Asosiy mavzular
8 noyabr 2017

Andijonda mol go‘shtining narxi oshdi

8 noyabr kuni Andijon shahri rastalarida bir kilo mol go‘shti narxi 36 ming so‘mga ko‘tarildi.

Andijondagi «Eski shahar» va Markaziy dehqon bozoridagi bir qancha do‘konlarda ilgari narxi 34 ming so‘m bo‘lgan mol go‘shti 2000 so‘m qimmatladi.

«Narx oshganini qassoblar bozorda mol kamaygani bilan izohlashmoqda», deydi narxlarni kuzatgan «Eltuz» nashri muxbiri. Rastalardan eski narxlar olib tashlangan, biroq qassoblar yangi narxni yozishga shoshilmayapti.

Muxbirning tag‘in bildirishicha, go‘shtdan tashqari shu kunlarda bozorlarda asosiy iste'mol mahsulotlaridan o‘simlik moyi ham qimmatlagan. Bir litri 9 ming so‘m bo‘lgan pista yog‘i narxi 10 ming co‘mga chiqqan.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
4 may 2021
(Shoir va siyosatchi Muhammad Solihning “Imperativ” kitobining 24-qismi. Matnning audioversiyasini muallifning o‘zi o‘qigan. Audiokitobning boshi va oldingi qismlari “Eltuz”ning ...
22 iyun 2017
Prezident Mirziyoev 22 iyun kuni Farg‘ona viloyatiga keldi. Byudjet tashkiloti xodimlari ham yengil tin olishdi. “Shukur” – dedi Eltuz ...
28 fevral 2022
Ukraina atrofidagi 27-dan 28 fevralgacha bo‘lgan kun davomidagi o‘zgarishlar qisqacha Yevropa Ittifoqi o‘z tarixida birinchi marta Ukraina uchun qurol ...
11 sentyabr 2018
Toshkent shahrining Yunusobod tumani hokimi, 42 yashar Baxtiyor Abdusamatov o‘z ish kabinetida 7 sentyabr kuni 400 ming AQSh dollari ...
Bloglar
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...
10 oktyabr 2024
Yuksalish maktabining gender ayirmachilikka asoslangan boshqaruvi haqidagi maqolaga o‘quvchilar ikki xil munosabat bildirdi. Bir suruv ...