Ko‘zqarash
7 fevral 2023

Buxoroda 17 yashar qiz Damas moshinni o‘g‘irlab qochdi

Bu odamni etini jimirlatgan dahshatli o‘g‘irlik 2 fevraldan 3 fevralga o‘tar kechasi Vobkentning Xalach qishlog‘ida sodir bo‘ldi. 

Qop qora tun. Uzoqdagi cho‘lda shoqollar uvillaydi. Sovuq shamol tanani teshguday nayza sanchadi. 

Simyog‘ochdagi kuyib qolgan lampochkaning tunuka qalpog‘i taraq-turuq qiladi. Bulutlar orasidan mo‘ralagan oy darvoza oldida turgan Damas mashinani yoritadi. 

Shu payt («dada-daaam» degan kriminal kinodagi musiqani eshitdim deb tasavvur qiling) mashinaga shu qishloqda yashaydigan 17 yashar qiz jinoiy maqsadda yaqinlashadi. 

Mashina eshigi ochiq qolgan. Kalit ham turibdi. Qizgina hurkak kiyik kabi bir sakrab mashina ruliga o‘tirib gazni bosadi. Damas g‘ildiragi tagida mudragan ikki qora mushuk ikka yonga «miyov» deb qochadi. 

Mana 17 yashar qiz katta yo‘lda katta tezlik bilan Munisani ashlasini eshitiiib ketmoqda… Xuddi shu paytda kadr uzilib Xalach qishlog‘idagi darvoza ko‘rinadi. 

Uy egasi siygisi kelib ko‘chaga chiqsa, moshin yo‘q. «Vay bilat. Moshn qoni?»  

Kambag‘aldi uyi kuysa kuysin, damasi o‘marilmasin. Damas bu yo‘lko‘lik kambag‘al uchun.  

Uy egasining dod-faryodi uyquda yotgan Xalach qishlog‘ini hushyor torttirdi. 

Odamlar dod-faryodga o‘rganib qolgan: kimnidir eri uradi; kimnidir bolasi qimor o‘ynab, katta summaga tushadi. Shu kunda birovning uyiga xo‘rsinib borsang, uvillab chig‘adi. Ammo hech kimning boshiga moshindan ayrilish tushmasin. Xotin yo‘lda¸ bola belda. Ammmo moshn olish uchun kattta pul kerak. Bo‘libam damas.  

Milisaga telefon qilishdi. 

«Nega o‘g‘irlandi? Bu moshn degani kim minsa yurib ketaveradimi? Nega kalitni moshnda qoldirding? Nega ichkariga kiritib qo‘ymading? Yig‘lanilmasin. Nega yig‘laniladi?» 

Bu savol javobdan mashina egasining boshiga og‘riq kirdi. Ammo Buxoro mirshabboshisi UGON degan qizil tugmani bosishi bilan mudrab yotgan butun mentura oyoqqa qalqdi.  

Mening militsiyam qo‘riqlar meni. Nafaqat meni balki damasimni ham qo‘riqlaydi. 

O‘marilgan Damas A-380 avtomobil yo‘lining 369-kilometrida to‘xtatildi. O‘g‘rigina qizni qo‘liga kishan solib olib ketishdi. 

Unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 267-modda 2-qismi “g” bandi (Transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. 

O‘g‘ri qiz qamag‘da. Damas jarima maydonida. Adolat esa tantana qilganidan Vobkent qumlarida ag‘anab raqsga tushib yotibdi. 

Bu raqsga Xalach qishlog‘i aholisi ham qo‘shildi. «Ey o‘ynasiney. Baxtiyorlar o‘ynasin. Usul bilan¸ g‘amza bilan taraqa turuq». 

Bu paytda qamag‘da yotgan qizdan konvoy bacha so‘radi. 

«Hay nega ugon qilding?» 

«O‘sha bacha nervimga teguvdi. Nakazat qildim!» dedi 17 yashar o‘g‘rigina qiz. 

Film tugadi.

@rassom tuz

Tag‘in o‘qing
23 mart 2023
Salom qadrli muhlislar. Bugun 22 mart. Eltuz portaliga kelgan navbatdagi 5 ta shikoyatni o‘qib eshittiramiz. Maktublar O‘zbekistonning Toshkent, Namangan, ...
5 sentyabr 2023
Salom qadrli muxlislar. Eltuz portaliga kelgan so‘nggi beshta maktubni o‘qiymiz. Ular O‘zbekistonning Samarqand, Toshkent, Navoiy va Jizzax viloyatlaridan kelgan. ...
27 yanvar 2023
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev 26 yanvar kuni rafiqasi bilan birga davlat tashrifi yuzasidan Bishkek shahriga keldi. Qayd etilishicha, ikki ...
6 aprel 2020
Rassom Tuz
Bloglar
11 may 2024
1944 yilning 11 mayida Stalin barcha qrim tatarlarini Qrimdan surgun qilish haqidagi mash'um qarorni imzoladi. ...
6 may 2024
Hayrli kun! Urganch shahrida yashayman. Bugun quyidagi voqea yuz berdi: men avtobusda telefonda gaplashib turgandim. ...
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...