Asosiy mavzular
29 sentyabr 2024

Bosh vazir ketib, yosh vazir keladimi? – RTdan va'z

Aziz og‘a ini, opa-singil, qadrdonlarim. Mana hafta aylanib siz bilan birgaman. Ulug‘ kunda sizlarning yuzingizga qarab? tabassum qilish imkoniga noil bo‘lganimdan bahtiyorman.

MS: Ina amdolli yena go‘riship duripmiz sizla bilan. Nichikizla, xo‘jik brri, mo‘chchi oybikala?

RT: Matchon Suqilish, sen gapirsang odamlar tushunmayapti. Lekin O‘zbekiston shou biznesida Xorazm laparlarining o‘rni bor. Bu lapar va termalarni aksar xalq tushunadi. Senam o‘rtaga suqilganda, lapar aytib turaver…

MS:

Isqoq, isqoq, isqoq 

Isqoqnikina borsoq

Ikki yuz gromni ursoq

Kampirdan toyoq yesak…

RT: Yaqin sharqda muammo kuchaygan paytda Ishoqnikiga bormay turganing ma'qul…

MS: 

Gulobi solmoqa shishang yo‘q,

Yutubdan boshqo peshang yo‘q…

Olakishtak!

Og‘o indi o‘rtog‘o sichrop chiship, tozoliqlrodan so‘llang. O‘lgan qotqon, arinnan oyrilib g‘or o‘p getganlani asirtiring…

Shumxabarlar

Urganch tumani hokimligining 47 yashar xodimi 30 ming dollar porani olayotgan paytda qo‘lga olindi. U hech qaerda ro‘yxatga olinmagan, kadastrda ham yo‘q 1 gektar yerda kottejlar qurish mumkin, deb aldab, haridordan shu yer uchun 50 ming AQSh dollari so‘raydi, oldindan avans sifatida 30 ming AQSh dollarini olayotgan vaqtda DXX tomonidan ushlandi. 

MS: Urganch roysentrda bi nichchanchi poroxo‘r? Nerda vu qon toshog‘on?

RT: Poraxo‘r qamag‘da.

MS: O‘zi yomon ko‘paldi yer sotqon yoshullilo. Novvi davadi Navoiy otomiz?

Jingl

Davlat yeri va mulozimlar

Yer xususiy bo‘lishi va mulozimlar soni qizil kitobdagi yo‘lbarslar kabi oz sonli bo‘lishi kerak. 

Shunda yer sotish bilan bog‘liq jinoyat tag tubi bilan yo‘qoladi.

Masalan, xozir Toshkent propiskasi  bilan bog‘liq jinoyat yo‘q. Chunki propiska bekor qilingan. 

MS: Bu gapni aytish uchun qoysi info sabab bo‘ldi?

RT: Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumani fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashining mansabdor xodimi  avvaliga davlatning bir gektar yerini xotini nomiga «oformit» qivolgan. Undan keyin esa bu yerni boshqa haridorga «tepvorish» uchun  10 ming AQSh dollari talab qilib, 6900 dollar va 15 mln. so‘m olgan vaqtida ushlanib, qo‘liga kishan taqildi.

Tergovga qadar tekshiruv davomida, joriy yilning mart oyida ushbu yer maydoni mazkur mansabdor shaxsning xotini tomonidan auktsion orqali sotib olinib, aprel oyida tuman hokimligi bilan ijara shartnomasi tuzilganligi, hamda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi ma'lum bo‘ldi. 

Mana sizga sxemaning dodasi. Davlat yeri xotin nomiga o‘tkazilib sotilaveradi.

MS: Xotin topiladi, ammo yer davlatniki bo‘lg‘oni uchun  mulozimlo tarafinnan qo‘ldon qo‘la o‘tado‘n g‘ora aylantirilg‘on. Nerda vu yetmak xorop bo‘g‘on?

RT: Namongonlik mulozim qamag‘da. Bu xuddi qizil chiroqda o‘tkan bir sho‘prni milisa ushagan paytda o‘nlab boshqa moshnlar qizil chiroqda vozz etib o‘tib ketganga o‘xshaydi. Milisa bitta, sho‘prlar ming.

Yollangan qotil

Toshkentning Mirzo-Ulug‘bek tuman sudi Vagner terror jangari to‘dasiga yollanib, ukrain go‘daklarini o‘ldirgan va Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi jinoyatida  qatnashgan o‘zbekga to‘rt yillik erkinlikni cheklash jazosini tayinladi.

MS: Yo‘qay nadayan oz!

