«Qo‘rqmaslar»ni tag‘in yechintirib tintuv qilishdi
15 oktyabr kuni Samarqandda «Qo‘rqmaslar» guruhini tamsil qiluvchi faollar – Maloxat Eshonqulova va Yelena Urlaeva ichki ishlar xodimlari tomonidan ushlandi.
«Eltuz» nashriga intervyu bergan Eshonqulova, ular Samarqandga tibbiyot hodimlarini paxta terimiga majburlash holatini o‘rganish uchun borishganini aytdi.
Ular shuningdek, paxta janjali tufayli o‘lgan 52 yoshli tibbiyot hodimi Fahriddin Saidov ishini o‘rganishgan.
Urgut va Pastdarg‘om tumaniga tibbiyot xodimlari olib ketilayotgan avtobus kolonnalarini tasvirga olishgan.
Hibsga olingan faollar, Pastdarg‘om tumani IIBda 5 soatdan ortiq ushlanishgan.
Ularni haqoratli tarzda yechintirib, tintuv qilishgan.
Urlaevaning dori ta'sirida qon bosimi oshib u xushidan ketgan.
Tintuv payti, shuningdek, uning flesh-kardi olib qo‘yilgan.
Fleshkartada Samarqand tibbiyot hodimlarining majburiy tarzda paxtaga jalb qilingani haqidagi tasvirlar bor edi.
Bu materiallarni faollar kun bo‘yi yig‘ishgan edi.
«Qo‘lga tushaverib, ehtiyot chorasini ko‘rib qo‘yganim uchun, menikini topa olishmadi», dedi Maloxat Eshonqulova «Eltuz» muxbiriga.
Urlaeva va Eshonqulovani ayni faoliyatlari bois, militsiya xodimlari har yili paxta mavsumida ushlashadi.
2016 yilgi paxta mavsumida Buxoroda, 2015 yilning oktyabrida esa Xorazmda mahalliy militsiya xodimlari, majburiy mehnat faktlari to‘plangan fleshkani qidirib, faollarni ayni tahqirli tarzda yechintirib tintuv qilishgandi.
Eltuz.com