Asosiy mavzular
17 mart 2021

Universitetda koronavirus chiqdi

Andijon davlat universitetining olti xodimida koronavirus aniqlangani haqida xabarlartarqaldi. ADUdagi manbaning “Eltuz”ga aytishicha, aslida kasallik yuqtirgan talaba va xodimlar soni bundan ham ko‘p bo‘lishi mumkin. 

Talabalardan birining vafot etgani haqidagi mish-mishga munosabat bildirgan manba hozircha bu ma'lumot sir saqlanayotganini ma'lum qildi. 

ADU rektori Akromjon Yo‘ldoshevning so‘zlariga ko‘ra, hozir ta'lim dargohiga tibbiy niqobsiz kirish, bir-biri bilan qo‘l berib ko‘rishish taqiqlangan. 

“Kirayotganda har bir kishining tana haroratini o‘lchash va qayd qilib borish yo‘lga qo‘yildi. Dars jarayonlarida masofa saqlash qat'iy nazoratga olindi. Universitet hududi va barcha binolar SEOM xodimlari tomonidan to‘liq dezinfektsiya qilindi”, degan universitet rektori Kun.uz saytiga.

“Eltuz” manbasi ma'lumotlariga ko‘ra, aynan tana harorati o‘lchanganda 30 nafar talabada isitma qayd etilgan. 

– Biroq bu ularning barchasi koronavirusga chalinganini anglatmaydi. Hali test natijalarini kutish kerak. Bu oddiy shamollash ham bo‘lishi mumkin. Lekin universitetimizda koronavirus aniqlangan bemorlar rasmiy e'lon qilingan 6 tadan ko‘p. Ular asosan fizika-matematika fakulteti hamda Axborot-resurs markazi ishchi-xodimlaridir. Hozir kutubxona yopib qo‘yilgan, – deydi manba.

Kuni kecha Andijon viloyati Xalq ta'limi boshqarmasida koronavirus mavzusiga bag‘ishlangan tezkor yig‘ilish o‘tkazilgan. Boshqarma boshlig‘i Azizbek Mirkomilov viloyatdagi barcha umumta'lim maktablari rahbarlariga o‘z hududlarida karantin qoidalarini kuchaytirish yuzasidan topshiriqlar bergan. 

Hozir viloyatdagi barcha maktablar kuchaytirilgan qat'iy tartibda ishlamoqda. Maktablarga begonalar, hatto ota-onalarning ham kirishi man qilingan. 

Ayni paytda Andijon shahri yuqumli kasalliklar shifoxonasida koronavirusga chalingan 6 nafar bemor bor. Bu haqda navbatchi shifokorlardan biri ma'lum qilgan. 

Biroq ular Andijon davlat universitetining koronavirusga chalingan xodimlari emas, balki xorijda ishlab qaytgan bir oilaning a'zolari ekani aytilmoqda.

Tag‘in o‘qing
12 oktyabr 2018
O‘zbekiston harbiy qismlaridan biridagi askarning «Eltuz»ga bildirishicha, ular vaqtli harbiy xizmatni Andijon viloyati dalalarida paxta terish bilan o‘tashmoqda. Yotoqda ...
9 fevral 2024
15 asr jahon ma'naviyatining buyuk siymosi Nizomiddin Mir Alisher Navoiy 1441 yil 9 fevralda Hirotda tug‘ildi. U turkiy tilni ...
29 yanvar 2022
Onasi hayvonot bog‘idagi ayiq oldiga uloqtirgan uch yashar qizaloq Toshkentdagi kasalxonada qolmoqda. Qizning ahvoli «qoniqarli» 5 metr balandlikdan tushgan ...
6 noyabr 2016
Shanba ertalab joni uzilgan Abdulla Oripovning janozasi o‘sha kuniing o‘zidayoq Xyuston shahridagi masjidda o‘qilgan. Eltuz.com manbasiga ko‘ra AQShdagi O‘zbekiston ...
Bloglar
6 may 2024
Hayrli kun! Urganch shahrida yashayman. Bugun quyidagi voqea yuz berdi: men avtobusda telefonda gaplashib turgandim. ...
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...