Anons
14 iyun 2021

Rauf Parfi haykali uchun #100 loyihasi

O‘zbekistonda shoir Rauf Parfi xotirasiga bronza haykal o‘rnatish uchun bir guruh ziyolilar boshlagan pul yig‘ish harakati nihoyasiga yetmoqda.

“Biz unutmadik. Albatta haykal qo‘yamiz shoirga. «Yuz kishi» degan harakat boshladik. Rauf Parfining Toshkentdagi bronza haykali uchun yetmay qolgan mablag‘ shu yuz kishi o‘rtasida taqsimlanadi. Shu yuz kishidan biri rassom TUZ. Shu yuz kishidan biri bo‘lishni istaganlar yozilishi mumkin. Post tagiga ism yozing”, degan navbatdagi e'lon paydo bo‘ldi 14 iyun kuni ijtimoiy tarmoq sahifalarida.

Harakatni shu kunning birinchi yarmidayoq 40 nafarga yaqin faol qo‘llab-quvvatladi. Jumladan, Mirza Anvar, Shuhrat Bobojon, Sardor Salim, Dilbar, Murod Karim, Ismigul Shayxuddinova, Abduvohid Hayit, Azizullo Ergashjonov, Umid Soriev, Dilnora, Dilobar Asliddin qizi, Davronbek Yo‘ldoshev, Feruza Mahmudova, Go‘zal Begim, Bahrom Rahmon, Edelveys, Qutbiddin Muhiddin, Ilyos Safarov, Malohat Mirzaeva, Shuhrat Melikov, Xurshid Abdurashid, Anora Sodiqova, Zafar Habibullo, Nozima Rizaeva, Nilufar, Barno Sultonova, Shukur Jabbor, Rahmat Bobojon, Sharifa Madrahimova, Sundar Qoraboev, Islom Mo‘min, Abduhamid Pardaev, Olima Nabieva, Nasiba Yo‘ldosheva, Qudrat Bobojon…     

Shoirning bronza haykalini o‘zbekistonlik taniqli haykaltarosh Azamat Hotamov yaratishga jazm qilgan. O‘zbekistonning yaqin tarixida ilk bor shoir uchun elning o‘zi mablag‘ yig‘moqda.

“Eldan biri sifatida siz ham, men ham o‘z shoirimiz haykali tiklanishiga ko‘mak beramiz. Sho‘rvada sizning ham tuzingiz bo‘lsin”, deyiladi joriy yilning 14 fevralida ochilgan guruhning telegram sahifasida.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
23 iyun 2017
Shu oyda Turk davlat banki Ziraat bankasi Toshkentda o‘z filialini ochishi kutilmoqda. Bu haqda 20 iyun kuni O‘zbekiston Bosh ...
15 oktyabr 2020
O‘nta roman yozay, ellikta she'riy to‘plamim nashr etilsin, yozganlarim dunyoning barcha yirik tillariga tarjima qilinsin, million nusxada kitob bo‘lsin, ...
27 yanvar 2020
Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumani IIB qidiruv bo‘limining besh nafar xodimi gumonlanuvchini so‘roq paytida urib o‘ldirib qo‘yganlikda ayblanib hibsga olindi. ...
2 fevral 2021
“Eltuz” qisqa hajviy animatsion filmlar turkumini davom ettiradi. Navbatdagi film yozuvchi Rahimjon Rahmat matni asosida tayyorlandi. Muallif Qo‘qonning Kapponbozorida ...
Bloglar
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...