar prokuraturasi 16-bo‘lim boshlig‘i Ataev Xuseynlar aka-uka Musaevlar “sayrashmasin” deb ularning ishini nazoratga olib qo‘yishgan.
Bundan tashqari, Toshkent shahar prokuraturasi xodimlari Sheranov Baxodir va Ataev Xuseynlar tanish orqali kelgan murojaatchilardan fuqarolik yoki boshqa iqtisodiy ishlar bo‘yicha zararni undirish masalasini, undirilishi lozim bo‘lgan summadan 20-30% gacha berilgan pul evaziga, hal qilishini va'da qilib, Toshkent shahar IIBBni tergov boshqarmasi boshlig‘i orqali jinoyat ishlarni noqonuniy qo‘zg‘attirib, aybsiz odamlarni qamatib yuborib, pul bermagungacha qamoqdan chiqarishmagan, pul berganlar esa chiqib ketishgan.
Shuningdek, aqsincha holatlar ham mavjud, ya'ni firibgarlik qilib pulni olib, bermaslik uchun Bahodir Sheranov va Xusayn Ataevlarga murojaat qilsa, ular umumiy pul miqdoridan 20-30% gacha bo‘lgan pul evaziga, barcha arizalarini va jinoyat ishlarini “TAXTA” qilib kelishgan va firibgarlar qonuniy javobgarlikdan qutulib, o‘zining jinoiy faoliyatini davom etib kelishmoqda.
Toshkent shahar prokuraturasi xodimlari Sheranov Bahodir va Ataev Xusaynlarning faoliyatiga yana bir “qizdiruvchi” misol, ular poytaxtning barcha militsiya organlarini nazorat qilib, ularning qonuniy faoliyatiga aralashib, qonuniy choralarni ko‘rishni ta'qiqlab, fohishalik bilan bog‘liq bo‘lgan shahardagi ko‘plab mehmonxona va tungi-klublar(diskoteka)ga “rahnamolik” qilib kelishmoqda, chunki “KO‘ChANI BOLLARI” asosan ushbu “ko‘ngilochar” joylarda dam olishib, ishkal qilib yurishadi.
Statistik ma'lumotlarga qaraganda, Poytaxtimizda jinoyatchilikni oshishi, aynan “jinoyat olami” kuchayishi, “ko‘chani bollari”ni ko‘payishi aynan Sheranov Bahodir va Xusayn Ataevlar shahar prokuraturasining 16-bo‘limga ishga kelganidan beri avjiga olishi boshlangan.
Chunki, Toshkent shahridagi barcha Ichki ishlar organ xodimlari Sheranov Bahodir va Ataev Xusaynlarning noqonuniy bo‘lsa ham ko‘rsatma va topshiriqlarini bajarishga majbur, bajarmagan taqdirda, ishdan bo‘shatiladi yoki qamaladi.
Agarda Sheranov Bahodir va Ataev Xusaynlarning faoliyati ko‘tarilib o‘rganib chiqilsa, ko‘rsatilgan misollarning ko‘plab ochiqlanib ketadi.
Sheranov Bahodir 16-bo‘lim boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan davr mobaynida yuqorida ko‘rsatilgan “faoliyat” orqasidan va “ko‘chani bollari”dan olingan “dolya” pullaridan yig‘ib qo‘ygan 200.000 AQSh dollarni o‘zining yuqori turuvchi “akaxon”lariga berib Uchtepa tuman prokurori lavozimini sotib olib o‘tirgan.
O‘zining o‘rniga esa o‘z qo‘li ostidagi, ya'ni 16-bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari Ataev Xuseynni o‘zining yuqori turuvchi “akaxon”larga iltimos qilib qoldirgan va Ataev Xuseyn uning “faoliyati”ni va ko‘rsatmalarini davom etib kelmoqda.
Ataev Xuseyn kim o‘zi, Ataev Xuseyn Respublika Bosh prokuraturasida 18-bo‘lim katta tergovchisi bo‘lib ishlagan vaqtida bir jinoyatni yashirish maqsadida 200 ming AQSh dollar olib qo‘lga tushgan. Lekin, uning yuqori turuvchi “akaxonlari” va samarkandlik “biznesmen-sponsorlari” aralashib, uni qamalishiga yo‘l qo‘ymasdan, “pastga”, ya'ni Toshkent shahrining bir tumanidagi boshqa lavozimga o‘tkazishgan va “loyqa suv”lar tinib bo‘lganidan so‘ng uni yana ko‘tarishni boshlashgan.
Bunday “prokuratura xodimlari”ga qat'iy choralar ko‘rilishi va jinoiy javobgarlikka tortilishi kerak, chunki asosiy sababi “jinoyat olami” va prokuratura xodimlari o‘rtasidagi korruptsion faoliyatning oldini olish va boshqa prokuratura xodimlari “o‘rnak” bo‘lishi uchun.
Sheranov Bahodir va Ataev Xusaynlarga o‘xshagan “prokuratura xodimlari” jinoyatchilardan pul olib ular bilan til biriktirib, ularni “himoya” qilib kelsa, unda PROKURATURAni kim nazorat qiladi va prokuratura xodimlariga kim chora ko‘radi.
Endi xulosa o‘zingizdan, kimga chora ko‘rish kerak va huquqni muhofaza qiluvchi organlarida qanday odamlar ishlash kerak.
Yuqorida ta'kidlaganimizdek, Toshkent Ichki ishlar bosh boshqarmasi xodimi yo‘llagan bu maktubda keltirilgan iddaolar rasman tasdiqlanmagan va tekshirilmagan. Eltuz tomonlarning e'tirozli fikrlariga ham minbar berishga tayyor.