Asosiy mavzular
13 sentyabr 2024

Otarchining otasi kim?

RT: Aziz og‘a ini, opa singil qadrdonlarim. Mana hafta aylanib siz bilan birgaman. 

MS: Nichiksizla xo‘jik brri, mo‘chchi oybikala. Andijonda  novvi bo‘ldi, og‘o? 

RT: Anjanlik kinnachi do‘xtr, 26 yashar  bo‘g‘oz xotinni o‘ldirdi

MS: Ibiy big‘ozmadi bechoro?

RT: Appenditsitni «sehr jodu» deb o‘ylab, kasalni o‘ldiradigan anjanlik vrachni dekvalifikatsiya qilish kerak. Ilm o‘rniga cho‘pchak o‘qigan zombilarni tibbiyot, fan va davlat organlaridan supurib tashlash kerak. 

Kun.uz nashri anjanlik ikkiqat  xotinning tug‘uruqdan so‘ng Andijon shahar  roddomida o‘lgani haqida o‘z surishtiruvini yoyinladi. 

Doktorlar bu xotindagi   ko‘richakni «sehr» deb, qalandarxonada «chalpak tarqatish» va xolvaytar pishirib «o‘qitvorish»  degan «diagnoz tavsiya» bergan. 

Pora bilan AMIga kirib anatomiya o‘rniga xaptiyak o‘qigan bu johil do‘xtr «davo»si ortidan ko‘richak yorilib, xotin o‘ldi. 

MS: Og‘o uyot gap oydingizmi. AMI degani novvi. Ënqi narsami?

RT: Yo‘q. AMI – Bu Andijon medidtsina institutining qisqartma abviraturasi.

(Kulgi jingl)

MS: Bolo dirimi?

 RT: Xotin o‘lishidan oldin, 8 oylik bola to‘lg‘oq chaqiruvchi dori bilan tug‘dirib olindi. 

Bu bola tug‘ilishi bilan yetim bo‘lgan go‘rqiziga aylandi.

(Jingl hayot beshafqat)

Anatomiya o‘rniga AMIda cho‘pchak o‘qigan bu qotil do‘xrlar o‘zlari o‘ldirgan anjanlik xotin janozasiga kelib konvertda pul berib, «yozib chizmanglar, o‘lish taqdirida bor ekan, xudoning ishi» deya o‘z jinoyatini xudoga ag‘darish va pora bilan o‘z qilmishini bosti bosti qilishga uringan.

Anjan shahar hokimi zami ham o‘rtaga tushib, «do‘xtrdi ustidan yozmanglar, qamalib ketsa bola chaqasini kim boqadi» degan.

Bu savodsiz do‘xtrlarning taqdiriga qamag‘ yozilgan. Qochishib qutulolmaydi.

Bu xotinni, apenditsitni sehr jodu deb o‘ylaydigan zombi do‘xtrlar o‘ldirganidan 15 kuncha o‘tib, «mazkur holatni o‘rganish maqsadida maxsus ishchi guruh tuzilgan. Respublika Sog‘liqni saqlash vazirligi mutaxassislari vaziyatni o‘z nazoratiga» olibdi.

MS: Posle pojar – xuy nasos. 

RT: 2017  yilning iyul oyida  Prezident Mirziyoev O‘zbekistonda kirishga to‘siq qo‘yilgan eltuz.som saytida chop qilingan maqolani deputatlarga o‘qib bergan edi. Mirziyoev ertalab internetni o‘zi ochib maqolani topgani va unga buni hech kim olib kirib bermaganini aytgan.

11 iyul kuni eltuz.com saytida chop qilingan maqolada Beshariq tumanidan Vohid Amonov tilidan «Vaqtida operatsiya qilinganida xotinim tirik bo‘lar edi» sarlavhali maqola chop etilgan.

Mirziyoev ushbu maqolani 2017 yilning 12 iyul kuni siyosiy partiyalar va parlament vakillari oldida ma'ruzasi chog‘ida o‘qib bergan edi. 

Prezident diqqatini tortgan Eltuz maqolasida Beshariq tumanida doktorlar o‘ldirgan xotin haqida tashvishli xabar yozilgan edi.

MS: Bizani Mirziyovni o‘zi o‘tirib o‘qiydi

RT: Oradan 7 yil o‘tdi. Mol do‘xtrlar odam o‘ldirishda davom etmoqda. 