RT: Bu yollanma qotil va o‘zga mamlakat jangarilari safida mustaqil Ukrainaga bostirib kirgan manqurt, to‘rt yil davomida uyida uxlaashi «jazo» deb belgilandi. Umurtqasiz o‘zbek sudyalari o‘z qarorini vassal rahbar va kremldagi og‘alari ko‘nglini og‘ritmaslik uchun qabul qilgani ko‘rinib turibdi. 

B. Z.  ismli o‘zbek 2022 yil sentyabr oyida pul topish va yashash sharoitlarini yaxshilash uchun Rossiyaga ketdi. 2023 yilning mayigacha o‘rusiyatda  novvoy bo‘lib ishladi. Bir kuni u  Telegram kanalida Vagner o‘z jangchilariga  2500 dollardan ortiq maosh va mashg‘ulotlar davomida deyarli 500 dollar to‘lashi haqidagi  yollash e'lonini ko‘rdi. 

Tabiatan tuban va sharmandalikka moyil bu o‘zbek yugurib borib yollandi va shartnoma imzoladi. Keyin nima buyurishsa qildi. Ot desa otdi, yot desa yotdi, sot desa sotdi.  Dedlar jinsiy zo‘rlasa ham chidadi. Aksar o‘zbeklar butun umri qiladigan ish. Bo‘ysunish va buyruq bajarish. 

Prigojin isyoni paytida B. Z. ning vazifasi boshqa harbiy xizmatchilarga dori-darmon, oziq-ovqat va o‘q-dorilarni yetkazib berishda yordam berish edi. 

Keyin o‘zbeklar boshqa jangchilar bilan birga Belarusga ko‘chirildi. 23 avgust kuni Prigojin it o‘limida o‘ldi  va  uning yollanma jallodlari ko‘chada qarovsiz qolib ketdi.

Ukrain go‘daklarini o‘ldirib, birovning yurtini yoqib kul qilgan o‘zbek 5000 dollardan ortiq to‘lovni olib, O‘zbekistonga qaytdi. 

2023-yilning sentyabr oyida B. Z. ustidan O‘zbekiston DXX tekshiruv boshladi (raxmat ularga). Sud materiallarida bu yollanma qotil  «Artemovskni ozod qilgani uchun» medali bilan taqdirlangani qayd etilgan. Artemovkada o‘ldirilgan go‘daklar qarg‘ishi bu o‘zbekning yetti pushti va hesh aqrobalarini xor qilish uchun yetadi. 

O‘zbekiston  jinoyat kodeksining 1-moddasi 154-qismi («yollanma faoliyat») bo‘yicha bu urod boevik  aybdor deb topildi.

Sud o‘z nazarida  yengillashtiruvchi holatlarni (to‘liq tavba qilish, voyaga yetmagan  raxit kasal bolalar va tuzalmas kasalga chalingan nogiron turmush o‘rtog‘ini) hisobga olgan holda to‘rt yillik erkinlikni cheklashga hukm qilindi. Mahkumga tunda uydan chiqish, mitinglarda qatnashish va O‘zbekistonni tark etish taqiqlanadi.

MS: O‘risqul vassallari, putin yelpataklarini yer yutsin.

Shumxabarlar

Sirdaryolik ikki student bankomatni lom bilan buzib 177 million so‘mni o‘g‘irlayotgan vaqtda qo‘lga olindi. O‘g‘rilar qamag‘da.

MS: Asavonsiz mongloyi qorolo. Do‘rtinchi kurs bo‘lib, bir bonkani o‘g‘illoshni amallab bilmin, tutilib o‘tiribdilo. Siydiki yer do‘shmidi bu qon toshog‘onloni.

RT: Yuqorichirchiq sudi 27 yashar kirakash sho‘prni 15 sutkaga qamadi. Sho‘pr oltinchi klassda o‘qiydigan qizga o‘z telefonida porno ko‘rsatib, shilqimlik qilgani uchun jazolandi.

Barcha o‘zbek rijollari singari telefoni porno bilan g‘ij-g‘ij to‘lgan sho‘pr kira qilish uchun  shaldiroq neksiyada yo‘lga chiqdi. «Uchchinor» maxallasida bir xotin moshndi to‘xtatib  6-klasda o‘qiydigan qizini moshnga chiqarib qo‘ydi. Yo‘lda rijol sho‘pr ko‘zi bilan qizchani ta'qib qilgani ortidan telefonida porno ko‘rsatib «sanam shunaqa xoliysanmi» deya siniq tishini ko‘rsatib tirjaydi. 

