Asosiy mavzular
3 sentyabr 2016

Karimovning o‘lgani rasman bildirildi

«Islom Abdug‘anievich 2016 yil 2 sentyabrda Toshkent shahrida bosh miyada qayta tiklanmaydigan o‘zgarishlarga va poliorgan yetishmovchiligiga olib kelgan miya qon aylanishining o‘tkir buzilishi (insult) oqibatida vafot etdi» deyiladi hukumat bildirishida. Shuningdek, 3 sentyabrdan boshlab mamlakatda 3 kunlik motam e'lon qilindi.

Bundan ilgari Eltuz.com nashri ma'lum qilganidek, dafn marosimi 3 sentyabrga belgilangandi. Rasmiy axborotga ko‘ra Islom Karimov jasadi shu kuni «ota-onasi mangu qo‘nim topgan ona shahri Samarqandda musulmon urf-odatlariga binoan dafn etiladi».

Oliy Majlis qaroriga ko‘ra Vazirlar Mahkamasi raisi Shavkat Mirziyov dafn komissiyasi raisi bo‘ldi, shuningdek komissiya a'zoligiga Milliy havfsizlik xizmati raisi Rustam Inoyatov, moliya vaziri Rustam Azimov va Prezident devoni rabari Zelimxon Haydarov, Cenat raisi Yo‘ldoshev N.T, Qonunchilik palatasi Spikeri Ismoilov N.M, davlat maslahatchilari Nazarmuhammedov, Sultonov H. Havfsizlik kengashi kotibi Yerniyozov M. Ichki ishlar vaziri Ahmedboev A.A. Mudofaa vaziri Berdiev Q.R. Tashqi ishlar vaziri Komilov A.H.va boshqalar kiritildi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
8 yanvar 2016
Biz sobiq bankir, mohir tadbirkor, endilikda esa siyosiy mahbus Rustam Usmonovning kitobidan parchalar e'lon qilishni davom ettiramiz. 1998 yilda, ...
1 noyabr 2020
Qishloq xo‘jaligi mutaxassisi va Navoiy viloyatining Konimex tumani sobiq hokimi 70 yashar Ismoil Ospanov «Eltuz» orqali o‘z turkum chiqishlarini ...
20 dekabr 2018
«Bojalar» guruhi solisti Jahongir Poziljonov 18 dekabr kuni siyqasi chiqqan «digidon-digidon» qolipidagi «Selfi» deb atalgan yangi klipini tarmoqqa qo‘ydi. ...
26 avgust 2021
Afg‘onistonda toliblar o‘zbek tilini maktab dasturidan chiqarib tashladi. Bu haqdagi xabar va dars jadvali 24 avgust kuni ijtimoiy tarmoqda ...
Bloglar
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...