Catira
19 mart 2018

Mirziyoev yuradigan yo‘lni supurgan o‘qituvchi «KamAZ» tagida qoldi

Prezident kelishi oldidan yo‘lni tozalashga olib chiqilgan samarqandlik o‘qituvchi, 23 yoshli Diana Yenikeeva 14 mart kuni «KamAZ» mashinasi tagida qolib halok bo‘ldi.

O‘sha kuni Kattaqo‘rg‘on tumanidagi 42-maktab o‘qituvchilarining yo‘l tozalayotgani aks etgan suratlar va ayrim hujjatlar «Eltuz» nashriga kelib tushdi.

Kattaqo‘rg‘on tumani hokimligi raddiyasi

Bu surat va hujjatlarda o‘qituvchilarning surunkali majburiy mexnatga jalb qilingani o‘z isbotini topadi.

Ayni paytda Kattaqo‘rg‘on tumani hokimligi Diananing majburiy mehnat qurboni bo‘lganini rad etdi.

«O‘rganishlar natijasiga ko‘ra, maktab o‘qituvchilari, jumladan, Diana Yenikeeva ham hech qanday yo‘l chetini tozalash, supurish uchun chiqarilmagan», deyiladi 18 mart sanasi yozilgan va “Eltuz” nashrida nusxasi mavjud bo‘lgan raddiyada.

Biroq Kattaqo‘rg‘on tumani hokimi o‘rinbosari M.Muzaffarov va viloyat xalq ta'limi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Q.Saidov imzolagan hujjatning keyingi abzatslaridayoq «hech qanday yo‘l chetini tozalash, supurish uchun chiqarilmagan», degan gap inkor etiladi.

«Shahar-tumanlar markazi, mahallalar, guzarlardagi xiyobonlar, ko‘chalar atrofi va ariqlar chetlari tozalanishi, daraxt va gul ko‘chatlari ekilishi bor gap», deya uqtiriladi hujjatda.

Hokimlikning bildirishiga ko‘ra, bu holat «mamlakatda mart-aprel oylari obodonlashtirish oyligi, deb e'lon qilingani ham «Tozalik bor joyda, baraka bor» naqlining amaliy ifodasidir».

O‘zbekiston prezidentining viloyatlarga tashrifidan oldin mahalliy hokimliklarning “xo‘ja-ko‘rsin” tadbirlari va supurib sidirishlarga, asosan, o‘qituvchi va tibbiyot xodimlari jalb qilinmoqda.

Rassom Kirpi
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
5 mart 2021
Qarg‘algan millati ho‘kizday ishlab,Rahmatning o‘rniga eshitar minnat,Bor-yo‘g‘ini dunyoning poyiga tashlab,“O‘g‘ri” deb nom olar qarg‘algan millat.Qarg‘algan millatning kelajagi tul,Daryolari qurib, ...
1 avgust 2017
Iyul oyida O‘zbekiston televideniesi hayotida ro‘y bergan eng muhim hodisa, shubhasiz, «O‘zbekiston 24» telekanalining faoliyat boshlagani bo‘ldi. Garchi mamlakat ...
22 dekabr 2016
«Hurriyat» gazetasida (21.12) bosma nashrlar haqida chop etilgan maqola sarlavhasini o‘qib, unda dolzarb masala ko‘tarilgan ekan, deb o‘ylashingiz mumkin. ...
24 iyun 2016
21 iyun kuni o‘shlik Rustamjon Turg‘unov ismli 33 yashar o‘zbek o‘zi bilan birga Fotixdagi arzon mehmonxona (Malabadi Beyazit Hotel)da ...
Bloglar
6 may 2024
Hayrli kun! Urganch shahrida yashayman. Bugun quyidagi voqea yuz berdi: men avtobusda telefonda gaplashib turgandim. ...
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...