Qiz bo‘lsa dodlab, moshinni to‘xtatishni talab qildi. Sho‘pr qizni uyat gap bilan so‘kib, moshndan tushirib yubordi. 

Qizning onasi 102 qilgach, bu ozabochenniy rijol qo‘liga kishan solindi.

Sudda hammasini bo‘yniga olgan rijol qashshoqligi, arenda va kreditdan qarzdorligi, kasalligini aytib yengillik so‘radi. 

Sud bu pedofilbasharani 15 sutkaga qamadi va 34 million so‘m shtraf qildi. Ichi diniy oyat va pornolar bilan to‘la Redmi telefoni quvolda bilan majaqlab tashlandi.

Pedofil qamag‘da.

MS: Ono shu kuvoldo bilan kallasini azish garakadi!

RT: Novosibirskda 34 yashar o‘zbek erkak 44  yashar o‘zbekni oldin taburetka bilan  urib boshini majaqladi. Keyin bolta bilan oltita bo‘lakka bo‘lib, yelim xaltaga solib ko‘lga tashadi. Qotil o‘zbek qamag‘da.

«Kunning muxim voqeasini yozmayapsiz. Ersiz yurgan san'atkor Afruza erga tegdi» Shunaqa SMS keldi. Kim u Afro‘za?

MS: Artis. Shaxlo apikani qiyzi. Non yopomon o‘xshotip, rapidani qoqshotib, dab oytimchiliq atadi. Ara vorsa amdolli. Gujumnin soya varsin, uzumnin meva varsin, Yeyilib yozilsin. Boshshi oshoq, dili yumshoq bo‘lsin. Chishkan joyini o‘tinnan girib, kulinnan chiqsin.

RT: Prezident bilan rasmga tushib «katta tadbirkor» deya allada aziz bo‘lgan klasterchi aka uka Sherzod va Farxod Shaymardanovlar qidiruvga berildi. 

«Sherzod xoji» laqabi bilan tanilgan va qidiruv e'lonida «ustasi farang firibgar» deyilgan Sherzod va uning ukasi Farxod «Termiz indenim»savdo markazidagi sxema bilan millionlarni o‘marib, mamlakatdan qochib ketgan.

 Bu ikkalasi diniy tujjorlikning aprslik bilan esh ekanligini isbotlagan rijollardir. (Xojakani ko‘rsangiz, darrov hamyon joyidami deb tekshirib qo‘ying)

Prezident bilan rasmga tushgan odam avliyo ota, qanoti bor farishta degani emas.

Yaqinda Mirza qiziqchi bitta video qo‘ydi. Videoda Mirzaning yoniga prezidentnig kuyovi Otabek kelib, «birga rasmga tushaylik» deb iltimos qiladi. Mirza bo‘lsa «Birga rasmga tushishga ham qo‘rqib qoldik. Ertaga qidiruvga berilganlar ro‘yxatida bo‘lib qolishadi» deb kuldi. 

MS: Indi, Mirza bir ejashibdi

RT: Hazil ammo tagi zambil zil.

Uyida tarakani borlar biladi. Tarakanlarni atom bomba bilan o‘ldirsang ham ikki kun o‘tib yana ko‘payib ketadi. O‘zbekistondagi vazirliklar ham shunday. Yil boshida sunnat qilib o‘nta qoldirsang, yil o‘rtasiga borib ellikta bo‘voladi.

Shu kunlarda beshta vazirning ishdan ketib, deputatlar suruviga qo‘shilishiini ko‘pchilik olqishladi. Bosh vazir Abdulla G‘aribam shu deputatlar bilan qo‘shmozor bo‘lsin deya duoga qo‘l ochganlar ashiincha.

G‘arib vazirlar 

MS: Og‘o siz Urganchda Ey El Sida ishlaganingizda Abdulla Aripov diljakingiza toyoq diqqan akan. Atkan topodi. Getsin indi shomoxulimo…

Hukumat yangilanganda Abdulla aka g‘arib bo‘lib qoladimi?

Beshta vazirning o‘z lavozimidan voz kechib, deputat bo‘lish istagini bildirgani musaffo osmonni qaltiratkan guldirmomo daxshati singari tarmoqni larzaga soldi.

Maktab, adliya, atrof muxit, madaniyat va raqamli texnologiya vazirlari  agar deputatlikka saylansa lavozimidan voz kechishi haqida ariza yozibdi.

Baba ba bang. Dddsh. Ddsh!!!!