Kun. Uzdan direkt tsitata:

«Bu Andijon viloyati tug‘uruqxonalaridagi shifokorlarning mas'uliyatsizligi tufayli yuz berayotgan birinchi o‘lim emas. Viloyatning Qo‘rg‘ontepa tumanida appenditsit tashxisi bilan gumonlanib, operatsiya qilingan ayolning vafoti, Buloqboshida shifokorlarning beparvoligi sabab sog‘lom chaqaloqning o‘limi, Asakada esa ona-bolaning o‘limi yuz berganiga ko‘p bo‘lmadi. Bu esa viloyatda sog‘liqni saqlash, aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish, mutaxassislar layoqatining qay darajada ekanini bildiradi.»

Manovi esa ilm o‘rniga cho‘pchak o‘qigan molduxtrlar o‘ldirgan, jijisi yetim qog‘an  anjanlik xotinning katta opasi aytgan gap:

«Singlim ahvoli yaxshimasligini, qusganini aytdi. Uni tug‘dirgan ginekolog vrach kuyovimizni chaqirib, ayoli va bolasiga o‘limga katta sehr qilinganini, tezda chalpak va holvaytar qilib, «Qalandarxona» degan joyga berib qo‘ymasa, o‘lib qolishi mumkinligini aytdi.»

Bu gapni 21 asrning «Yangi O‘zbekiston» degan zombiland o‘lkadagi oliy ma'lumotli vrach aytmoqda. 

Lekin men xayron bo‘lmadim. Sal oldin AMI (Andijon med instititut)da anatomiya darslari o‘rniga qur'on tajvid o‘qish bo‘yicha musobaqa o‘tkazilgani va qiroati tekkis stuudentlarga Andijon tibbiyot instituti rektorat va dekanatidagi xojakalar sovg‘alar bergani haqida tashvish bilan yozgan edim.

Medinstitutni boshqarayotgan xojakalar duxtr o‘rniga qalandarxonada tekin chalpak kutadigan ko‘rqori chiqaramiz, deb niyatni yaxshi qig‘an bo‘lishsa kerak.

O‘tkan yili Andijondagi institutning filologiya kafedrasi mudiri bo‘lib ishlaydigan professor, ikki reys umra, bir reys xaj qigan xola «har qanday kasalni duo o‘qib tuzatsa bo‘ladi» deb aytuvdi. 

Oliy professional ta'lim diniy dogma, mrakobesiya va cho‘pchakdan xoli qilinmas ekan, qotil vrachlar odam o‘ldirishda davom etaveradi.

Boz ustiga lyuboy ikkichi so‘tak «suuperkontrakt bilan  AMIga kirib ketaverar» ekan.

Buning oqibati millat uchun xalokat. 

Janob prezident tibbiyot soxasida superkontrakt asosida o‘qitishni taqiqlang. 

Bu o‘lim qolim masalasi.

MS: Qorsildop uchib gursilday singoylo. O‘lganinda bo‘yi bo‘yrog‘o yetmasin. Diri voxtindo go‘rgani xo‘rliq, yegani toyoq bo‘lsin. Bolo chog‘osini o‘lisini go‘rsin…

Yashash, bu — orzular qanotin kermoq,

Yashash, bu — muhabbat gullarin termoq.

Yashash, bu — umrning gulgun damlarin

El uchun yashamoq, el uchun bermoq. (O. Matjon)

MS: Og‘o, qo‘ying she'r oytmong. Tozoliqladan so‘llang

Shumxabarlar

2023 yilda korruptsiya jinoyati uchun sudlangan 566 nafar shaxs davlat xizmatiga qaytadan ishga kirgan va korruptsiya jinoyatlarini qayta sodir etgan.

Video

Jizzaxdagi shifoxonada erkak xotinini pichoqlab tashladi. Jabrlanuvchi tuman tibbiyot birlashmasida hamshira bo‘lib ishlagan. Jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Ijtimoiy tarmoqda “Hamshira pichoqlandi” izohi bilan videotasvirlar tarqaldi.

