Kundalik
22 may 2016

Turkmanfilm kinostudiyasi rahbari ishdan haydaldi

O‘g‘uzxon nomidagi Turkmanfilm kinostudiyasi boshlig‘i Saparmuhammad Jolliev o‘tgan hafta “ishda yo‘l qo‘ygan kamchiliklari” sababli ishdan bo‘shatildi.

Bu haqda Turkmanfilm kinostudiyasidagi manbalar va mamlakat tashqarisidagi Gundo‘g‘ar nashri habar berdi.

Taniqli turkman kinochisi va ayni paytda mamlakat kino sanoati rahbarini ishdan bo‘shatish taklifi Turkmaniston prezidenti Qurbonquli Berdimuhammedov tarafidan ilgari surildi.

Kino rahbarining ishdan bo‘shatilishi jamoatchilik orasida va ijtimoiy tarmoqlarda turli yo‘rimlarga sabab bo‘ldi.

Kino sohasiga yaqin bo‘lgan manbalar Jollievning ishdan bo‘shatilishi ortida “Turkmanfilmda mamlakat rahbarini ulug‘laydigan, Orqadog‘ siyosatining hayotdagi samarasini ko‘rsatgan kino olmaganligi”bilan bog‘liq “sabab” yotibdi deyishmoqda.

Turkmaniston prezidenti o‘z “siyosati bois xalqning hayoti yaxshilangani haqida” kinolar ishlanishini kutgan.

Manbalarning aytishicha, Turkmanistonda ishlangan kinolarni tomosha qilgan Qurbonquli Berdimuhammedovning “hafsalasi pir bo‘lgan”.

Bundan oldin Turkmaniston prezidenti mamlakatdagi telekanallar boshliqlarini ayni ayb, ya'ni “siyosatning ijobiy samarasini” ko‘rsata olmaganlikda ayblab ishdan bo‘shatgan edi.

Saparmuhammad Jollievning ishdan bo‘shatilishiga kelsak, bu voqea borasida turkman rasmiy matbuotida biror satr ma'lumot yo‘q.

Shu o‘rinda Turkmanfilm kinostudiyasining matbuot hizmatining veb sayti ham yo‘qligini aytish lozim.

Shu bois rahbar almashinuvi borasida soha mutahasislarining rasmiy ko‘z qarashini o‘rganishning imkoni yo‘q.

Internetdagi Youtube portalida O‘g‘uzxon nomidagi Turkmanfilm kinostudiyasida suratga olingan bir qator kinolarni tomosha qilish mumkin.

Turkmanfilmdan tashqari mamlakatda “Turkman ovozi” telekanali ham kinolarni suratga olib keladi.

Keyingi paytda suratga olingan kinolarning saviyasi pastligi borasida kinomunaqqidlar fikri bir joydan chiqadi.

Rasmiy Ashhobod nazoratidan chetda bo‘lgan ijtimoiy tarmoqlarda esa Turkmanistonda bir vaqtlar ilg‘or bo‘lgan kino sanoati oldingi marhum prezident Saparmurod Niyozov davrida vayron qilinganligini yozishmoqda.

Shu kunlarda ishdan olingan Saparmurot Jolliev o‘z vaqtida turkman kinosini dunyoga taintgan kinorejiser, Turkmaniston SSR da hizmat ko‘rsatgan artist Ortiq Jollievning o‘g‘lidir.

Perxat Meredov
Eltuz.com, Ashxobod

Tag‘in o‘qing
29 mart 2018
Farg‘onada eshaklar ko‘plab so‘yilayotgani, go‘shti esa somsaga ishlatilayotgani 23 mart kuni «O‘zbekiston 24» kanali orqali namoyish qilingan, hali aybi ...
4 avgust 2019
Prezident Mirziyoev 2 avgust kuni o‘tkazgan yig‘ilishda uylarni buzish ishlari bilan norozilik keltirib chiqargan hokimlarni uning siyosatiga xiyonat qilishda ...
7 oktyabr 2015
Qudrat Bobojon www.eltuz.com Kecha tushimga Shukrullo domla kiribdi. U kishi bilan hayotda faqat bir marta muloqot qilganman. U ham ...
3 yanvar 2023
Ulug‘ o‘zbek shoiri va muholifat lideri Muhammad Solih bilan suhbatning 20-qismida jurnalistning «Adabiyot nima?» degan savoliga javob beradi.
Bloglar
6 may 2024
Hayrli kun! Urganch shahrida yashayman. Bugun quyidagi voqea yuz berdi: men avtobusda telefonda gaplashib turgandim. ...
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...