Catira
12 yanvar 2018

O‘zbekiston o‘g‘rilar pulini yuvadigan kir mashinaga aylandimi?

O‘zbekistonda va chet ellarda shu paytgacha yashirin biznes bilan shug‘ullanib kelgan o‘zbekistonliklarning o‘g‘irlik pullari prezident Mirziyoev tomonidan amnistiya qilinishi kutilmoqda.

Bu haqda 11 yanvar kuni Iqtisodiyot vaziri o‘rinbosari Mubin Mirzaev kun.uz muxbiriga bildirgan.

Prezident Mirziyoev 8 dekabr kuni parlamentdagi Konstitutsiya kuniga bag‘ishlangan chiqishida: «Agar kimdir mamlakatga bir vagon valyuta olib kelsa-yu, uni tekshirishsa, hammasini shu zahoti ishdan olaman!» degan edi.

Mirzaevning Press-klubda aytgan so‘zlariga ko‘ra, yashirin iqtisodiyotni legallashtirib, korxona va tashkilotlarning bemalol ishlashiga imkon beradigan takliflar Iqtisodiyot, Moliya vazirliklari va Markaziy bank bilan hamkorlikda tayyorlanmoqda.

Rassom Tuz
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
16 noyabr 2022
O‘zbekiston rassomlar uyushmasi a'zosi, rangtasvir, grafika va karikatura ustasi, yetuk rassom, Eltuz ijodiy jamoasi a'zosi Shavkat Muzaffar (Shavkat Turopov) ...
7 noyabr 2016
Ayrim siyosiy partiyalarning nashrlari siyosiy hushyorlikning yorqin namunasini namoyon etdi. «Adolat» partiyasining shu nomdagi gazetasi (4.11) ilk sahifasini saylovchilarni ...
25 sentyabr 2017
Ulug‘nor tumani rahbarlari paxta rejasini talabalarsiz endi qanday to‘ldirish haqida qayg‘urishmoqda. 22 sentyabr kuni andijonlik talabalar paxta yig‘im-terimidan qaytishdi. ...
29 oktyabr 2018
O‘zbekistonda majburiy mehnatni tashkil etishning asosiy ijrochilari kuchishlatar tuzilmalar, ya'ni asosiy faoliyati qonunni himoya qilish bo‘lgan idoralardir. Bu idoralarni ...
Bloglar
11 may 2024
1944 yilning 11 mayida Stalin barcha qrim tatarlarini Qrimdan surgun qilish haqidagi mash'um qarorni imzoladi. ...
6 may 2024
Hayrli kun! Urganch shahrida yashayman. Bugun quyidagi voqea yuz berdi: men avtobusda telefonda gaplashib turgandim. ...
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...