Dengizda shamol ko‘tarilarkan, bu shamol kimningdir yelkanini shishirib manziliga eltadi. Kimningdir kemasi esa shamolga chiday olmay g‘arq bo‘ladi. 

Bu tabiat qonuni. 

Ammo O‘zbekiston siyosat dengizi tabiat qonunlari asosida dvijuxa qilmaydi. 

Bu dengizdagi baliqlarning qaysi tarafga qarab suzishi oldindan belgilab beriladi. 

Eltuz gaplashgan hukumat va MSK dagi manbalar ham shuni tasdiqladi.

Prognoz: Ozodbek ishdan ketib qo‘shiq aytadi. Xitoy biznesi niqobidagi agressor va o‘ris og‘aning relokantlari bilan O‘zbekistonni g‘arq to‘ldirgan, qarindoshlari ochiqchasiga tolonchilik bilan shug‘ullanayotgan Bosh vazirning kalishi to‘g‘irlanishi haqida ham iddao bor. Ammo Tanzilaxon o‘rnida qolarkan. Valloxiy A'lam. 

Ozarboyjon, Turkmaniston va Tojikiston kabi qo‘shni  davlatlarning bir oila tarafidan er-xotin, ota-bola tarzida boshqarilayotgani fonida O‘zbekistonda kutilayotgan o‘zgarishlar sal bo‘lsa ham yaxshiroq ko‘rinadi. 

Qo‘shnining kampiri qiz ko‘rinadi, degan maqolning teskarisi.

Tabiatning iqlim siyosatiga ko‘ra, havo sovimoqda, lekin siyosatdagi issiq kunlar oldinda.

Xozircha Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova, Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri Aziz Abduhakimov, raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov. Adliya vaziri Akbar Toshqulov joriy yilda bo‘lib o‘tadigan parlament saylovlarida o‘z nomzodini ilgari surmoqda. 

Deputatlikka nomzodini qo‘ygan vazir o‘rinbosarlari mana bular;

O‘zLiDePdan: Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri o‘rinbosari Ra'no Turdiboeva

«Milliy tiklanish» demokratik partiyasidan: Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining o‘rinbosari Farhod Boqiev

Ekologik partiyadan: Suv xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari Rustam Qarshiev, Qishloq xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari Alisher Shukurov

«Adolat» SD partiyasidan: Iqtisodiyot va moliya vazirining o‘rinbosari Gulnora Raximova.

Ular ham deputatlikka saylangan taqdirda o‘z lavozimini tark etadi!

Ma'lumot uchun, Saylov kodeksining 72-moddasiga ko‘ra, deputatlikka nomzodi ko‘rsatilgan shaxsning o‘z nomzodi tegishli bir mandatli saylov okrugidan ovozga qo‘yilishiga yoki partiya ro‘yxatiga kiritilishiga rozi ekanligi, basharti u Qonunchilik palatasi deputati etib saylangudek bo‘lsa, egallab turgan lavozimidan bo‘shash to‘g‘risida ariza yozadi

Bayt budir: Parlamentga saylov chog‘i o‘zliging namoyon qil. Parchalab vazirlarni har tomon parishon qil!

MS: Og‘o uring potyani.

RT: Assalom O‘zbekiston, Juma muborak!

Tag‘in o‘qing
5 yanvar 2016
Jizzax viloyati huquq-tartibot idoralari xodimlari asossiz, uydirma ayblovlar bilan qamoqda qolayotgan huquqbon O‘ktam Pardaevning oila a'zolariga Yangi yil “sovg‘a”si ...
15 aprel 2018
Negadir bugun ishongim keldi shu odamning gaplariga. Ayniqsa, ko‘cha tozalayotib yuk mashinasi ostida o‘lgan o‘qituvchi Diana haqida «Xuddi meni ...
29 oktyabr 2018
O‘zbekistonda majburiy mehnatni tashkil etishning asosiy ijrochilari kuchishlatar tuzilmalar, ya'ni asosiy faoliyati qonunni himoya qilish bo‘lgan idoralardir. Bu idoralarni ...
10 may 2019
Magnitni birinchi marta ushlab ko‘rganimda, bir tomoni tortishi va yana bir tomoni o‘zidan itarishini o‘zim uchun kashf qilgan edim. ...
Bloglar
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...
10 oktyabr 2024
Yuksalish maktabining gender ayirmachilikka asoslangan boshqaruvi haqidagi maqolaga o‘quvchilar ikki xil munosabat bildirdi. Bir suruv ...