ART-DURBIN
21 noyabr 2023

Rassom Tuzning qattiq X-Factori

O‘zbekiston X faktor shousini o‘tkazadigan dunyodagi 58 davlatdan biri bo‘ldi.

Qadrli muxlislar, bugungi mavzuimiz 19 noyabr kuni 12 nafar finalistlarni sahnaga chiqargan X faktor shou loyixasiga bag‘ishlanadi.

Talantlarni izlab topib yuzaga chiqarish barobarida real shouni taqdim qiladigan ushbu TV loyiha olqish va tasannoga loyiq.

Bu loyiha asosiy sponsori – O‘zbekiston ekologiya vazirligi. Balki shu bois madvazirlikdagi naftalinlar bu loyihani sazoyi kesakbo‘ron qildi, deya izohlagan edi so‘nggi ziddiyatli mojaroni Rassom Tuz.

Ammo bugun gap bu haqda emas. Gap shouning el orasida mashxur bo‘lib sevilgani haqida. Shouda o‘zbek tiliga urg‘u beriladi. Hatto Lola ham o‘zbekcha jumlalarni yodlab, chiroyli talaffuz qilmoqda. Aytish joizki ayrim postsovet hududlarida, masalan Qozog‘istonda rus tilida olib boriladi.

Shu bilan birga X Faktor O‘zbekiston zamonaviy madaniy dunyo bilan baravar qadam tashlayotgani ko‘rinmoqda va shouda ingliz, frantsuz, moldavan va fors tilida ham qo‘shiqlar aytishdi.

Olib boruvchilar haqida. Asosiy motor bu shlyapa kiygan Ibrohim. Qoshlari Akaevnikiga o‘xshaydigan bu jyuri a'zosi maksimum samimiyligi bilan shouning jonli bo‘lishini ta'minlamoqda.

Lola Yo‘ldosheva o‘zining teran fikrlarini rus tilida aytadi. Kamerada Lolaning mayus va ba'zan o‘ychan ko‘zlarini ko‘rib uning samimiyligiga ishonamiz. Lola – shouning urib turgan yuragi.

Ravshan Komilov, mening nazarimda, shouda «to‘y generali» rolida. Umumiy gaplarni gapiradi. Qatnashchilardan biri Muxammadali Shirinovning ismini bilmay «Jingalak» deb chaqiradi. Xorazmlik qatnashchi Javlon Sapaevni Buxorodan deb aytadi. Sahna ortida ustozlik qilish ishlariga ham vaqti bo‘lmagan ko‘rinadi.

Dunyoda Jasmin degan ashlachi borligini shu X faktordan bildim. Jyuri a'zosi sifatida «O‘ppaaa» deb olqish aytib o‘tiradigan quvnoq va ayni paytda mushfiqa bir qiz. Maksimum samimiy va yoqimtoyligi bilan tomoshabinlar mehrini qozona oldi.

Ko‘rsatuvni Toshkent to‘ylarining krutoy boshlovchisi Nilufar Sotvoldieva obormoqda. Darrov aytaman, jyuridagilarga xos samimiyatni bu opaxonda ko‘rmadim. To‘y o‘tkazayotgandagi sun'iy format qolipidan chiqa olmayapti. Holbuki X faktor maksimum erkinlikni talab qiladigan format.

X Factor —muallifi Saymon Kouell bu dasturni o‘ylab topganda tarmoq rivojlanmagan edi. Shu bois asosan teledastur o‘laroq taqdim qilinadi.

Bugun esa dunyoda televizor ko‘rmaydiganlar soni millionlab. Ular ko‘rsatuv qachon yutubga qo‘yilarkan deb kutib o‘tirishmaydi.

O‘zbekcha X Faktorni ham poka asosiy rasmiy yutubga yuklangunicha pirat qaroqchilar tarmoqqa qo‘yib yotibdi. Menam co‘nggi finalistlar ishtirokidagi videoning pirat versiyasini ko‘rishga ulgurdim.

Ovoz berish jarayonida qo‘shiq aytgan Munisa Rizaeva «Olloh X faktor tomonida» dedi. Menga qizig‘i u buni qaerdan bilibdi. Muso payg‘ambar kabi xudo bilan gaplashibdimi. Nahotki shou biznesni ham yaratgan qo‘llab quvvatlasa?

Eng muhimi – ko‘rsatuvni millionlab tomashabinlar qo‘llab quvvatlamoqda. Shu bois Eltuz jamoasi ham shou atrofida kechayotgan voqealarni sharxlab borishga qaror berdi. Kanalimizga obuna bo‘lishni, videolarimizga layk bosishni unutmang. 

Tag‘in o‘qing
21 fevral 2017
Bugun O‘zbekistonda barcha banklar «xalq manfaati»ni o‘ylab qolgan. Ularning vakillari uyma-uy yurib, odamlarga kredit tarqatish bilan ovora. Yangi prezidentning ...
27 aprel 2018
Negadir turli tabaqalardagi ba'zi kishilarda yana 9 mayni bayram qilish «qichimasi qo‘ziyapti». Bu sana bizda Ikkinchi jahon urushida qatnashib ...
3 mart 2020
Yig‘ilishda Qashqadaryoning Mirishkor tumani hokimi Baxtiyor Rajabovning o‘z qo‘l ostidagilarni va yig‘ilish ishtirokchilarini uyat so‘zlar bilan haqorat qilgani va ...
8 dekabr 2020
Navoiy viloyatining Xatirchi tumanida jasadi 6 noyabr kuni katta ariqdan topilgan 55 yashar fermer Muzaffar Muhammadievning yaqinlari u tuman ...
Bloglar
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...
10 oktyabr 2024
Yuksalish maktabining gender ayirmachilikka asoslangan boshqaruvi haqidagi maqolaga o‘quvchilar ikki xil munosabat bildirdi. Bir suruv ...