Ko‘zqarash
2 iyul 2020

Shoiri qolmagan yurt…

6-sinfda o‘qirdim, Kampuchiyada davlat to‘ntarishi bo‘lib hukumatga Pol Pot rahbarligidagi «Qizil kxmerlar» kelganini, ular butun mamlakat bo‘ylab fashistik diktatura o‘rnatib, aholini qirg‘in qilayotganini eshitib dahshatga tushgandim. O‘smirlik shuurimdan esimda qolgani – butun bir mamlakatda shoir qolmagan ekan. Kampuchiyadagi odamlarning quvonchu dardlarini kuylovchi bulbullari bo‘lgan barcha shoirlarni o‘ldirib yuborishgandi, mamlakatda birorta ham shoir qolmagandi, mamlakatning vijdoni, erki, kelajagi o‘ldirilgandi…

Keyinroq o‘qib bilishimcha, Pol Pot rahbarligidagi kxmerlar mamlakat aholisini ommaviy qirg‘in qilishgan, ularning zo‘ravonliklari natijasida odamlar ocharchilikdan o‘lishgan, mazkur fashistik rejim uch milliondan ortiq kishining yostig‘ini quritgan. Kxmerlar o‘zga fikrli, ularning g‘oyalaridan boshqacha erkin o‘ylaydigan aholini dushman deb erkaklar, ayollar, keksalar va hatto bolalarni ham ayamay o‘ldirishgan. Mash'um dinsiz kxmerlar diktaturasi davrida dexqonlar, ishchilar, boshqa kasb egalari, boshqa millat vakillari, barcha din peshvolari bo‘lgan rohiblar, musulmonlar, xristianlar, shuningdek, rassom, yozuvchi, shoir va jurnalistlar hamda yurt gullari bo‘lmish ziyolilar ayovsiz qirg‘inbarot qilingan.

Insoniyat tarixini nazardan o‘tkazar ekanmiz, deyarli barcha zamonlarda chin shoirlar hamisha xalq manfaatlari tomonida bo‘lishgan. Oqibatda xalq dardini, oddiy odamlar dardini yozgan, kuylagan shoirlar zolim hukmdorlar tomonidan quvg‘in qilingan, xo‘rlangan, zo‘rlangan, hatto qatl etilgan. Lekin xalqlarning tarixida aynan o‘sha – yurti va xalqini cheksiz ardoqlagan boshiga qilich kelsa ham elim, yurtim degan shoirlarninggina nomlari asrlar osha saqlanib qolmoqda. O‘z davrining adolat va halollik kuychisi bo‘lgan shoirlar, baxshilar, ijodkorlar o‘z millati, xalqlari va butun insoniyatning sof vijdoni bo‘lishgan, chindan ham ular mangulikka daxldordirlar.

Ammo bunday yuksak darajadagi el-yurt shoiri bo‘lish juda qiyin, yuki og‘ir, zil-zambil. Chunki hamma davrlarda ham ularning boshlarida hukmdorlarning qilichi o‘ynab turgan. Sir emaski, og‘ir damlarda shoirlar ham ikkiga bo‘linib ketgan. Ba'zi shoirlar zamona zayliga qarab gardanlariga qo‘yilgan yukni  ko‘tara olmay, adolat qarshisida qaddi bukilib, saroy shoirlariga aylanishgan. Ular umrlarini zolim hukmdorlarini ko‘klarga ko‘tarib maqtab, sig‘inib, el nazaridan qolib, saroy shoiri nomini olib hayotini «issiq ko‘rpada» o‘tkazishgan. El-yurt ham bunday shoirlarni hukmdori bilan birga tezda unutib yuboradi. Adolatparvar, fidoyi shoirlar nomi esa ularning ijod mahsullari birga bugun ham, kelajakda ham odamlar orasida ardoqlanib mangu yashayveradi.

Yurtimizda sobiq ittifoq davrining so‘nggi yillarida Abdulla Oripov, Erkin Vohidov va Omon Matjonlarni o‘sha davrda xalq orasida eng taniqli o‘zbek shoirlari sifatida yoshu qari juda yaxshi bilardi. Ko‘cha-kuylarda ham odamlardan yurtimiz shoirlari haqida so‘rasangiz, birinchi galda uchovlon shoirning nomini tilga olib ardoqlardi, ko‘pchilik yoshu qari ularning ijod xazinasidan she'rlarni shartta yoddan o‘qib tashlar edilar.  Ulargacha ham qalami o‘tkir shoirlar juda ko‘p edi. Ha, ha, odamlar shoirlarni, she'rlarni ardoqlardi.

Yurtimiz mustaqillikka erishgach, ozod diyorimiz kuychisi sifatida Muhammad Yusuf el-yurtga tanildi. Uning oddiy so‘zlardan quyilgan javohir kabi misralari xalqimiz dilini rom etdi.

Mana, hurlikka erishilganidan so‘ng oradan salkam o‘ttiz yil ham o‘tyapti. Ko‘chaga chiqing, odamlardan so‘rang, el-yurt, xalqimiz tan olib, sevib ardoqlaydigan, so‘rashingiz bilanoq darrov nomini tilga oladigan shoirimiz bormi, bugungi kunda? Xalqimiz dardini kuylayotgan shoir qani? Bormi o‘zi?! Nega…

Hayrat
andijonlik muallif taxallusi
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
13 fevral 2022
Rossiya Ukrainaga bostirib kirdi deya faraz qilaylik. Innan keyinchi… innan keyin nima bo‘ladi? Shuni sovuqqonlik bilan bir tahlil qilib ...
21 avgust 2017
1961 yil Buxoroda tug‘ilgan. Toshkent Davlat Universitetining jurnalistika fakultetini bitirgan. 1995 yil fevralda O‘zbekistondan chiqib ketgach, avval Bi Bi ...
26 noyabr 2023
Shou loyihasidan ko‘rsatuv homiylari, va prodyusserlari bosimi ostida bir necha iste'dodli yoshlar chetlatildi. 12 finalistdan biri bo‘lgan Vlada Kim ...
29 avgust 2023
Poytaxtning ko‘pqavatli uylaridan birida qo‘shnisinikida bo‘layotgan milliy to‘y urf odatlariga nafrati jo‘sh urgan ayol aks etgan video Eltuzga yetib ...
Bloglar
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...
10 oktyabr 2024
Yuksalish maktabining gender ayirmachilikka asoslangan boshqaruvi haqidagi maqolaga o‘quvchilar ikki xil munosabat bildirdi. Bir suruv ...