Asosiy mavzular
6 avgust 2024

Tortib olingan yer, avtomoyka va sassiq axlat EP171

Eltuz Portaliga kelgan navbatdagi beshta maktub O‘zbekistonning Curxondaryo, Andijon, Jizzax, Samarqand va Namangan viloyatlaridan. Dastlabki murojaat Surxondaryo viloyatidan kelgan. Muzrabotda aholi kanalizatsiya hididan bezor bo‘lmoqda.

«Assalomu alaykum eltuz bobo,  biz Surxondaryo viloyati Muzrabot tumani Shaffof mahallasida yashaymiz. 

Biz yashaydigan domning oldida bolalar bog‘chasi joylashgan,  bog‘chadan chiqadigan chiqindi suv to‘g‘ri bizning dom oldiga keladi,  ushbu chiqindi suv issiqda shunchalik sasiganki nafas olishga qiynalasiz,  derazani ochsangiz uyning ichi ham sasib ketadi,  derazani ochmasangiz dimiqib o‘lasiz,  yosh bolalarimizni uyga qamab  o‘tiramiz,  bu ketishda bolalarimiz kasal bo‘lib qolishadi,  iltimos ushbu masalani yoritib,  muammoni hal qilishda yordam bering», deya yozmoqda muzrobotliklar.

Keyingi murojaat Andijon shahridan. Uy qurishda davlat standartiga rioya qilinmagani iddao qilinmoqda.

“Andijon shahri 1-kichik daha 42 V-uydan yozyapmiz.  Ko‘p qavatli uyimiz davlat standarti asosida qurilmagan.  Devor yupqa bo‘lganidan shovqinda o‘tirib bo‘lmaydi.  Hali bir yil ham o‘tmay yorilib ketgan.  Uyni qurishda iqlimni hisobga olishmaydimi?!  Issiqligidan uyda o‘tirib bo‘lmaydi,  qaytaga tashqari salqinroq.  “Usti yaltiroq,  ichi qaltiroq” uyimizni mutasaddilar tekshirishini so‘raymiz” deya yozmoqda andijonliklar.

Navbatdagi maktub Jizzax shahridan. Avtomoyka sabab ko‘p qavatli uy kanalizatsiyasi tez-tez tiqilib qolmoqda

“Jizzax shahri Bobur mahallasidan murojaat yo‘llamoqdaman.   Ko‘p qavatli uyimiz yonida avtomoyka qurib olishgan.  Shu sabab kanalizatsiyamiz tez-tez tiqilib qolyapti,  “Suvoqova”dan odam chaqirib tozalatyapmiz.  “Dom” yonidagi chinor daraxti tagiga “moyka”dan chiqadigan balchiqni chiqarib tashlashadi.  Uning yonida bolalar maydonchasi bor.  Bu bilan bolalarni ham zaharlashyapti.  Ekologiya va boshqa mutasaddi tashkilotlar holat yuzasidan chora ko‘rsin” deya yozmoqda Jizzaxliklar.

Keyingi shikoyat Namangandan. Fermerning olib qo‘yilgan yeri shubhali tarzda sotilayotgani iddao qilinmoqda.

“Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanidan yozmoqdamiz.  Fermer xo‘jaligimiz yeri tuman hokimligi tomonidan noqonuniy ravishda olib qo‘yilgan.  Holbuki,  paxtadan 43 tsentner,  bug‘doydan 50 tsentnerdan hosil olib kelganmiz.  2023-2024 yil uchun bug‘doy bo‘yicha shartnoma bo‘lsa-da,  hokimlik zo‘ravonlik yo‘li bilan olib qo‘ygan.  Olib qo‘yilgan yerlar esa shubhali tarzda sotilyapti.  Ayrim yerlarda hatto chorva boqilyapti.  Mutasaddilar holatni o‘rganib tegishli chora ko‘rsa yaxshi bo‘lardi” deya shikoyat qilmoqda namanganlik fermer.

Va nihoyat so‘nggi murojaat Samarqand viloyatidan.  Xatga ilova qilingan videoda poligondagi chiqindi va axlatlarning yoqilayotgani aks etgan.

 “Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanidan murojaat yo‘llayamiz.  Mahallamizda Kattaqo‘rg‘on shahri chiqindi to‘plash poligoni bor.  Bu yerdan badbo‘y hid chiqadi.  Buning ustiga,  chiqindilar ko‘pincha yoqiladi.  Aholi aziyat chekyapti,  holatni ekologiya xodimlari nazoratga olsin” deya yozmoqda Samarqandlik Eltuz obunachisi.

Va bu sizga yetkazganimiz bugungi so‘nggi maktub edi. Eslatamiz, eltuz portali telegramdagi alohida sahifadir. U erga xatlar uchun maxsus bot o‘rnatilgan. Eltuz kelayotgan shikoyatlar, videomurojaatlar, takliflar va ularga yozilgan javoblarni ham chop qilishga intiladi. Eslatib o‘tamiz, ayni soniyalarda kanalimiz obunachilari soni 666 ming nafarga yetdi.  Kanalimizga obuna bo‘ling. Agar ko‘rsatuvimizni qo‘llab quvvatlamoqchi, yoki ayrim yopiq videolarni ko‘rmoqchi bo‘lsangiz super raxmat tugmachasini bosing.  Sog‘ bo‘ling.

Tag‘in o‘qing
21 sentyabr 2021
O‘zbekistonda majburiy ruhiy davolash: sovet zamonidan qolgan amaliyot hamon mavjud O‘zbekiston inson  huquqlari forumi (O‘IHF) mamlakatda faollar ovozini o‘chirish maqsadida ...
12 may 2023
Toshkent shahar IIBB axborot xizmati rahbari Nilufar Isaxonova  ko‘chada yuzlab odamlarning Stalinni olqishlab, qichqirishini qonuniy deb baholadi.
16 sentyabr 2024
Germaniya kantsleri Olaf Sholtslning Markaziy Osiyoga birinchi borishi bir yil oldin Berlinda yoyinlangan «strategik mintaqaviy sheriklik» g‘oyasini qo‘llab-quvvatlash ishorasi ...
5 sentyabr 2023
Ellikqal'alik 44 yashar erkakning yosh bir qizaloqni to‘rtinchi sinfdan boshlab 13 yoshiga qadar zo‘rlab kelgani haqida eltuz va polis ...
Bloglar
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...
10 oktyabr 2024
Yuksalish maktabining gender ayirmachilikka asoslangan boshqaruvi haqidagi maqolaga o‘quvchilar ikki xil munosabat bildirdi. Bir suruv ...