Darhaqiqat, joriy yilning 7 sentyabr kuni soat 21.40 da Zarbdor tumanining “Mustaqillik” mahallasida istiqomat qiluvchi B.B. o‘zi bilan hozirda birga yashamaydigan turmush o‘rtog‘i D.B.ning tanasiga bir necha marta pichoq urgan. Shu tumanning “Nurobod” mahallasida istiqomat qiluvchi, tuman tibbiyot birlashmasida hamshira bo‘lib ishlaydigan ayol ayni vaqtda shifoxonada. 

O‘z navbatida ayblanuvchi qo‘lga olinib, holat yuzasidan tegishli tartibda jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. 

MS: Nerda bi medsesstra apikani so‘yg‘on arkak?

RT: Qamag‘da.

MS: asirtavaraing asa…

RT: Jinoyat ishlari bo‘yicha Beruniy tuman sudining hukmi bilan qasddan odam o‘ldirish jinoyatini sodir etgan muqaddam sudlangan xavfli retsidivist 20 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi. Bu manyak uyiga kelgan mehmonni vahshiylarcha o‘ldirgan.  Sudlanuvchi jasadning terisidan bir nechta joylaridan kesish bilan kifoyalanmay, jasadni axlatga qo‘shib yoqib yuborgan.

video

MS: Og‘o shu, meymonni o‘ldiradonlorom chiqdimi indi. Osli qomoqdon chiqormosliq garak adi. Novvi davadi Navoiy oto

Jingl

PPS XODIMINI PIChOQLAGAN O‘G‘RI QAMAG‘DA

Toshkent shahri TTZ hududida sodir bo‘lgan o‘g‘rilikda gumonlangan shaxs IIB xodimiga qarshilik ko‘rsatgani uchun sudlandi.

PPS xodimlari o‘g‘irlik sodir bo‘lgan joydan rasm va videolar kabi ashyoviy dalillar bilan fuqaro Abdurahimov Sadriddinning Chirchiqdagi uyiga borishadi. 

PPS xodimlari Fuqaro bilan tushuntirish ishlari olib borish va tergov-surishtiruv jarayoniga jalb qilish uchun uni boshqarmaga olib bormoqchi bo‘lishadi. Shunda Abdurahimov Sadriddin PPS xodimlariga keskin qarshilik ko‘rsatib, ulardan birini pichoq bilan jarohatlaydi.

IIB xodimining chap qo‘l barmoqlarini pichoq urilgan. Sudda IIB noziri Abdurahimov Sadriddinga nisbatan da'vosi yo‘qligini bildirgan. 

Sudya Abdurahimov Sadriddinning muqaddam bir necha bor sudlangani, IIB xodimiga qasddan shikast yetkizganini inobatga oldi. Abdurahimov Samandar 3 yilu 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilindi. 

MS: Nerda vu Samandar deyan danjik?

Qamag‘da.

Botirning otasi kim?

MS: Og‘o, to‘y suvodon bir ko‘p bololi artis otom kim dap yuripmish?

RT: Xamza teatrida buyuk akter Shukur Burxonov o‘ynagan Shox Edip spektaklini ko‘rgandim. Shunda Shox «Naslu nasabimni bilmak istayman» deb na'ra tortadi¸

MS: Ko‘na xirmonni so‘virmong. Xozirqi zomono qoyting.

RT: Xalq o‘z savoliga javob topib sevinib ontarilib tushdi. Millionlab o‘zbeklar orziqib kutgan savol javobi aniq bo‘ldi. O‘zbek millati tin olib yengil tortdi.

Nima masala edi bu? 

Elektrga limit, gaz yo‘q, davlat pulini o‘marib qamalgan  600 amaldor qamag‘dan chiqiboq yana raxbarlik kursisiga o‘tirib jinoyat sodir qildi. 

Ulli yoshullining domodi Toshkentni yarmini buzib, yarmini egallab xovli joy qilyapti. 

Vassalistonga egaman degan o‘ris og‘a ikki kunning birida Toshkentga kelib, raxbarlarga ponyatka beryapti. 

Sanktsiyaga tushgan o‘ris o‘margan kartinani ham o‘zbek shirkat «apkirib beryapti». 

IIV va boshqa idoralar, hamda sog‘liqni saqlash tizimini diniy zombilar bosgan. 

Afg‘onistondan o‘n battar shaklda kinnachilar ko‘payib, kasallarni doktorlar o‘ldirmoqda. 

