Asosiy mavzular
26 oktyabr 2018

Paxta-2018: mashina urib ketgan «Andijonnoma» xodimining ahvoli og‘ir

Hech narsa o‘z-o‘zidan kelmaydi, jang qurbonsiz bo‘lmaydi. Majburiy mehnat batamom tugatilishi uchun yana kimlardir qurbon bo‘lishi kerak shekilli.

Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonovning 19-20-21 oktyabr kunlari Qo‘rg‘ontepa tumanida paxta terib namuna ko‘rsatgani ortidan viloyatdagi ommaviy axborot vositalari, to‘g‘rirog‘i, viloyat hokimligiga qarashli nashrlar xodimlari paxta terimiga jalb etilgan.

Shanba, 20 oktyabr kuni «Andijonnoma» bosh muharriri Saidahmad Shukurov paxta terimidan qaytishda xizmat mashinasiga o‘tirmagan. Xodimlarini mashinasida haydovchisi bilan jo‘natib, o‘zi o‘g‘li bilan yo‘lovchi mashinada qaytmoqchi bo‘lib turganida o‘g‘li Saidjahon Xoldorovni «Zil» avtomobili urib yuborgan. Yigit «Andijonnoma» va «Andijanskaya pravda» gazetalarida kompyuter mutaxassisi bo‘lib ishlar edi.

Saidjahon zudlik bilan Qo‘rg‘ontepa tumani shoshilinch tibbiy yordam markaziga yotqizilgan. Uni markazga, Andijon shahriga olib kelmoqchi bo‘lishgan. Biroq shifokorlar joyidan qimirlatishning iloji yo‘qligini aytishmoqda. Hamkasblarining so‘zlariga ko‘ra, yigitning ahvoli og‘ir, hali ham hushiga kelmagan. Saidahmad Shukurov shokda. Bu voqea hokim va boshqa mutasaddilarga dars bo‘ladimi-yo‘qmi, noma'lum.

Chunki paxta terimiga majburiy olib chiqilish hamon davom etmoqda. Andijon tumanidagi ayrim maktablarning sinf rahbarlari o‘qituvchilar paxtaga chiqmasligi uchun terimchi yollash maqsadida o‘quvchilardan 10 ming so‘mdan pul yig‘moqda.
O‘qituvchilar o‘quvchilarga «ota-onang dam olish kunlari paxtaga chiqib bersin», deb aytmoqda.

Shohida Saidova,
andijonlik bloger,
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
18 fevral 2016
“Izzatini bilgan biror baliq bunday gazetaga o‘rashlarini istamasdi” degan chikagolik jurnalist Mayk Roykoning so‘zlari bugungi o‘zbek gazetalari haqida aytilganday, ...
7 noyabr 2018
Hokimlik mulozimlari va fermerlarga kesak ushlatib, suvli ariqqa tushirib, mashina oldida yugurtirib sazoyi qilgan amaldor Zoyir Mirzaev ishdan olingach,  ...
3 mart 2023
Mana o‘lmagan qul ko‘klamga ham yetdik. Qish to‘qsoni ortda qoldi. Anomal sovuqda o‘lmasdan bugunga yetib keldik. Bu kunlarga yetganlar ...
25 yanvar 2023
 “Eltuz”ga yetib kelgan ma'lumotlarga qaraganda, Rishton tumanida prokuror bosimi ostida fermerlar ipak qurti boqib, pilla yetishtirish shartnomasini imzolashga majburlangan. ...
Bloglar
6 may 2024
Hayrli kun! Urganch shahrida yashayman. Bugun quyidagi voqea yuz berdi: men avtobusda telefonda gaplashib turgandim. ...
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...