Asosiy mavzular
30 may 2018

Muhammad Solih rasmini ushlab suratga tushganlar prokuraturaga chaqirildi

Xorazmlik shoir Mahmud Rajab va yana uch nafar shaxs 29 may kuni viloyat prokuraturasiga chaqirildi. Maxmud Rajab «Eltuz» muxbiri bilan suhbatida, prokuraturaga chaqiriq sababini Muhammad Solihni vatanga qaytarish tashabbusi va uning rasmini ushlab tushgan suratlarini feysbukka qo‘yishlari bilan bog‘laydi.

«Bobomurod ozod etilgan kuni to‘rttalamiz Muhammad Solih rasmini ushlab tushgan suratimizni internetga qo‘ygandik. Shuning uchun darrov sezdik nima uchun chaqirilganimizni. Oybek Sultonov degan yigit bizni bitta bittadan qabul qildi» deydi Mahmud Rajab.

Prokuraturaga telefon orqali chaqirilganini aytgan, Mahmud Rajab shuningdek, ikki soatdan ortiq cho‘zilgan suhbat, ko‘proq jinoyat ishi tergoviga o‘xshaganini bildiradi.

Prokuraturadagi so‘roq va ogohlantirishdan unga ma'lum bo‘lishicha, sal avvalroq Mahmud Rajab bilan yaqin aloqada bo‘lgan urganchlik ikki talaba bilan ham prokuratura shunday «do‘stona suhbat» o‘tkazilgan.

«Bu yigitlar bilan o‘rtamizda ijodiy munosabat bo‘lgan. Ular Muhammad Solih badiiy ijodini o‘rganishgan. Lekin men ularga siyosatga aralashmaslik, hatto Muhammad Solihni qaytarish murojaatiga qo‘l qo‘ymaslikni maslahat berganman. Lekin, menga ko‘rsatilgan ogohlantirishda buning mutlaqo teskarisi aks etgan», deydi Mahmud Rajab.

Uning bildirishicha, yigitlar bilan o‘tkazilgan «suhbat» ham go‘yoki ularning Muhammad Solih bilan «jinoiy» aloqalari, O‘zbekistonda «Erk» demokratik partiyasini qayta tiklash harakatlariga oid bo‘lgan. Mahmud Rajabning havotiricha, bu huddi o‘tgan yilning sentyabrida hibsga olingan Bobomurod Abdulla va uch nafar shaxs ustidan o‘tgan tergov motivlarini eslatadi.

Eslatib o‘tamiz, shu yilning yanvarida Mahmud Rajab va boshqa bir qancha o‘zbek ziyolilari «Erk» Demokratik partiyasi lideri Muhammad Solihni vatanga qaytarishni so‘rab prezident Shavkat Mirziyoevga murojaat bilan chiqishgan edi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
5 aprel 2018
O‘zining uch yashar o‘g‘lini bo‘g‘ib o‘ldirib, daraxtlar ostiga tashlab ketgan andijonlik Saidaxon Tillavoldieva 3 aprel kuni Toshkentda hibsga olindi. ...
3 aprel 2016
Birinchisi, bugungi kunda Toshkentda kelin topib berishga ixtisoslashgan maklerlar paydo bo‘lgan. Ularning xizmati o‘n ming so‘mdan ming dollargacha baholanadi. ...
3 iyun 2021
“Abdulla G‘arib prodakshn”, rassom Elsevar, rassom Tuz va “Eltuz” yangi siyosiy satirik animatsion filmlar turkumining 8-qismini taqdim etadi. Chiptasi ...
19 yanvar 2024
RT: Azizlar mana xafta aylanib siz bilan yuzma yuzman. MS: Ina amdolli yana go‘riship duripmiz sizla bilan. Nichikizla xo‘jik brri mo‘chchi ...
Bloglar
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...