Asosiy mavzular
24 oktyabr 2018

Andijon oldinda – niqoblangan majburiy mehnat bo‘yicha

22 oktyabr kuni Andijon viloyati televideniesida viloyat hokimi Sh.Abdurahmonovning paxta yig‘im-terimida qatnashganligi yuzasidan ko‘rsatuv tayyorlandi. Unda 19 oktyabr kuni hokim ham Qo‘rg‘ontepa tumani dalalarida paxta terimida bo‘lganligi, yig‘im-terim ishiga o‘z hissasini qo‘shganligi aytildi. Ko‘rsatuvda hokim janoblari yana aholiga murojaat qilib, reja bajarilishiga oz qolganligi, umumxalq hashariga hissa qo‘shishlarini iltimos qildi.

Xullas, paxta yig‘im-terimiga hokim shunaqa yondashyapti. Matbuot orqali tez-tez aholiga murojaat qilib, paxta maydoniga chorlayapti. O‘zi o‘rnak ko‘rsatib, dalada paxta teryapti. Hokim paxta tergan xo‘jalikda shu kuni qozon kabob pishirildi. Taom yangi, qimmatbaho idish-tovoqlarda tortildi, sharoitlarni ko‘rgan odamning havasi kelib, paxta maydoniga yugurgilab qolishi turgan gap.

«Holvani hokim yer…«

«Albatta, hokim paxta tergan joyda sharoitlar zo‘r bo‘ladi-da. Hokimga hasharchilarga atab pishirilgan makaron sho‘rvadan quyib berishgani, tappi yoqib choy qaynatib berishgani yo‘q. Hokim xuddi paxtakorlar kabi zax yerga o‘tirib tushlik qilmaydi. Biz paxtamizni topshirib tezda tushlik qilib olamiz. Yonimizdagi termosning qopqog‘iga choy quyib ichamiz. Chanqog‘imiz bosilmasa yo dalada chanqab qolsak, ariqdan suv ichib ketaveramiz. Hokim erta tongdan to kechqurungacha paxta tergani yo‘q, xuddi viloyatdan kelgan olifta san'atkorlar, shoirlarga o‘xshab, bir etak paxta terib berib chiqib ketdi. Kechgacha tersa, beli og‘rib, ertasiga ishga chiqolmay qolardi», – deydi Qo‘rg‘ontepa tumanida paxta terayotgan hasharchilardan biri.

O‘sha kuni Qo‘rg‘ontepa tumanining boshqa massivlarida ham hasharchilar paxta terishgan. Ammo ular qozon kabob yemaganlar. Termosdagi choylaridan ichib, sanitariya talablariga rioya etilmagan sharoitda pishirilgan makaron yo moshkichiri yeb, terimga kirib ketganlar. Qo‘rg‘ontepa tumanida endigina birinchi terimga tushgan xo‘jaliklar ko‘p. Bu yerlarda paxta kechroq ochilgan. Terimchilar 100 kg dan 150 kg gacha paxta terishyapti.

Majburiy mehnat «yurt ishiga hissa qo‘shish» deya ataldi

Viloyat hokimining murojaatidan so‘ng barcha korxona-tashkilotlar ommaviy hasharga jalb etildi. Ko‘pchilik davlat tashkilotlari, MFYlar eshigiga “Hamma paxtada” degan yozuvlar yopishtirilgan. Majburiy mehnat «hasharga, yurt ishiga hissa qo‘shish» deya niqoblandi.

«Agar bir odamdan «paxtaga borishni istaysanmi?» deb so‘rasa, u «yo‘q, men bormayman!» deb javob bersa-yu, bormasa, mana bu haqiqiy majburiy mehnatga barham berilgani. Ammo ishchi-xodimlardan ruxsat so‘ramasdan, «dam olish kunlari paxta terimiga chiqasizlar», deb aytish haqiqiy majburiy mehnat alomatlari. Nimaga shu oddiy xaqiqatni hech kim tushunmayapti», – deydi o‘zini Shahobiddin deb tanishtirgan o‘qituvchi.

Eshittirishga raddiya berildi

“Ozodlik” radiosida o‘qituvchilar va tibbiy xodimlar paxtaga jalb qilinayotgani haqida chiqqan xabarga viloyat “Andijonnoma” gazetasi go‘yoki raddiya berdi. Emishki, shanba-yakshanba kunlari o‘qituvchilar o‘zlari xohlab paxtaga chiqayotgan ekanlar.

“Vaholanki, hokim nomidan na rasmiy, na og‘zaki topshiriq berilgan. Sababi oddiy va ma'lum: 17 iyul kuni respublika Prezidenti raisligida umumiy o‘rta ta'lim tizimini isloh qilish va rivojlantirish masalalariga bag‘ishlab o‘tkazilgan yig‘ilishda ularni paxta terimiga jalb etmaslik xususida aniq vazifalar belgilangan edi”, deb yozadi “Andijonnnoma” gazetasi muxbiri.

Izboskan va Andijon tumanlaridan olingan ma'lumotlarga ko‘ra, maktab o‘qituvchilari shanba-yakshanba va metodik kunlari paxtaga chiqishayotgan ekan. Hech bir o‘qituvchi o‘z xohishi bilan chiqmayotgan emish. «Bormayman deganlar o‘z o‘rniga farzandi yo jiyanini chiqaryapti», deydi bir muallima.

Andijon tumanidagi 36-maktabda 13 va 20-oktyabr shanba kunlari yuqori sinflarda darslar deyarli bo‘lmagan, o‘quvchilar so‘rashsa, “o‘qituvchilar paxtaga ketgan”, deyishibdi.

Hozir Andijon paxta bo‘yicha respublikada birinchi o‘rinda ketmoqda. Viloyat paxta topshirish yillik rejasini 81 foiz bajaribdi. Hokim hukumatga 5 noyabrgacha rejani bajarishga va'da beribdi. “Reja bajarilganda prezident keladi”, deb viloyatda katta tayyorgarliklar boshlab yuborilgan.

(Andijonlik terimchi ayol maktubidan)

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
3 sentyabr 2021
Falsafaning katta bobosi Heygel “Bir daryoga ikki marta tushib bo‘lmaydi”, degan edi. Ammo bir kontsertning o‘zida korruptsioner hokimlar ikki ...
2 avgust 2016
Ko‘zbo‘yamachilikning bu usuli Toshkentda Mustaqillikning 25 yilligi oldidan qilinayotgan xo‘jako‘rsin amaliyotlarning bir qismi ekani aytilmoqda. «Chinorlarni chopishmoqda – archalarni ...
1 may 2015
Bugun olamdan o‘tgan Ro‘zi Nazar aka biz kabi temir parda ortida yashagan turkistonliklarga ta'sir o‘tkazgan yalovbardor edi. U kishi ...
1 noyabr 2021
Toshkentdagi “Hamar” badiiy galereyasi ko‘rgazmalar zalida 1 noyabr kuni taniqli rassom Shuhrat Bobojon asarlari ko‘rgazmasi taqdimoti bo‘lib o‘tdi. “Gilamda ...
Bloglar
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...