O‘risning sanktsiyaga tushgan oltinini ham O‘zbekiston hukumati sotib beryapti.

Fermer yetishtirgan paxta ko‘chada yotibdi. Klasterlar bankrot. 

Tashqi qarzi 40 milliardga yaqinlashgan hukumat olimpiya qishlog‘i quryapti. 

Bu orada maktablar vayrona, boqchalar seksodrom. Qish kelyapti. O‘tin yo‘q¸ ko‘mir oz.

Bu muammolardan birortasi xalqni qiziqtirmaydi. Ularni faqat bir narsa qiziqtiradi. 

Botirdi o‘yinchi enasi Sheraliga berganmi yoki yo‘qmi? 

Botirning otasi kim? 

Bitta qashshoq kampir dorisizlikdan o‘layotib, «so‘tni qarori chig‘dimi? Botirdi otasi Sherali xopizmi» deb so‘rab jon berdi. Savol javobini qiyomatda Sherali xojakani o‘zlaridan so‘ravoladi endi.

O‘rusiyatdagi putinqul mardikor ham, qamag‘dagi aprs, qori bo‘laman deb xujrada shinasi teshilgan mullabachchadan tortib, seks jixod qilmasam qoniqmayman degan xijobashka qoriyagacha bir savol javobini istaydi..

Sherali kimdi qorniga bola suqqan?

11 sentyabr o‘zbekning asriy orzusi ushalgan kun. Aynan shu kuni FIB Toshkent shahar Uchtepa tumanlararo sudi ashlachi Botirdi otasi o‘lip ketkan xopz Sherali deb topdi.

Ura. Salyutlar otilsin. Anjan vashshe hayajondan ontarilib tushdi. 

Sud da'vogar Qodirov Botirning otalik faktini belgilash haqidagi da'vo arizasini qanoatlantirdi. Marhum Sherali Jo‘raev 1981 yil 5 mayda tug‘ilgan Qodirov Botir Sheralievichning otasi deb  belgilandi.

Ana!

«1981 yil 5 mayda tug‘ilgan Qodirov Botir Sheralievichni Andijon shahar FHDYo bo‘limida 1983-yil 11-martda 12-son bilan qayd etilgan tug‘ilganlik haqidagi dalolatnomaning ota ustuniga Sherali Jo‘raev deb ko‘rsatilsin», — deya qayd etdi sudya O‘tanboeva.

Ana!

Bu sud qarori ba'zi yozg‘uvchilar millat ustuni deb atagan Sherali Jo‘raevning g‘irt yolg‘onchi va tuxmatchi ekanligiga hujjat bo‘ldi.

Sherali Jo‘raev barcha anjanlik aprs xojakalar kabi xudoni o‘rtaga qo‘yib qasam ichib, Botir mening o‘g‘limmas degan edi.

Xullas Botir degan otarchining otasi Sherali degan yotarchi.

Xursanmisan piypl.

MS: Mongo baribir. Uring potyani.

RT: Assalom O‘zbekiston, Juma muborak!

Tag‘in o‘qing
30 noyabr 2016
Bir guruh o‘zbek faollari Telekommunikatsiya sektoridagi korruptsion sxemalar yordamida to‘plangan aktivlarning musodara qilinishi va korruptsiya jabrdiydalariga qaytarilishi lozimligi haqida ...
24 yanvar 2016
O‘zbekiston rahbariyati “bizda millionerlar yo‘q” deb turgan bir paytda Qashqadaryo viloyat Yakkabog‘ tumanida 23 yashar millioner istiqomat qilmoqda. Agar ...
21 dekabr 2020
Linn Shveysfurt O‘zbekiston paxta sanoatida bolalar va kattalar majburiy mehnati bo‘yicha o‘tkazilgan 10 yillik monitoring va hisobotlardan so‘ng mamlakat ...
21 iyun 2020
(bo‘lgan voqea) Tarjimon sifatida Rossiyaning militsiya bo‘limlaridan biriga chaqirishgan edi. Bo‘limda jinoyatchi sifatida gumon qilingan shaxslar vaqtincha ushlab turilardi. ...
Bloglar
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...
10 oktyabr 2024
Yuksalish maktabining gender ayirmachilikka asoslangan boshqaruvi haqidagi maqolaga o‘quvchilar ikki xil munosabat bildirdi. Bir suruv ...