Asosiy mavzular
13 mart 2018

«Ozodlik» radiosiga tahdid qilgan imom diniy idora nazoratiga olindi

Toshkentning Mirza Yusuf masjidi imomi Rahmatullo Sayfuddinovga 9 mart kuni «Ozodlik» radiosini la'natlab, unga «janoza o‘qigani» ortidan Vazirlar Mahkamasining Din ishlari qo‘mitasi tomonidan ogohlantirish berildi.

O‘zini psixogenetika mutaxassisi sanagan imomning radio jurnalistlariga tahdidi «Ozodlik»ning 65 yilligi sanasiga to‘g‘ri keldi.

«Ozodlik»ning o‘zbek xizmati direktori Alisher Siddiqov 65 yillik tarixida radio kasb tamoyillariga amal qilishga intilib kelayotgani va ayni materialda ham xolislikka to‘la rioya qilinganini aytdi.

Imomning jurnalistlarni haqorat qilishiga uning feysbukda tarqalgan «xotinlar jinsiy aloqa paytida eri emas, turk seriallaridagi chiroyli erkakni xayoliga keltirsa, bunday ayollardan «havorang (gey) bolalar» tug‘iladi”, degan fikridan iqtibos keltirilishi sabab bo‘lgan edi.

«Eltuz» muxbiri 12 mart kuni Din ishlari qo‘mitasi masjidlar bo‘limi xodimi bilan telefonda bog‘landi va jurnalistlarga tahdid qilgan imom diniy idora nazoratiga olinganini aniqladi.

Ma'lum bo‘lishicha, Sayfuddinov juma kuni qilgan ma'ruza taftish uchun ekspertizaga berilgan, o‘zi esa Vazirlar Mahkamasi huzuridagi din ishlari idorasi tarafidan ogohlantirilgan.

Imom «turk seriallari»ga qarshi 2 mart kungi chiqishida gapirgan edi.

9 mart kungi ma'ruzasida esa u «turk seriallari» haqida gapirmaganini aytib, uning fikridan iqtibos keltirgan jurnalistlarni 7-asrda yashab o‘tgan bir arabning nabiralaridir, deb atadi.

«Men ochiq-oydin aytaman, «Ozodlik» Ubay ibni Salul boshchiligidagi o‘sha munofiqlarning nevaralari!» deydi u.

Shundan so‘ng 17 minutlik ma'ruzasida imom radio ustidan “janoza» namozini o‘qigani haqida bayonot beradi.

Bundan ilgari erkaklarning ginekologiya bilan shug‘ullanishga haqi yo‘qligi iddaosi bilan mashhur bo‘lgan imom bu safar o‘zini psixogenetika mutaxassisi ham deb atadi.

«Psixogenetika – bu yangi fan. O‘zim men bu fanni o‘qiyapman, bunda men mutaxassisman», dedi Sayfuddinov.

Imomning «turk seriallarni ko‘rib, chiroyli erkaklarni tasavvur qilgan ayollardan «havorang» bolalar tug‘iladi», degan fikri yuzasidan «Eltuz» nashriga intervyu bergan kanadalik o‘zbek huquqshunosi Dilsora Fozilova buni ilmsizlikdan boshqa narsa emas, deya hisoblashini bildirdi.

Huquqshunosning fikricha, bugun imomlarning ijtimoiy tarmoqlar orqali bu gaplarni tarqatishi kulgilidir.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
27 oktyabr 2023
1923 yilning 13 dekabrda Toshkentda RCP (b) Markaziy qo‘mitasi Markaziy byurosiga Turkiston SSRning 30 taniqli «qirg‘iz ishchilari» tomonidan ...
31 iyul 2023
Shaxrixonsoyda uch o‘spirin jasadi topildi. 30 iyul kuni Andijon viloyati Xo‘jaobod tumanidan oqib o‘tuvchi Shahrixonsoydan uchta o‘spirin yigit murdasi ...
26 aprel 2021
Zamonaviy o‘zbek turkshunosligining yirik vakili Andrey Kubatin 2020 yil 29 oktyabrda koronavirus xastaligidan vafot etgandi.  2017 yilda olim Jinoyat ...
21 may 2024
Vertoleti ontarilib o‘lgan Eron prezidenti minglab odamlarni qatl qilgan sharafsiz bir jallod edi. It o‘limida o‘ldi desak haqqimiz ketadi. ...
Bloglar
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...
10 oktyabr 2024
Yuksalish maktabining gender ayirmachilikka asoslangan boshqaruvi haqidagi maqolaga o‘quvchilar ikki xil munosabat bildirdi. Bir suruv ...