Asosiy mavzular
22 iyul 2024

AQSh politsiyasi onasi va yaqinlarini o‘ldirgan o‘zbekning shaxsini ochiqladi

Onasi va yaqin qarindoshlarini chavaqlagan o‘zbek qotilning ismi Shaxboz Rajabboev! Uning aqli hushi joyida bo‘lgan. Amerikaning eng yirik banklaridan biridan ishlagan.

62-presinkt binosidan qamoqqa olib ketisharkan. Reporterlar unga qarab “biror narsa degin”, “bolalarni nima nima qilding”, “nega bu ishni qilding” deya savol bilan yuzlanishadi. Shahboz Rajabboev indamaydi. Amerika qonunchiligiga ko‘ra uning muxbirlar savoliga javob bermaslikka haqqi bor.

Nyu York politsiyasi 21 iyul kuni Bruklindagi kotillikni sodir etkan 24 yashar o‘zbek erkakka karshi rasmiy ayblovni e'lon kildi.

Kotillikni amalga oshirgan shaxs Shaxboz Rajabboev ekanligi aniqlanib matbuotga bildirildi.

Shahboz Rajabboev shanba kuni Nyu-Yorkning Bruklin shahrida 56 yashar onasi, akasining 27 yashar xotini va 4 va 5 yoshli jiyanlarini pichoq bilan chavaqlab so‘yib tashlagani Amerika jamoatchiligini daxshatga solgan edi.

Rajabboevga karshi 4, 1-Darajali kotillik, va 4, 2-darajali kotillikni amalga oshirganlik ayblovi qo‘yildi.

Amerika Qo‘shma Shtatlarida kotillik darajalarga qarab kvalifikatsiya qilinadi. Inson o‘ldirishning eng ogir turi bu 1-darajali qotillik, ya'ni Felony Capital Murder.

Bu qotillik turiga oldindan rejalashtirib, o‘ldirish maqsadini oldindan niyat kilib odam o‘ldirish kiradi.

2-Darajali kotillik jaxl, rejalashtirmagan xolda odam o‘ldirishga aytiladi.

Ba'zi xollarda qotillik tafsilotlariga karab, inson birdaniga bir inson o‘limi uchun 1 va 2 chi kategoriyada qotillikni amalga oshirishda ayblanishi mumkin.

Nyu York Amerikaning o‘lim jazosi qo‘llanilmaydigan Shtati xisoblanadi. Hibsga olingan Rajabboev har bir 1 toifa qotilligi uchun 25 yildan umrbod kamok jazosi, hamda 2 toifa qotillikning xar biri uchun 25 yilgacha qamoq jazosi, jami 200 yil qamoq jazosiga xukm kilinishi mumkin.

Rajabboevning mental sog‘lom va narkoman bo‘lmagani xolda, jinoyatga qasddan atayin qo‘l urganligini uning tarmoqdagi digital izlaridan bilsa bo‘ladi.

Tarmoqdagi bilgilardan kelib chiqilsa, Rajabboev Amerikaning eng yirik banklaridan biri bo‘lmish Bank of America bankida linux developer vazifasida ishlagan degan xulosa chiqadi.

Bruklin Politsiyasi ofitserlaridan birining norasmiy bayonotiga ko‘ra, Bu oila O‘zbekistondan 2010 yilda Grin Karta lotereyasini yutib olib Amerikaga kelgan va 10 yildan ortiq 1590 Bruklinning G‘arbiy 8 chi ko‘chasida istiqomat qilib kelishgan.

Avval Eltuz habar berganidek, Birinchi bo‘lib jinoyat sodir etilgan kvartiraga bolalarning otasi, Maftunaxonning turmush o‘rtog‘i yetib kelgan.

U kvartiraga kirib qo‘llari qonga botgan ukasini ko‘rgan. Uning «Xotinim qani? Bolalarimni nima qilding?» deya baqirganini qo‘shnilari eshitgan. Keyin u politsiyaga qo‘ng‘iroq qilgan. Bolalarning jasadi  uyning kiyim saqlash uchun mo‘ljallangan ombor-shkafidan, axlat tashlash uchun mo‘ljallangan paketga o‘ralgan xolatda, onaning jasadi ko‘rpaga o‘ralgan xolda divan orqasidan, xotinining jasadi esa boshqa bir xona burchagidan topilgan.

Qotillik sabablari prokuror tarafidan sudda ochiqlanishi kutilmoqda. Eltuz Amerikada yashayotgan o‘zbeklar jinoyatiga oid xabarlarni yoritishda davom etadi. Kanalimizga obuna bo‘ling. Videolarimizga layk bosing. Agar ayrim yopiq videolarni ko‘rishni yoki shunchaki kanalimizni qo‘llab quvvatlashni istasangiz, super rahmat knopkasini bosing. Sog‘ bo‘ling.

Tag‘in o‘qing
9 oktyabr 2016
9 oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 12.20 da Buxoro viloyatining Olot tumanida Yelena Urlaeva va Maloxat Eshonqulovalar ushlangan ...
7 yanvar 2016
Bir paytlar o‘rta maktabda oddiy o‘qituvchi edim. Tuman markaziga bordim deguncha gazeta do‘koniga chopardim. Sotuvchi opa esa meni ko‘rishi ...
29 mart 2018
Farg‘onada eshaklar ko‘plab so‘yilayotgani, go‘shti esa somsaga ishlatilayotgani 23 mart kuni «O‘zbekiston 24» kanali orqali namoyish qilingan, hali aybi ...
13 iyun 2018
Toshkent shahrining bosh imom-xatibi Anvar Tursunov 13 iyun kuni 60 yoshida olamdan o‘tdi. Bu haqda «Eltuz»ga imomning yaqinlari xabar ...
Bloglar
9 sentyabr 2024
Yaqinda miyani o‘rganish bo‘yicha yirik mutaxassis Tatyana Chernigovskaya ma'ruzasida ayollar bir paytning o‘zida hamma narsaga ...
10 avgust 2024
O‘zbekistonda bir arvoh kezib yuribdi. Bu Karimov arvohi. O‘zbekiston Karimov davridagi paranoyaga qaytib matbuotdagi «arvox» ...
8 avgust 2024
«Arabiston tuprog‘ida bola tug‘ish» maqsadidagi xotinlar va ularni yetaklab ketayotgan erkaklar. Arabistonda o‘qilgan sha'riy nikohga ...