Asosiy mavzular
11 avgust 2021

Rossiya mudofaa vaziri: “Tolibon” Afg‘onistonning Tojikiston va O‘zbekiston bilan chegaralarini egallab oldi

“Tolibon” yetakchilari chegaralarni nazorat ostiga olgandan keyin qo‘shni davlatlarga hujum uyushtirilmasligini va'da qilmoqda”, deydi Rossiya
mudofaa vaziri.

Al Jazeera axborot agentligining xabar berishicha, “Tolibon” jangarilari tezkor hujumlarini davom ettirmoqdalar. Bugungi kunga kelib ular Tojikiston va O‘zbekiston bilan chegaralarini nazoratga olishdi.

“Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu seshanba kuni Moskvada yoshlar konferentsiyasida guruh rahbarlari hududiy yutuqlarni qo‘lga kiritgandan keyin qo‘shni davlatlarga hujum qilmaslikka va'da berishganini aytdi”,
deb yozadi Rossiyaning TASS axborot agentligi.

Uning qo‘shimcha qilishicha, Rossiya mintaqadagi ittifoqchilari bilan qo‘shma mashg‘ulotlarni o‘tkazishda davom etadi.

Rossiya Tojikistonda harbiy bazaga ega va sobiq sovet respublikasi Moskva boshchiligidagi harbiy blokga a'zo, ya'ni Moskva bosqinchilik yuz bergan taqdirda O‘rta Osiyodagi davlatlarni himoya qilishga majbur
bo‘ladi.

O‘zbekiston ham Rossiya bilan yaqin aloqada. Rossiya shu oy Afg‘oniston chegarasi yaqinida O‘zbekiston va Tojikiston bilan mashg‘ulotlar o‘tkazdi. Shuningdek, Rossiya Tojikistondagi harbiy bazasini yangi zirhli mashinalar va o‘qotar qurollar bilan mustahkamladi.

1979 yildan 1989 yilgacha Afg‘onistonni egallab turgan Sovet Ittifoqining 15000 harbiysi o‘ldirilgan va o‘n minglab odam yaralangandi.

“Tolibon” AQSh qo‘llab-quvvatlagan hukumatni mag‘lub etish va qattiq islomiy qonunlarni tiklash uchun kurashmoqda. So‘nggi kunlarda guruhning oldinga siljishi hukumat va uning ittifoqchilarini jiddiy
tashvishga soldi.

Oxirgi zo‘ravonlik AQSh boshchiligidagi xorijiy kuchlar mamlakatdan
chiqib ketishi bilan yuz berdi.

Hukumat rasmiysining bildirishicha, “Tolibon” chorshanba kuni Afg‘oniston shimolidagi yana bir shaharni qo‘lga kiritgan. Bu olti kun ichida bosib olingan to‘qqizinchi viloyat markazidir.

Toliblarning Badaxshon viloyati ma'muriy markazi Fayzobodni qo‘lga kiritishi prezident Ashraf G‘ani shimoldagi eng yirik shahar bo‘lmish Mozori Sharifga kelgan paytga to‘g‘ri keldi.

Badaxshon Tojikiston, Pokiston va Xitoy bilan chegaradosh.

2001 yilda hokimiyatdan chetlatilgan “Tolibon” hozir Afg‘onistonning sobiq Sovet Markaziy Osiyosi bilan chegaradosh ko‘plab shimoliy viloyatlarini nazorat qilmoqda.

1996 yildan 2001 yilgacha bo‘lgan davrda guruh hech qachon shimolni to‘liq nazorat qilmagan, lekin bu safar poytaxt Kobulni egallashdan oldin mazkur hududlarni to‘la izmiga olish niyatida.

Guruhning tayanch punktlari Afg‘onistonning janubi va sharqida joylashgan.

MManba: Al Jazeera axborot agentligi 

Tag‘in o‘qing
28 iyun 2023
Juda oddiy ekanligini tushuntirib berishdan oldin rasmiy xabarni ulashsam. Prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoev Navoiydagi «saylovchi» lar bilan betlashgan paytida ...
19 iyun 2017
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev yaqinda Toshkentda din arboblari, jamoat va davlat idoralari vakillari bilan o‘tkazilgan uchrashuvda mamlakat uchun juda ...
3 aprel 2017
Rossiya millionlab o‘zbek muhojirlarining ikkinchi uyiga aylandi. Ular yillar davomida shu mamlakatda ishlashmoqda va yashashmoqda. Ijtimoiy tarmoqdagi bahslarga ko‘z ...
9 may 2022
Abdulaziz Mahmudov bir necha bor mendan video intervyu olishni so‘ragan. Bunga vaqt ham, istak ham bo‘lgani yo‘q. Men uning ...
Bloglar
11 may 2024
1944 yilning 11 mayida Stalin barcha qrim tatarlarini Qrimdan surgun qilish haqidagi mash'um qarorni imzoladi. ...
6 may 2024
Hayrli kun! Urganch shahrida yashayman. Bugun quyidagi voqea yuz berdi: men avtobusda telefonda gaplashib turgandim. ...
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...