Asosiy mavzular
22 may 2018

“Balkondan qaramang, prezident o‘tyapti!”

Prezident kelib ketgach, andijonliklar yengil nafas olishdi. Bugun menimcha rahbarlar ham to‘yib uxlashgan bo‘lishsa kerak.

Xalqimiz mehmondo‘st, mehmon kutib olishga alohida tayyorgarlik ko‘radi. Ayniqsa, kelayotgan mehmon aziz inson bo‘lsa.

Andijonliklar prezident kelishini 2018 yilning boshidan, ya'ni yanvar oyidan boshlab kutishgandi. Prezident o‘tishi taxmin qilingan barcha joylarda yo‘l bo‘ylarida obonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish ishlari olib borildi.

O‘qituvchi va shifokorlar 3 oylab ko‘cha tozalashdi. Marhamat, Asaka tumanlari, Bo‘z yo‘llari, Andijon shahrini-ku yalab-yulqab har kuni tozalashdi.

Yaxshiki, o‘qituvchilarni ko‘cha tozalashga olib chiqmaslik haqida prezident qarori chiqdi. Ammo obodonlashtirish boshqarmasi xodimlariga jabr bo‘ldi. O‘zi ishchi kuchi yetishmaydi, ammo bechoralar prezident kelishidan oldin kunu tun tinim bilishmadi.

O‘tgan 2 kun andijonliklar uchun juda azob bo‘ldi. Ko‘cha tozalashga, lotoklarni oqlashga, supurish-sidirishga, yovvoyi o‘tlarni yulishga byudjet tashkilotlari ishchi-xodimlari jalb etildi.

Davlat rahbari keladigan kuni shahardagi u o‘tadigan yo‘llar yopildi, ko‘cha bo‘yidagi uy va deraza oynalari zichlab yoptirildi, do‘konlar ochilmadi, eng qizig‘i, balkondan qarab turgan fuqarolarni DXX xodimlari qaramaslikka buyurdi.

Yo‘lda turgan odamlarni DXX xodimlari haydagan. Ko‘chalar huvillagan, hech kim yo‘q, faqat YPX avtomashinalarining sirenalari va “To‘xtab qolmang, yuring, yurib turing” yoki “Uyingizga kirib keting” qabilidagi buyruqlari eshitiladi.

Go‘yo urush bo‘layotgandek. Andijonliklar xuddi 13 may voqealari takrorlanyaptimi, deb ham o‘ylashdi. DXX xodimlari yetarli bo‘lmagani uchun Farg‘ona, Namangandan bu idoraning qo‘shimcha xodimlari kelgan.

Prezident shahar ichida 5 ta joyga borishi rejalashtirilgandi. Ammo Andijon shahridagi Qoratut MFYda tashkil etilgan nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasi hamda Eski shahar hududida Andijon registoni deb aytilayotgan jome' me'moriy majmuasi hamda “Marjon” qo‘shma korxonasida tayyorgarlik ko‘rilgandi.

Odamlar uxlamay navbatchilik qilishgan, hamma yoqni yalab-yulqab tozalashgan. Lekin bu joylarga borilmadi.

  • Balkonga ochiq havoga chiqqandim, ammo pastda turgan fuqaro kiyimidagi organ xodimi meni uyga kiritib yubordi. Bolalarimiz ham shu kuni uyda qimirlamay o‘tirishdi.
    Qiziq, xalq ichida yuradigan prezident xalqidan qo‘rqadimi yoki bu qo‘riqchilarining ishimi, xullas, bizga baribir-u, ammo biz prezidentni hatto uzoqdan ham ko‘ra olmaymiz. Bunga haqimiz yo‘q. Yana avvalgi prezident paytidagi holat takrorlanyapti.

Hartugul viloyat hokimi yanvardan buyon o‘qituvchi va shifokorlarni quldek ishlatgani foyda berdi. Davlat rahbari uni maqtadi. Harqalay u aziz mehmonni kutib olish uchun 5 oy tayyorgarlik ko‘rdi-da!

Andijonlik muxbir
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
17 noyabr 2021
15 noyabr kuni 76 yoshli Rustam Inoyatov hukumatdagi lavozimidan bo‘shatildi. MXXning (hozirgi DXX) sobiq raisi Inoyatov Prezidentning huquqni muhofaza qiluvchi ...
28 mart 2023
«Yuzuk-Art» tashkiloti faollari tashabbusi bilan 23 mart kuni Amerikadan topilgan va O‘zbekistonga keltirilgan «Buxoroning bombardimon qilinishi» triptixi xotirasini yo‘qotishga ...
27 yanvar 2018
“Imom al-Buxoriy” va “Buyuk Amir Temur” kabi filmlarni suratga olgan taniqli kinochi Baqo Sodiqov prezident farmoni bilan O‘zbekiston vatandoshi ...
15 may 2019
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi «Eltuz»da chop etilgan “Tintuv qilingan Mahmud Rajabning uyidan ...
Bloglar
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...